Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 4,68 Mb.
bet465/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   461   462   463   464   465   466   467   468   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

Muhokama uchun savollar
1.1.1.Ergash gapli qo’shma gap deb nimaga aytiladi?
1.1.2.Qanday gap bosh gap deyiladi?
1.2.1. Bosh gap mazmunan qanday belgi-xususiyatga ega bo’ladi?
1.2.2.Bosh gapning grammatik belgi- xususiyatlari.
1.1.3. Ergash gapning ta’rifi.
1.2.3.Ergash gapning vazifasi nimalardan iborat?
1.2.4.Ergash gap qanday grammatik belgi-xususiyatlarga ega?
2-Masala: Ergash gapni bosh gapga biriktiruvchi vositalar
O’zbek tilida ergash gapni bosh gapga biriktirishda ergashtiruvchi bog’lovchilar,fe’l formalari,yuklamalar, ko’makchilar,bog’lovchi so’zlar,nisbiy so’zlar, kelishik qo’shimchalari,-day (dek) affikslari,intonatsiya va tartib kabi vositalar xizmat qiladi.
Ergashtiruvchi bog’lovchilar ergash gaplardagi vazifasi jihatidan ma’lum xususiyatlarga ega.Shunga ko’ra ergashtiruvchi bog’lovchilarni uch turga bo’lish mumkin.
1.Sof bog’lovchilar. Bular tamomila bog’lovchiga aylangan, fakat bosh va ergash gaplarni bir-biriga bog’laydigan so’z va shakl yasovchi qo’shimchalardir.Bunday yordamchilarga –ki, chunki, negaki, sababki kabilar kiradi.
2.Bog’lovchi- yuklamalar. Ayrim yordamchilar o’z tabiatiga ko’ra yuklamalarga o’xshab ketadi.Agar, bordiyu, basharti, mabodo, guyo, toki, garchi so’zlari shunday bog’lovchilardir.Shuning uchun ular bog’lovchi –yuklamalar deyiladi.
3.Bog’lovchi so’z, birikmalar. Ayrim yordamchilar ergash gapni bosh gapga bog’lashda o’z asil ma’nolarini ma’lum darajada saqlaydi. Shuning uchun ular bog’lovchi so’z, birikmalar deb yuritiladi. Bularga shuning uchun , deb, shu sababli, deguncha, desa kabilar kiradi.
4.Fe’lning shart mayli va sifatdoshning ayrim sof fe’l shakli ma’nosida qo’llanadigan shakllari va shu xildagi sifatdoshlarning to’liqsiz fe’llar bilan birikkan shakllari. Bunda sifatdosh deyarli hamma vakt ergash gapning egasiga moslashgan holda egalik affiksini olib keladi: Umr o’tar, vaqt o’tar, xonlar o’tar, taxt o’tar. U avobusda o’ylab o’tirar ekan, uyiga kelganini ham bilmay qoldi.
Biroq sifatdosh Q chiqish yoki o’rin-payt kelishigi qo’shimchasi bilan: Jahl kelganda, aql qochadi; kelishik qo’shimchalari Q payt ravishi bilan : Ruxsat berilgandan keyin, biz ham ketdik. kelganda sintaktik qurilma qo’shma gap hisoblanmaydi.
Xuddi shuningdek ravishdoshning -b, - ib, - guncha, gach,may (bo’lishsiz) qo’shimchali shakllari bilan: Tumshuqlari tilinib, baliq chiqdi ilinib. Otasi o’sha kun ham kelmagach, ularni vahima bosdi. Ko’p vaqt suv tashiydigan odam topilmay, suvsiz o’tiramiz. Kelganda ham sintaktik qurilma qo’shma gap emas, sodda gap sanaladi.
Harakat nomi va ko’makchilar bilan kelgan sintaktik qurilmalar ham sodda gap hisoblanadi. Deraza ochilishi bilan Yo’lchi boshini ko’tardi.Demak, bu hollarda mazkur vositalar qo’shma gap kesimlarini emas, sodda gap bo’laklarini bog’lashga xizmat qiladi.
5. Fe’lning shaxsli formasi orqali birikish.
Fe’lning har uch mayli ergash gapning kesimi bo’lib kelib, ma’lum yordamchilar bilan birga kelgan holda ergash va bosh gapni biriktiradi. Masalan: Shart mayli: Ko’zim tezroq ochilsa-yu, bog’larni, maysalarni, odamlarni ko’rsam. Buyruq mayli : bugun mamlakatimizning qaeriga bormang, u erda bunyodkorlik ishlariga guvoh bo’lasiz. Ijro mayli: -gan ham ediki, -ganicha yo’q ediki, - i (b) ediki shaklidagi ijro maylidagi fe’llar ergash gapning kesimi bo’lib kelgan holda, komponentlarni bog’laydi: Bir kun u qo’ltig’iga non qistirib eshikdan chiqib ediki, qarshisidan otasi kelib qoldi.
6.Yuklamalar : - ku, - da,-mi,- ham yuklamalari ko’pincha ergash gapning kesimi tarkibida qo’llanib, komponentlarni biriktirishda ikkinchi darajali vosita hisoblanadi. Masalan: Ko’rdingiz-ku, qancha erga ekin ekkanman. Paxta ochildimi-terimni boshlaymiz. Havo bulut bo’lsa-da, yomg’ir yog’madi.
7. Nisbiy so’zlar: Nisbiy so’zlar qo’shma gapning har ikki komponentida qo’llanuvchi o’zaro moslashgan munosabatdosh so’zlardir. Oldingi komponentdagi nisbiy so’zlar ko’pincha so’roq olmoshlari yoki suroqni ifodalovchi ravishlar orqali ifodalansa, keyingi gapda unga mutanosib ravishda ko’rsatish olmoshlari yoki ular bilan birga qo’llangan ravishlar keladi. Shunisi muhimki, nisbiy so’zlar ko’pincha bir xil kelishik shakllarini olib bir-biriga moslashib keladi. Bunda so’roq xarakteridagi nisbiy so’zlar ergash gap tarkibida bo’ladi va ergash gap bosh gapdan oldin kelishi bilan xarakterlanadi. Masalan:Keng dalada nimaiki ko’rinsa, hammasi ham Umirzoq otaning tirikligidan dalolat berar edi. Nisbiy so’zlar shaxs (kim... , u, qaysi biri..., u, o’sha, har kim..., u), predmet (nima..., shu-o’sha), o’lchov-miqdor (qancha..., shuncha, nechta..., shuncha (o’shancha)), belgi-daraja (qanday..., shunday, nechog’li...,shu darajada), o’rin (qaer...,shu er. qay tomon...,shu tomon) kabi ma’no munosabatlarini bildiradi.
9.Intonatsiya. Ergash gapli qo’shma gaplar komponentlarining shakllanishida intonatsiya asosiy rol o’ynamasa-da, leksik-grammatik vositalar bilan birga biriktirish vazifasini ham o’taydi. Chunki ergash gaplar nisbiy tugallangan intonatsiyaga, o’zidan keyin keluvchi intonatsion-grammatik komponentni talab qiluvchi ohangga-qisqa to’xtamga ega bo’ladi. Uyushiq ergash gaplarda esa sanash intonatsiyasi bog’lovchilik vazifasini o’taydi.
10.Tartib. Komponetlarning o’rinlashishi-tartib ham qo’shma gap qismlarini biriktiruvchi, ularning sintaktik munosabatini ko’rsatuvchi vositadir. Bu, ayniqsa, leksik-grammatik vositalarsiz birikkan bog’lovchisiz qo’shma gaplarda ko’zga tashlanadi. Xususan, shart, to’siqsizlik, payt kabi mazmun anglatilgan bog’lovchisiz qo’shma gaplarda tartibni o’zgartirish bilan ma’no ham o’zgaradi, avvalgiday ma’no anglashilmaydi. Masalan: qo’shning tinch-sen tinch.- Sen tinch- qo’shning tinch. Suv keldi-nur keldi,-nur keldi- suv keldi.

Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   461   462   463   464   465   466   467   468   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish