2-savol bayoni: Taqlid so`zlarning to`zilishiga ko`ra turlari: sodda, juft(qo`shma),takroriy taqlid so`zlar.
Taqlid so`zlar tuzilishiga ko`ra quyidagicha bo`ladi:sodda taqlid so`zlar.
Bu so`zlar asosan olmok,demok yordamchi fe'llari bilan birikib keladi.Ba'zan esa,kilmok yordamchi fe'li bilan birikadi.(O`zbek tilida taqlid so`zlarning mustaqil fe'llar bilan birikish hodisasi kam uchraydi.)
Taqlid so`zlar yordamchi fe'llar bilan birikkanda qo`shma fe'llarni tashkil qiladi va keskinlik, bir laxzalikni ifodalaydi. So`z ohiridagi geminatsiya hodisasi yoki intonatsiya harakteri bilan sodda taqlid so`zlarning ma'nosida ham davomlilikni ko`rsatish xususiyati paydo bo`lishi mumkin: M: tarrrr, girrrr,immmm, shig`g`g`g` kabi.
Taqlid so`zlar ma'nosidagi davomlilik, asosan ularning takrorlanishi natijasida yuz beradi. Masalan, tak bir marta eshitishni ifodalasa, taq-taq uning birdan ortiq bo`lganini bildiradi.
Sodda taqlid so`zlar ham bir necha xil formada qo`llanadi:
a) tub xolda qo`llanuvchi taqlid so`zlar.
Bunday taqlid so`zlarga asosan bir bo`g`inli obrazga va tovushga taqlid so`zlar kiradi:
Voy dadasi, bizni etim qilib ketgan dadasi!… deb dod solar, faryod chekar, kishlok juvonlari, kampirlar unga qo`shilib uv tortishar edi. (X.G).Fermaga yakinlashganda, ba-bu degan tovush eshitildi. (og`zaki nutq).
b) qo`shimcha struktura elementiga ega bo`lgan sodda taqlid so`zlar. Bunday taqlid so`zlar yuqoridagi gruppadan ikki tomonlama farq qiladi. Birinchidan, ma'noda farq kilsa (bunda keskinlik ularga nisbatan kuchlirok), ikkinchidan, bu xil taqlid so`zlar struktura jihatidan (undoshQ unliQundoshQundosh) farq qiladi: Unga Nigora kelmagan bo`lsa-chi, degan shubxa ham yopishgan ediki kasalxona eshigi g`iyt etib ochildi. (S.Anorboev).
Bir bo`g`inli taqlid so`zlarga-ir, -a(ng) kabi kuchma ma'noli ottenkalar beruvchi elementlarining qo`shilishi bilan ikki bo`g`inli taqlid so`zlar hosil bo`ladi.
Takroriy taqlid so`zlar
Taqlid so`zlar takrorlanganda harakat obrazini, tovushning bir necha marta bir xilda, bir tyokisda takrorlanganini, davomlilikni ko`rsatish uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari takroriy taqlid so`zlar miqdorni kuchaytirishni ham ko`rsatishi mumkin.
Takroriy taqlid so`zlar asosan identiv (uxshash, bir xil) harakterda bo`ladi. Bir xil takror formal tomondan ikki ko`rinishga ega:
a) oddiy takror. Bunda ma'lum hodisaning bir tyokisda takrorlanganligi ifodalanadi: miev-miev, chulp-chulp, kirt-kirt, guv-guv kabi.
b) kuchaytiruv elementli takror. Bir xil tovush yoki harakat obrazini kuchaytirib ko`rsatish, undagi tezlikni ta'kidlash uchun takrorning komponentlaridan birida unli tovush orttiriladi: taka-tak, tasir-tusir, gurso-gurs, shaka-shak kabi.
Bir xil takrorlangan taqlid so`zlarning ikkinchi bir xillari borki, ularning komponentlarini alohida qo`llash mumkin: miev-miev, duv-duv, gir-gir, inga-inga, kult-kult kabi.
Juft taqlid so`zlar. Bu tip taqlid so`zlar bir hodisaning turli o`zgarib turishini, birgina tovush yoki obrazli harakatning goh kuchayib, goh pasayishi, ba'zan esa yaqinlashishi yoki o`zoklashishi kabi holatlarini ifodalaydi. Bu holat esa, juft taqlid so`zlar komponentlaridan birining sostavidagi unli yoki undosh tovushning o`zgarishi, ba'zan ikkinchi komponentga bir undosh orttirilishi orqali yuz beradi.
O`zbek tilida juft taqlid so`zlar quyidagi yo`llar bilan yuzaga keladi:
a) unlilar o`zgarishi bilan: garch-gurch, tak-tuk, tars-turs;
b) undoshlar o`zgarishi bilan: givir-shivir, chirt-pirt, ging-ping;
v) ikkinchi komponentning boshlanishiga bir undosh orttirilishi bilan: alang-jalang, apil-tapil, apir-tapir;
g) aralash yo`l bilan: qiy-chuv, g`ij-badabang, g`ovur-shuvir kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |