4-amaliy mashg’ulot
Mavzu: So’z birikmalarining tasnifi
Ajratilgan vaqt – 4 soat
Darsning maqsadi: talabalarning so’z birikmasi va ularning turlari, so’z turkumlari, gap bo’laklari to’g’risidagi bilimlarini boyitish, ularda har qanday matndan so’z birikmasini ajrata olish ko’nikmasini hosil qilish va mustahkamlash.
Ishning bajarilish tartibi
1. Berilgan matn, mashqlardan so’z birikmalarini topib, ularni ikki guruhga – sodda va murakkab so’z birikmalariga ajratib yozing.
2. Har bir so’z birikmasini tobe komponentning sintaktik vazifasiga ko’ra tahlil qilib, tobe komponentning tagiga gap bo’lagiga mos tegishli chiziqlar chizing.
3. Har bir so’z birikmasi hokim komponenti qaysi so’z turkumi bilan ifodalanganini aniqlab, ustiga yozib qo’ying.
4. Har bir so’z birikmasi komponentining o’zaro qaysi vositalar va qanday usul bilan bog’langanini aniqlang, yoniga yozib qo’ying.
5. Moslashuvli birikmalarni belgili-belgisizligiga ko’ra tahlil qilib, javobingizni SB yoniga yozib chiqing.
6. So’z birikmalaridan xohlagan beshtasini tanlab, hokim so’zning qanday so’zlar bilan bog’lana olishini dalillar bilan yozib ko’rsating.
8-mashq
1. Topshiriqning mohiyatini yaxshi anglab olmay ijroga kirishadigan bola bir ishni ikki marta bajaradi. 2. O’z ota-onasining qadrini bilmagan bola vijdon va or-nomus hislaridan mahrum bo’ladi. 3. Elga halol xizmat qilib, shon va shuhrat qozongan farzand ota-onaning umriga umr qo’shadi. 4. Kuch va g’ayrat qaynab-toshayotgan bolani… o’z vaqtida foydali ishga yo’llay olsak, rohatini ko’ramiz, aks holda, toshqin suvdek azobu uqubatini tortamiz. 5. Boladagi iste’dod biz tarbiyachilardan alanga kutadi.
9-mashq
Daraxtning qadri uning bo’yiga qarab emas, mevasi bilan o’lchanadi.Qanchadan-qancha kamtar ulug’ zotlar fanga buyuk hissalari bo’lsa-da, beunvon o’tib ketdilar.Bir dona so’z aytgan odamning har erda ismu-sharifi bor. Kishi uchun halq nazaridan tushib qolish katta baxtsizlikdir. Har qanday xushro’y ayolning xunuk qiladigan narsasi uning zahar tilidir.
Do’st va yoru birodarlardan judo qiluvchi ham til, ularning sonini oshiruvchi ham til.Dili hasta kishiga aytilgan har bir shirin so’z uning qalbi uchun yoqilgan mash’al, chiroqdir. Eng qudratli nutq haqiqat ifodalan yogan nutqdir. (R.Usmonov).
10-mashq
Shoyimardon bir lahza jim qoldi. Mikrafon yana battarroq bijillab, bo’g’iq ovoz chiqardi. Yana Shoyimardonning xirillagan ovozi eshitildi:
-Edike, aylanay sendan, ha deb boshimni achitaverma. O’lgan bo’lsa o’libdi, endi nima ham qilardik… Menda boshqa odam yo’q. O’likning boshida o’tirishdan ne foyda? Marhum tirilib qoladi, deb o’ylaysanmi?
… - Nima demoqchisan o’zi? o’rningga odam yo’q. O’likning yoniga yarim tunda borib nima qilasan?
Janoza o’qiyman. Irim-sirimini qilib, marhumning haqqiga duo qilaman.
-Janoza o’qiysan? Sen-a, Edigey Bo’ron-a?
-Ha, men. Janoza o’qiyman.
Ana holos… Haligiday, Sovet hokimiyatining tashkil etilganiga oltmish yil to’lganda-ya? (Ch.Aytmatov).
Do'stlaringiz bilan baham: |