Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti


- masala. Bog’langan (teng tarkibli) qo’shma gap



Download 4,68 Mb.
bet459/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   455   456   457   458   459   460   461   462   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

1 - masala. Bog’langan (teng tarkibli) qo’shma gap.
Qo’shma gap qismlarining o’zaro mazmun-munosabati, strukturasi va birikish yo’llari xilma xildir. Shularni hisobga olganda, qo’shma gaplar uch turga bo’lib o’rganiladi.
1.Bog’langan qo’shma gap
2.Ergash gapli qo’shma gap .
3.Bog’lovchisiz qo’shma gap .
Bog’langan qo’shma gaplar biriktiruv, ayiruv, zidlov va chog’ishtirish munosabatini ifodalovchi sintaktik komponentlarning teng bog’lovchilar yordamida birikishidan tashkil topadi. Bog’langan qo’shma gap ning qismlari tenglanish yo’li bilan bog’langan bo’ladi. Ularning har biri grammatik jihatdan mustaqil sodda gap kabi shakllangan bo’ladi.
Ergash gapli qo’shma gap ning qismlari tobelanish (ergashish) yo’li bilan birikkan bo’ladi. Shuning uchun ham bu turdagi qo’shma gap komponentlarining bir-biriga bog’liqligi birining ikkinchisiga aloqadorligi, bog’langan qo’shma gap ga nisbatan kuchli bo’ladi. Hatto shunday ergash gapli qo’shma gap lar borki, ularni tashkil qilgan sodda gaplardan birining mazmunini ikkinchisisiz anglash qiyin bo’ladi: Ko’z qaerda bo’lsa, mehr o’sha erda bo’ladi.
Bog’lovchisiz qo’shma gap komponentlari o’zaro intonatsiya (ohang yordamida) birikadi. Bu turdagi qo’shma gaplarning bir tipida komponentlarning o’zaro bog’liqligi bog’langan qo’shma gap dagi singari kuchsiz bo’ladi, boshqa tipida esa komponentlar o’zaro zich aloqador, biri ikkinchisining bo’lishini taqozo qiladigan darajada bo’ladi.qiyoslang: Nihoyat, Pavel o’rnidan turdi, hamma yoqni jimjitlik bosdi. Qo’shning tinch-sen tinch.
Qo’shma gapning qismlari bog’lovchisiz birikkanda, ularning mazmun va sintaktik jihatdan qanday ekanligi - bog’langan yoki ergash gapli qo’shma gap ekanligi intonatsiya orqali aniq sezilib turadi.
Xullas, o’zbek tilida qo’shma gaplar mazmun munosabatlari, grammatik belgilari, tuzilish va intonatsiyasiga ko’ra ana shu uch turga bo’lib o’rganiladi. Endi har bir turning leksik-grammatik, semantik-sintaktik xususiyatlariga e’tibor bermaylik. Bog’langan qo’shma gap .
Ikki yoki undan ortiq, biri ikkinchisiga tobe bo’lmagan, teng huquqli sodda gaplarning teng bog’lovchilar va shu vazifadagi yuklamalar yordamida birikuvidan yuzaga kelgan qo’shma gaplar bog’langan qo’shma gap lar deyiladi. Bunday qo’shma gap qismlarining bir-biriga bog’liqligi ularning tuzilishida, kesimlarining ma’no va grammatik munosabatida, umumiy gap bo’laklarining mavjudligida ham ko’rinadi.
1.Bog’langan qo’shma gap komponentlari o’zaro va, ham, hamda kabi teng bog’lovchilar va shu vazifadagi -u (-yu), -da yuklamalari orqali birikadi. Masalan: Shu onda chiroq sharaqlaganicha erga tushib, chilparchin bo’ldi. Abayning rangi uchdi-yu, ko’zlari oq shohi cho’qqilarga tikilganicha qoldi: Pushkin esiga tushdi. Ba’zi bog’langan qo’shma gap komponentlari bo’lsa, esa yordamchilari orqali bog’lanadi. Kozimbek qilmishidan xijolat, Saida esa undan biron og’iz so’z kutar edi.
Bog’langan qo’shma gap qismlarining o’zaro aloqasi orqali boshqaruv, qiyoslash, sabab-natija, ayiruv kabi mazmun munosabatlari ifodalanadi va ularni turlarga ajratishda ham ana shular hisobga olinadi.

Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   455   456   457   458   459   460   461   462   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish