Muhokama uchun savollar
Bog’lovchisiz qo’shma gap deb nimaga aytiladi ?
1.2.1.Bog’lovchisiz qo’shma gap lar o’z ichida qanday turlarga bo’linadi?
1.4.1.Bog’lovchisiz qo’shma gap ning asosiy xususiyatlari.
1.5.1. Bog’lovchisiz qo’shma gap ni yuzaga keltiruvchi asosiy vosita nima?
3-masala.Ergash gapli qo’shma gapga sinonim bo’lgan bog’lovchisiz qo’shma gap .
Bog’lovchisiz qo’shma gap ning yana bir turi ergash gapli qo’shma gapga o’xshaydi, shunga ko’ra ularni ergash gapli qo’shma gapga sinonim bo’lgan bog’lovchisiz qo’shma gap deyish mumkin. Bu quyidagilarda o’z ifodasini topgan:
Ergash gapli qo’shma gap lar ergashtiruvchi bog’lovchilar yoki shu vazifalardagi boshqa grammatik vositalar orqali bog’lansa, ularga sinonim bo’lgan bog’lovchisiz qo’shma gap lar tobelovchi intonatsiya yordamida bog’lanadi. Bunda oldingi komponentda intonatsiya balandroq, keyingisida pastroq bo’ladi. Birovga ayta ko’rmang-ikkovimiz ham baloga qolamiz. Birovga aytsangiz, ikkovimiz ham baloga qolamiz.
Ergash gapli qo’shma gapga sinonim bo’lgan bog’lovchisiz qo’shma gap komponentlari ham ergash gapli qo’shma gap lar singari shart, payt, to’siqsizlik, sabab, o’xshatish, natija kabi ma’no- munosabatlarini ifodalaydi.Masalan: Oldiga yaqinlashding- shovqin soladi. (payt). It xuradi – karvon o’tadi. (to’siqsizlik)U daryoga shunchalik berilib termildi, soyning o’rtasida suv ichayotgan otning pishillashi ham eshitilmadi. qor yog’di-don yog’di (o’xshatish), Sizga ishonaman, akamdek kishisiz.(sabab). Hozirdanoq ko’rinib turibdi: siz dangasalik, ayyorlikni bilmaydigan yigitga o’xshaysiz. (bog’lovchisiz).
Bunday qo’shma gaplarning ko’pchiligini ularga ergashtiruvchi bog’lovchilarni kiritib ergashgan qo’shma gaplarga aylantirish mumkin. Lekin ergash gapli qo’shma gaplarning hamma turi ham bog’lovchisiz formada kelavermaydi. Chunonchi, ravish, chog’ishtirish, o’lchov-daraja, o’rin ergash gaplar bog’lovchisiz kelmaydi. Chunki bu xil gaplarda bog’lovchilar yoki nisbiy so’zlar tushirilganda, shu turdagi qo’shma gap hosil bo’lmaydi.
Quyidagi ergash gaplar bog’lovchisiz qo’shma gaplarga sinonim bo’ladi:
Shart ergash gap, payt ergash gap, to’siqsiz ergash gap, natija ergash gap, sabab ergash gan, o’xshatish ergash gap, ega ergash gap, kesim ergash gap, to’ldiruvchi ergash gap, aniqlovchi ergash gap.
Masalan: To’g’ri bo’ling – behavotir bo’lasiz.
O’zim har joydaman – ko’nglim sendadir.
Ko’rqitmay o’stirdim – botir bo’ldingiz.
Yaxshisi shu: bizdan havotir olmay, kapsanchilar oldiga boring.
Usma ketar-qosh kolar. Mehnatsiz turmush-o’g’irlik, san’atsiz turmush – vaxshiylikdir.
Bog’lovchisiz qo’shma gapning tahlil namunasi. Hayot bor-mudrashdir, hayot bor-kurash!
Ikkita bog’lovchisiz qo’shma gapdan to’zilgan bog’lovchisiz murakkab qo’shma gap.
Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gapga sinonim.
Sxemasi:
Do'stlaringiz bilan baham: |