Ot so`zning muhim grammatik xususiyati. Otga oid so`zlarning kim, nima, qaer olmoshlari balan munosabatdor bo`lishi, ya'ni gapda mutloq bosh bo`lak vazifasida kelishi ham uning muhim grammatik xususiyati hisoblanadi.
Predmetlik ma'nosi. Predmetlik ma'nosini ifodalash bu logik tushuncha bo`lmay, grammatik hodisadir. Chunki bir-biridan ancha uzoq bo`lgan bir qancha tushunchani ifodalovchi so`zlar, masalan, inson, sigir, chumoli kabi tirik mavjudotlarni ifodalovchi , quyosh, osmon, tog`, suv kabi ob'ektiv borliqqa xos hodisalarni: paxta, sholi, bugdoy kabi usimliklarni, haratat, bilim kabi fikrda predmetdek tasavvur qilinadigan hodisa, xususiyat, munosabatlarni ifodalovchi tushunchalar, shuningdek, tepalik, pastlik, Guliston, Sirdaryo kabi o`rin-joy otlarining barchasi predmetlik grammatik ma'nosini ifodalab, xilma-xil logik tushunchalarni bitta grammatik ma'no atrofida umumlashtirib turadi. Demak, grammatik umumlashtirish logik umumlashtirishdan kengdir.
Otlarning ma'noga ko`ra turlari. Otlarni ma'nosiga ko`ra turlicha tasnif qilish mumkin: bunda otlarning grammatik xususiyatlarini aniqlashga xizmat qiluvchi semantik belgilar asosga olinadi:
bir turdagi predmetlarning umumiy nomini yoki birinchi nomini bildirishga ko`ra (atoqli va turdosh otlar),
kim yoki nima olmoshlariga bo`lgan munosabatiga ko`ra (atoqli va turdosh otlar)
sanalish va sanalmasligiga ko`ra (sanaladigan: daftar, qalam; sanalmaydigan: havo, bulut, un, qum, tuproq kabi).
Atoqli otlar. Bu xildagi predmet yoki hodisalarning birini ajratib ko`rsatuvchi otlar. Atoqli otlarga:kishilarning ismi, nasl nomi, otasining ismi (familiya va otchestva), taxallusi: Alisher, Akram Valiev, Oybek, Navoiy kabi;geografik nomlar: Sirdaryo, O`zbekiston, Samarqand, Xovos kabi; turli tashkilot, korxona, muassasa nomlari: Guliston Davlat universiteti, «Kashteks» kabi;Planeta va yulduzlarning nomlari: Zuxro, Yupiter kabi; tarixiy hodisalar, asarlar, gazeta, jurnallar va ilmiy muassasalarning nomlari: Mustaqillik kuni, «Qutlug` qon» romani kabi; hayvonlarga atab qo`yilgan nomlar: Boychibor, Olako`z kabi. Atoqli otlarning deyarli ko`pchiligi turdosh otlardan, bir qismi boshqa so`z guruhlaridan kelib chiqqan: Rayxon, Anora, Go`zal, Sotib oldi kabi. Ba'zi atoqli otlar turdosh otlarga aylangan: rentgen, xosiyatxon, bo`ston kabi. Bu otlar atoqli otlar safidan chiqib, leksik ma'no ifodalashga ko`chgan.
Turdosh ot. Bir jinsdagi predmetlarning umumiy nomini bildiruvchi otlar turdosh ot deyiladi: ishchi, kitob, daraxt, gul kabi. Otlarning asosiy qismini turdosh otlar tashkil qiladi. Turdosh va atoqli otlar ma'nosiga ko`ra farq qilib qolmay, ularning har biri o`zigagina xos ba'zi grammatik xususiyatlarga ham ega. Masalan, atoqli otlar faqat birlik formada qo`llanadi. Agar ko`plik formasini olsa, grammatik ko`plik emas, balki boshqa ma'no ottenkalariga ega bo`ladi: Umidalar kelishdi kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |