Muhokama uchun savollar
3.1.1.Qo’shma gap qismlarini bog’lovchi grammatik vositalar qaysilar?
3.1.2.Qo’shma gap qismlarini bog’lovchi leksik-grammatik vositalar deganda nimalar nazarda tutiladi?
3.1.3.Qo’shma gap qismlarini bog’lovchi leksik vositalarga nimalar kiradi?
3.2.1.Gap bo’lagining takrorlanishi qanday vazifalarni bajaradi?
3.2.2.Umumiy ikkinchi darajali bo’laklarning bo’lishi qo’shma gaplarda qanday vazifa o’taydi?
3.2.3..Qo’shma gapni hosil qilishda yana qanday vositalar qatnashadi?
3.2.4.Qo’shma gap turlarining hosil bo’lishida intonatsiyaning roli.
1 - masala bayoni:
Har qanday sintaktik qurilma singari qo’shma gap ham shakliy tuzilish, material belgi va mazmuniy -ma’noviy munosabat belgisiga ega. Birinchi holda qo’shma gapning hajmiga, murakkabligiga, uni tashkil etgan qismlarning miqdoriga e’tibor berilsa, ikkinchi holda qismlarning sintaktik mavqei, mazmuniy munosabati, bog’lanishi asosiy rol o’ynaydi. Qo’shma gaplarni tasnif qilishda u yoki bu turga ajratishda ularning ana shu belgi xususiyatlari asos, mezon bo’lib xizmat qiladi.
Jadval 30 Qo’shma gap qismlarining miqdoriga ko’ra turlari
Oddiy qo’shma gap | murakkab qo’shma gap |
Bog’langan qo’shma gap
Ergash(gapli)gan qo’sh- ma gap
Bog’lovchisiz qo’shma gap
|
Qo’shma period.(Bir tipli qo’shma gaplardan hosil bo’ladi.)
A)bog’lanish yo’li bilan;
B) ergashish yo’li bilan;
V) bog’lovchisiz
Murakkab period. (Turli tip (yoki aralash) qo’shma gaplardan hosil bo’ladi).
A) bir butunlikdan;
B)ikki butunlikdan;
V) uch va undan ortiq butunlikdan.
|
Shu jihatdan qaraganda mavjud darsliklarda qo’shma gaplar quyidagi turlarga ajratilganligini ko’rish mumkin,:
1.Ikki komponentli qo’shma gaplar.
2.Ko’p komponentli qo’shma gaplar.
3. murakkab qo’shma gaplar.
4.Bog’lovchili qo’shma gap lar.
5.Bog’lovchisiz qo’shma gap lar.
6.Bog’langan qo’shma gap lar.
7.Ergash gapli qo’shma gap lar.
8.Bog’lovchisiz qo’shma gap lar.
1-2-3-tur qo’shma gaplarning tuzilishi, material belgisiga ko’ra tasnifidir. 4-5-turda qo’shma gap qismlarini bog’lashda bog’lovchilarning ishtiroki yoki ishtirok etmasligiga asoslanilgan.6-7-8-turda esa komponentlarning ma’lum mazmun munosabatlari, bog’lanishi, grammatik belgilari, tuzilishi va ohangi hisobga olingan. Demak, qo’shma gaplar uch nuqtai nazardan, uch xil mezon asosida tasnif qilingan.
1.Tuzilishiga ko’ra.
2.Komponentlarni bog’lovchi vositalariga ko’ra.
3.Komponentlarning mazmun - munosabatiga ko’ra.
Biroq ushbu belgilar asosida tasnif qilishda hamma vakt izchillikka e’tibor berilgan deb bo’lmaydi. Jumladan, darsliklarda ikki komponentli, ko’p komponentli qo’shma gaplar qayd etilgan bo’lsa-da, bu holat qo’shma gaplarning tuzilishiga ko’ra turlari tarzida berilmagan. Vaholanki, qo’shma gap sodda gap singari mustaqil sintaktik butunlik va bu hamma tomondan tan olingan ekan, qo’shma gaplarning tuzilishiga ko’ra turlari alohida rubrika ostida berilsa, maqsadga muvofiq bo’lar edi. To’g’ri, tasnifni ikki komponentli va ko’p komponentli deb berish, albatta, shart emasdir. Biroq qo’shma gaplar tuzilishiga ko’ra turlarga ajratilib berilishi va bu alohida masala sifatida talqin etilishi mantiqan zarur. Shunday yo’l tutilmaganligi sababli darsliklarda faqat murakkab qo’shma gaplar haqida fikr yuritilgani holda, unga muqobil bo’lgan oddiy ( ikki komponentli) qo’shma gaplar tur sifatida alohida berilmagan. Bu boradagi izchillik ta’minlanadigan bo’lsa, qo’shma gaplarni tuzilishiga ko’ra oddiy va murakkab qo’shma gaplar tarzida ikkiga bo’lishi ham mumkin. O’zbek tilshunosligida keng tarqalgan tasnif: bog’langan qo’shma gap ; ergashgan (ergash gapli) qo’shma gap; bog’lovchisiz qo’shma gap ham til birliklarini tasniflash talabiga to’la javob beradi, deb bo’lmaydi: avvalo, bu tasnif tadqiqotchilarning o’zlari aytganidek, ikki komponentli, ya’ni sodda qo’shma gaplar asosida amalga oshirilgan. Binobarin, u qo’shma gaplarning to’laqonli umumiy tasnifi bo’la olmaydi. Chunki bu erda xususan, aralash aloqali qo’shma gaplar tasnif doirasiga kirmay qolgan. Ikkinchidan, mazkur tasnif har uch turga taalluqli bir xil mezonga ega emas. Bog’langan qo’shma gap da komponentlarning bog’lovchilar bilan bog’langanligi (aslida bu ham nomlanishda aks etmagan, bog’langanlik bog’lovchilarni nazarda tutmaydi) asosga olingan bo’lsa, ergashgan qo’shma gap komponentlarining o’zaro mazmun-munosabati hisobga olingan, uchinchi holda leksik-grammatik bog’lovchilarning ishtirok etishi yoki etmasligi asos bo’lib xizmat qilgan. 1- va 3- mezon shartli ravishda birlashtirilgan taqdirda ham tasnif ikki xil mezon asosida amalga oshirilganligi ayon bo’ladi. Vaholanki, tasnif mezoni tasnif doirasidagi barcha tiplarga aloqador bo’lishi, barcha tiplar ana shu mezon orqali baholanishi kerak.
Shu jihatdan qaraganda, qo’shma gaplarni bog’lovchili va bog’lovchisiz turlarga ajratgan tasnif birmuncha muvaffaqiyatliroq deyish mumkin. Chunki bu mezon tavsiflarning bir talabiga-umumiylik, barchaga taalluqlilik xususiyatiga javob beradi.Biroq mezon shu bilan birga, predmet-hodisalardagi muhim, asosiy, turlik belgisini mujassam eta olishi lozim. Mazkur mezon, bizningcha, ana shu jihatdan bir oz talabga javob bermaydi. Chunki bir qator qo’shma gaplar bog’lovchili va bog’lovchisizlik mezoniga ko’ra alohida turni tashkil etmaydi. Bu xususiyat ularni ikki turga ajratish uchun etarli bo’lmaydi. qolaversa, bog’lovchi tor ma’noda teng va ergashtiruvchi bog’lovchilarni nazarda tutadi. Vaholanki, bog’lovchi vositalar bundan ko’pdir. Demak, mezonni o’zgartirish yoki ulardan birini asosiy qilib olish kerak. Bunday mezonlik vazifasini qo’shma gapning qaysi xususiyati bajara oladi? Olib borilayotgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, qo’shma gap komponentlarining o’zaro sintaktik munosabati yoki sintaktik aloqasi ana shunday mezon bo’lib xizmat qila oladi. Sintaktik aloqa sintaktik munosabatga qaraganda kengrok ifodalanish xususiyatiga ega bo’lganligi sababli komponentlarning sintaktik aloqasi asosiy mezon qilib olinsa, maqsadga muvofiq bo’ladi. Gap shundaki, qo’shma gaplarning ayrim turlarida sintaktik munosabat, sintaktik aloqa haqida gapirish qiyin. (masalan so’z-gap, bir so’zli atov, infinitiv gaplarda) biroq qo’shma gaplarning biron turi sintaktik aloqadan chetda emas, chunki ular ayni shu sintaktik munosabat-aloqa tufayli yuzaga kelgan hodisalardir.
Shu mezonga ko’ra qo’shma gaplarni uch turga bo’lish mumkin:
1.Teng tarkibli( aloqali) qo’shma gaplar.
2.Tobe tarkibli (aloqali) qo’shma gaplar.
3.Aralash tarkibli( aloqali) qo’shma gaplar.
Keyingi yillarda o’rtaga tashlanayotgan va mustahkam ilmiy asoslarga ega tasniflar, bizningcha, mana shudir. Biroq bu tasnif hali boshlang’ich ta’lim darsliklardan o’rin olmagan, shu sababli biz an’anaviy tasnif asosida ish ko’ramiz. Ya’ni qo’shma gaplarni bog’langan, ergash gapli va bog’lovchisiz qo’shma gap lar tarzida o’rganamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |