Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 4,68 Mb.
bet462/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   458   459   460   461   462   463   464   465   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

Muhokama uchun savollar
4.1.1.Zidlov bog’lovchili qo’shma gap ning ta’rifi.
4.2.1. Zidlov bog’lovchili qo’shma gap asosan qanday voqealarni ifodalaydi?
4.2.2.Zidlov bog’lovchili qo’shma gap qismlari o’zaro qanday vositalar orqali bog’lanadi?
4.3.1.Zidlov bog’lovchili qo’shma gap qismlari qanday mazmun munosabatlarini ifodalaydi?


4- masala: Ayiruv bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplar
Ayiruv munosabatini ifodalovchi Qo’shma gaplar ketma-ket yuzaga keladigan yoki bir-biri bilan almashinib turadigan, navbatma-navbat yuzaga keladigan birdan ortiq voqea-hodisa yoki harakatni ifodalaydi. Bunday Qo’shma gap komponentlari goh..., goh..., ba’zan..., ba’zan; dam..., dam..., yo...,yo..., xoh...., xoh; bir..., bir... kabi ayiruv bog’lovchilari orqali bog’lanadi.Bu bog’lovchilar Qo’shma gapdagi komponentlarni ayirib, ta’kidlab ko’rsatish uchun qo’llanadi. Bu bog’lovchilar deyarli har bir predikativ qismning boshida takrorlanib keladi. Goh osmonni tutib ashula yangrar, goh allaqaerda garmon tovushi eshitilib turar edi.
Ayiruv bog’lovchili qo’shma gap komponentlari mazmunan turli xususiyatga ega: goh, dam, bir kabi bog’lovchilar birdan ortiq voqeaning ketma-ket yuzaga kelishini ko’rsatsa, yo, xoh bog’lovchilari o’sha voqealardan birininggina yuzaga kelishini ko’rsatadi: Bir tachanka taraqlab qolar, bir xo’kizning bo’yinturug’i qimirlab qolar edi. Yo men boray, yo siz keling.
Muhokama uchun savollar
5.1.1.Ayiruv bog’lovchili qo’shma gap ta’rifi.
5.2.1.Ayiruv bog’lovchili qo’shma gap lar qanday xarakterdagi voqea-hodisalarni ifodalaydi?
5.2.2.Ayiruv bog’lovchili qo’shma gap qismlari o’zaro qanday vositalar orqali bog’lanadi?
5.2.3.Goh, dam, bir bog’lovchilari bilan bog’langan qo’shma gap larda qanday voqealar ifodalanadi?
5.2.4.Yo, xoh bog’lovchilari orqali bog’langan qo’shma gap larda qanday voqealar ifodalanadi?


5 - masala Na inkor yuklama - bog’lovchili bog’langan qo’shma gap .
Bog’langan qo’shma gap larning yana bir turi sodda gaplarning na inkor bog’lovchi - yuklamasi yordamida birikishidan hosil bo’ladi. Masalan: Na ko’zimga uyqu keladi, na miyaga yaxshi bir fikr.
Na inkor bog’lovchi - yuklamasi vositasida birikkan predikativ qismlar ikki va undan ortiq bo’lib, inkor ma’nosini sanab ko’rsatadi. Na bir uyning mo’risidan tutun chiqadi, na biror daraxt ko’rinadi.
Na inkor bog’lovchi - yuklamasi ham takrorlanib ishlatiladi va inkor ma’nosidagi sodda gaplarni bog’laydi.
Inkor bog’lovchi - yuklamasi na yordamchi vazifasida kelganda, bog’lovchidan ko’ra yuklamaga yaqin turadi. Bu yordamchi inkor ma’nosini kuchaytiradi (o’qimadi, yozmadi - na o’qimadi, na yozmadi) yoki gapga inkor ottenkasini qo’shadi. Akamdan xat keldi - na akamdan xat keldi, na sendan xabar. Umuman na inkor bog’lovchi-yuklamasi ishtirok etgan gaplarning mazmunidan hamma vaqt bo’lishsizlik ma’nosi anglashilib turadi: Na o’qimaydi, na yozmaydi - na o’qiydi, na yozadi. Uning bog’lovchi - yuklama deyilishi ham shundan.
Na inkor bog’lovchi yuklamasi qo’shma gapda ham, uyushiq bo’lakli sodda gapda ham (na taaalluqli bo’laklar sodda gapda, albatta, uyushib keladi) takrorlanib ishlatiladi.Na ko’cha bor, na mustaxkam uy-joy ko’rinadi.



Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   458   459   460   461   462   463   464   465   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish