Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 4,68 Mb.
bet456/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   452   453   454   455   456   457   458   459   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

Muhokama uchun savollar
2.1.1.Tuzilish belgisiga ko’ra qo’shma gap sodda gapdan nimasi bilan farqlanadi?
2.1.2.Materiliga ko’ra qo’shma va sodda gaplarning tavsifi.
2.2.2.Qo’shma gap va sodda gapning mazmuniga ko’ra farqlari.
3-masala: Qo’shma gap qismlarining bog’lanishi.
Qo’shma gap ma’lum vositalar bilan o’zaro bog’langan gaplar, predikativ birliklar qo’shilmasidan tashkil topgan sintaktik butunlikdir. Ma’lum fikr-mazmunni ifodalashda xizmat qilgan gaplar Qo’shma gap doirasida o’zaro turli vositalar yordamida birikkan bo’ladi. Bu vositalarni umumiy va farqli xususiyatlariga ko’ra to’rt guruhga bo’lish mumkin.
1.Grammatik vositalar. Bunday vositalarga tilda mavjudligi grammatik ma’no-vazifa bajarish bilan shartlangan yordamchi so’zlar va qo’shimchalar kiradi. Ma’lumki, bog’lovchilar, ko’makchilar, yuklamalar, kelishik qo’shimchalari ana shunday grammatik vositalardir.
Grammatik vositalar bog’langan qo’shma gap va ergash gapli qo’shma gap larni hosil qilishda faol qatnashadi. Masalan: Siz yashirdingiz, ammo men yashirmayman. Bilib qo’yki, seni Vatan kutadi. Birinchi qor yoqqan kezlarda, chittakni tutish uchun tuzoq qo’yar edim.
2.Leksik-grammatik vositalar. Qo’shma gap qismlarini bog’lashda xizmat qiladigan leksik-grammatik vositalarga asosan, fe’lning shart mayli shakli kiradi. Bunda shart mayli shaklining ma’noviy vazifadan tashqari bog’lovchilik (grammatik) vazifasida ham kelishi ko’proq ko’zga tashlanadi. Masalan: Kim birovga chuqur qazisa, unga o’zi tushadi.
Bu xil leksik-grammatik vositalar ergash gapli qo’shma gap larning hosil bo’lishida faol qatnashadi. Ular deyarli barcha turdagi ergash gaplarning kesimi vazifasida kelib, ularni bosh gapga bog’lashda ishtirok etadi. Bunda ular yuklama olgan bo’lishi ham mumkin.
3.Leksik vositalar. Ayrim leksik vositalar qo’shma gapning yuzaga kelishida, ular qismlarining o’zaro mazmun munosabatiga kirishishida muhim vositachilik rolini o’ynaydi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, leksik vositalar qo’shma gapning hamma turida uchraydi. Ammo qo’shma gapni tuzishda grammatik va leksik-grammatik vositalar qo’llangan o’rinlarda leksik vositalarning roli susayadi. Aksincha, ohang yordamida hosil bo’lgan qo’shma gaplar komponentlarining bog’lanishida leksik vositalar ham muhim rol o’ynaydi. Ular intonatsiya bilan birga bog’lovchisiz qo’shma gap larni hosil qiluvchi asosiy vositadir. Qo’shma gap qismlarining bog’lanishida faol katnashadigan maxsus leksik vositalar asosan quyidagilardir: ya’ni, umuman, bir so’z bilan, boshqacha aytganda, shu bilan birga, to’g’rirog’i, shunga qaramay, aksincha, aks holda, birinchidan, ikkinchidan, avvalo, qolaversa, uningcha, baxtga qarshi, bundan tashqari kabi kirish bo’lak, kirish birikmalar shular jumlasidandir. Masalan: Lekin bu narsa Qalandarovning taftini bosa olmadi, aksincha, yuragiga o’t yoqildi. Xuriniso ikki yoklama qayg’uga qoldi. Bulardan tashqari, shekilli, natijada, buning natijasida, nihoyat, shundan keyin, shundan buyon, shunda, unda, shu, u, shunday kabilar ham qo’shma gap qismlarini bog’lovchi leksik vosita vazifasini ham o’taydi. Misollar: Otasi o’lganiga o’n besh yil bo’ldi - shundan beri har qanaqa ishni yig’ishtirib quygan. Shunday ayollar bo’ladi, ular ishqni e’tiqod kabi muqaddas tutadilar.
3.Gap bo’laklarining takrorlanishi. Qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplardagi bir xil gap bo’lagi takrorlanib, ularni mazmunan birlashtirib, munosabatga kirishishga xizmat qiladi.
Takrorlangan bo’laklar har ikki gapda bir xil yoki turli vazifada bo’lishi mumkin. Bir xil vazifada takrorlanganda, shu bo’lakning bir xil vazifasi va mazmuni ta’kidlanadi.
Agar takrorlanuvchi gap bo’laklari turli vazifada bo’lsa, izohlash yoki qiyoslash munosabati ifodalanadi. Masalan: Mening domlam yo’q, domlam ikki ko’zim. Vaqting ketdi- baxting ketdi.
Ba’zan takrorlangan bo’lak ifodalanmasligi mumkin, lekin bu kontekstdan bilinib turadi. Masalan: Do’st achitib gapirar, dushman kuldirib.
4.Umumiy va ikkinchi darajali bo’laklarning bo’lishi. Qo’shma gap qismlarining tarkibidagi ikkinchi darajali bo’laklardan biri barcha qismlarga tegishli bo’lishi mumkin. Bunday umumiy ikkinchi darajali bo’laklar qo’shma gap tarkibidagi gaplarni jips bog’laydi, shu asosda ixcham qo’shma gap qurilmalari vujudga keladi.
Gapning har qanday ikkinchi darajali bo’lagi umumiy bo’lib kelishi mumkin. Masalan: Uning kichik qisiq ko’zlari yomon yondi, qalin lablari titrab ketdi.
Odatda, umumiy ikkinchi darajali bo’lak qo’shma gap tarkibidagi birinchi gapning tarkibida keladi.
Qo’shma gap tarkibida ega ham umumlashgan holda kelishi mumkin. Bunda bir predmet-shaxsning turlicha harakat-holati, xususiyati haqida sof fe’l yoki ot-kesim orqali bir necha hukm bildiriladi, bunday hukmlar esa qo’shma gap hisoblanadi.
Umumiylik ikkinchi darajali bo’laklargagina emas, kesim tarkibidagi yordamchi elementlarga yoki to’liqsiz fe’lga taalluqli bo’lishi mumkin. Bundan ko’pincha bir-biri bilan jips bog’langan bog’lovchisiz qo’shma gap lar vujudga keladi: Bostirmada chiroq paslatilgan, kimdir allaqachon xurrak otar edi.
5.Ohang va o’rin. Qo’shma gap qismlarining bog’lanishida intonatsion vosita – ohang, gaplarning o’rinlashishi ham alohida ahamiyat kasb etishi mumkin.
Ohang, xususan, Qo’shma gaplarni biriktirib, bog’lovchisiz qo’shma gap hosil qilishda katta rol o’ynaydi. Masalan: qushlar keldi. Ko’klam keldi gaplari shu holda ikkita sodda gapdir. Biroq ularni intonatsiyani o’zgartirib, birlashtiruvchi ohang bilan qushlar keldi - ko’klam keldi tarzida talaffuz qilsak, bog’lovchisiz qo’shma gap hosil bo’ladi. Demak, intonatsiya ham ajratuvchilik (birinchi holda), ham bog’lovchilik vazifasini o’tayapti (keyingi holda).
Ohang bog’lovchisiz qo’shma gap larning turli tipini hosil qilishda, intonatsion ajratishda ham muhim rol uynaydi: Paxta ochildi, uni terib olish kerak. Bu erda paxta ochilganligi va uni terib olish kerakligi (payt munosabati) ifodalangan. Paxta ochildi, uni terib olish kerak. Bu holda sabab munosabati ifodalangan. Paxta ochilgan, shuning uchun uni terib olish kerak. Gaplarni biriktiruvchi grammatik vositalar va leksik vositalar qancha kam bo’lsa, yoki bo’lmasa, qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplar bir-biri bilan shuncha zich bog’lanadi, ohangning roli shunchalik ortadi. Ohang bog’lovchisiz qo’shma gap lardagina emas, har qanday qo’shma gaplarda ham ularning qismlarini bog’lovchi vositalaridan biri hisob-lanadi. Shu ma’noda u universal vositadir. Bog’lovchisiz qo’shma gap larda esa u asosiy bog’lovchi vositalardan biriga aylanadi. Qo’shma gaplarning birikishi va qo’shma gaplarning hosil bo’lishida ularning har birining tartibi ham o’ziga xos rol o’ynaydi. Shu tartib, o’ringa muvofiq ma’lum maqsad- fikrni ifodalaydi. O’rin- tartibni o’zgartirish shu qo’shma gapning bo’zilishiga sabab bo’lishi mumkin. O’n minutcha ham vaqt o’tmagan edi, maydonning oldida biz kutgan odam ko’rindi - bu qo’shma gap. Undagi gaplarning tartibini o’zgartirib Biz kutgan odam ko’rindi. O’n minutcha ham vaqt o’tmagan edi tarzida ifodalasak, ikkita alohida sodda gap hosil bo’ladi. Qismlarning o’rnini o’zgartirish bilan bir mazmunli qo’shma gap ikkinchi bir mazmunli qo’shma gapga aylanishi mumkin: Suv keldi - nur keldi-Nur keldi - suv keldi. Sen kelding - yasandi dunyo. Yasandi dunyo-sen kelding. Ayon bo’ladiki, sodda gaplar, predikativ birliklarning bog’lanib, qo’shma gaplarning hosil bo’lishida fonetik -intonatsion vositalardan tortib, leksik-grammatik, leksik, pozitsion vositalargacha qatnashadi.

Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   452   453   454   455   456   457   458   459   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish