BOShQARUVLI OTLI BIRIKMALAR
Ot boshqaruvi deganda, asosan ot, sifat son, ravish so’zlar boshqaruvi nazarda tutiladi. Ot boshqaruvning ikki turi ajratiladi (bu fe’l boshqaruvga ham taalluqlidir): kelishikli boshqaruv, ko’makchili boshqaruv.
K E L I Sh I K L I B O Sh Q A R U V Bunda hokim komponent o’rnidagi ot, sifat, ravish, sonlar jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishigidagi tobe komponentni boshqarib keladi . Masalan: oyog’ida etik, elkasida xurjun, tilga e’tibor, vatanga mehr, g’ishtdan devor, respublikada mashhur. so’zga chechan, mehmonlardan uchtasi, haqiqatga yaqin, o’qdan tez kabi. K O’ M A K Ch I L I B O Sh Q A R U V Bunda tobe so’z boshqaruvchi otga ko’makchilar yordamida tobelanib bog’lanadi: bolalar haqida she’r, onam uchun sovg’a, shahar birinchiligi uchun musobaka,shoirlar bilan uchrashuv kabilar. MOSLAShUVLI OTLI BIRIKMALAR
Bu qaratuvchi va qaralmish munosabatidagi ikki otning birikuvidir:
Maktabimiz hovlisi, universitetimizning rektori, Vatanimizning kelajagi kabi. Bu tipdagi bog’lanishning bitishuvli bog’lanishdan farqi shundaki, bitishuvda ikki ot hech qanday qo’shimchasiz yoki ko’makchisiz birikadi: deraza parda, yog’och uy, tosh yo’l, tandir kesak kabi. Moslashuvli otli birikmalarda esa birikmaning birinchi (tobe) komponenti qaratqich kelishigi shaklida, hokim komponent egalik shaklida bir-biri bilan moslashib, muvofiqlashadi: yaxshilarning suhbati, mening orzuim, bizning qishlog’imiz. Biroq moslashuvli otli birikmalarning yoz issig’i, paxta terimi, Guliston guldastasi, shahar hokimi, bizning she’r, bizning qishloq kabi belgisiz qaratqichli, belgisiz egalikli ko’rinishlari ham faol qo’llanadi.
Bu shakllarning qo’llanilishida nozik farqlar ham ko’zga tashlanadi. Tobe komponentning qo’shimchasini olmagan moslashuvli birikma, belgili moslashuvga nisbatan umumiylik ma’nosi, ma’nosining mavhumligi bilan xarakterlanadi. Masalan, chog’ishtiring: Ona mehri-onaning mehri, deraza pardasi-derazaning pardasi, kuz manzarasi-kuzning manzarasi.
Hokim komponentning egaliksiz, belgisiz qo’llanishida ham shu holat kuzatiladi, shu bilan birga ma’noni kuchaytirish ham seziladi. Chog’ishtiring: Bizning Vatan-bizning Vatanimiz, bizning zamon-bizning zamonimiz.
Ko’rinadiki, moslashuvli otli birikmaning qaratqich va egalik qo’shimchasini olgan turi konkretlikni ifodalaydi. Ularda egalik va qarashlilik ma’nosi kuchli bo’ladi. Ularning qo’llanmasligi bilan bu ma’nolar kuchsizlanadi, umumiylik holati yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |