Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti


Grammatik forma (So`z formasi)ning tiplari



Download 4,68 Mb.
bet265/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

Grammatik forma (So`z formasi)ning tiplari. Hozirgi o`zbek tilida so`z formasining fsosan 3 tipi mavjud: sintetik forma, analitik forma, juft va takroriy forma.
Sintetik forma- affikslar yordamida hosil bo`luvchi forma: uyni, uydan, uyga, uyda, uyning; o`qiyapman, o`qiyapsan, o`qiyapti kabi.
Analitik forma - yordamchi so`zlar, ko`makchi fe'llar va to`liqsiz fe'l qo`shilishidan hosil bo`luvchi forma: ukam uchun, uy tomon, o`qib chik, ko`rib qo`y kabi formalar.
Juft va takroriy forma. Bu tipli formalar ma'lum grammatik ma'no ifodalash uchun xoslangan qozon – tovoq, bola – chaqa, yaxshi - yomon kabi formalar. Bu formalar umumlashtirish va davomiylik, ko`plik, kuchaytirish kabi ma'nolarni ifodalaydi.
Masalan, baland - baland (imorat), qator-qator (mashina), kula-kula (gapirmoq) kabilar.
So`zning nol ko`rsatgichli formasi. So`zning formalari sistemasida formasiz ko`rinish - nol ko`rsatgichli forma deb yuritiladi O`zbek tilida so`zning maxsus ko`rsatgichga ega bo`lmagan formalari ham bor. Masalan, otning ko`plik formasi -lar affiksi yordamida yozilgani xolda, birlikning maxsus ko`rsatkichi yo`q: kitob - birlik (ko`rsatgichsiz). Fe'llarda bo`lishsizlikning maxsus ko`rsatkichi bo`lgani holda, bo`lishsizlikning maxsus ko`rsatkichi yo`q: ishla (bo`lishli,ko`rsatgichsiz) - ishlama (bo`lishsiz, -ma ko`rsatgichli).
So`z formasining ichki turlari. So`z formasi biror turkumdagi ichki grammatik kategoriyaga xos formada bo`lishi yoki grammatik kategoriya hosil qilmaydigan formada bo`lishi mumkin. Shunga ko`ra so`z formalari o`zbek tilida ikki asosiy turga bo`linadi:1) kategorial formalar,2) nokategorial yoki funktsional formalar.
Kategorial formalar. Ma'lum grammatik kategoriyaga xos ma'nolarni ifodalovchi, shu formalar bilan birlikda grammatik kategoriya hosil qiluvchi formalardir. Masalan, otlardagi son, egalik, kelishik, fe'ldagi mayl, zamon, shaxs-son formalari.
Funktsional (nokategorial) formalar -ma'lum grammatik ma'noni ifodalovchi (grammatik kategoriyaga ega bo`lmagan ma'noni) yoki so`zni shu so`z mansub bo`lgan turkumga xos bo`lmagan sintaktik vazifaga moslash uchun xizmat qiluvchi formalardir. Masalan, otlardagi xoslik, o`xshatish, kichraytish-erkalash; sifatdagi daraja, fe'lning sifatdosh, ravishdosh va harakat nomi formalari nokategorial formalar hisoblanadi.

Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish