2-savol bo’yicha savol va topshiriqlar
2.1.
1-topshiriq. So’zning biror turkumga mansubligini ko’rsatuvchi, ma’lum bir grammatik kategoriyaga xosligini ifodalovchi ma’no...
A.Lug’aviy ma’no;
V.Nomlovchi ma’no;
S.Figural ma’no;
D.Differentsial ma’no.
E.Grammatik ma’no... deyiladi.
Topshiriqdagi ko’p nuqta o’rniga berilgan javoblardan to’g’risini qo’yib to’ldiring.
2-topshiriq. So’z turkumlarini ikkiga: umumiy kategorial ma’noga ega va umumiy kategorial ma’no ifodalamaydigan so’z turkumiga ajrating.
Ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish, ko’makchi, bog’lovchi, yuklama, undov, taqlid va modal so’zlar.
3-topshiriq. So’z turkumlarining ichki kategorial grammatik ma’nolarini ifodalovchi paradigmalarini sanab ko’rsating.
Ot: ….. Yordamchi so’zlar: …..
Sifat: ….. Undov so’zlar: …..
Son: ….. Modal so’zlar: …..
Olmosh: ….. Taqlid so’zlar: …..
Fe’l: …..
Ravish: …..
2.2.
1-topshiriq. So’zning grammatik formasi haqidagi to’g’ri ta’rifni toping.
1.So’zning muayyan grammatik ma’no ifodalovchi shakli, SGF deyiladi.
2.So’zning sintetik shakllari SGF deyiladi.
3.So’zning semantik shakllari SGF deyiladi.
4.So’zning juft va takroriy formalari SGF deyiladi.
5.So’zning hech qanday qo’shimchasiz, tub holdagi shakli SGF deyiladi.
2-topshiriq. O’zbek tilida so’zning tuzilishiga ko’ra formalari to’g’ri aks etgan javobni aniqlang.
1.So’zning umumkategorial formalari.
2.So’zning analitik, juft, takroriy va nolga teng shakllari.
3.So’zning analitik va aralash formalari.
4.So’zning perifrastik va sintetik formalari.
5.Tub, sodda, sodda yasama, qo’shma, juft, takroriy.
3-topshiriq. Matndagi grammatik formalar qanday grammatik ma’no ifodalayotganini so’z formalarining turlar(sintetik, analitik, aralash, juft va takroriy)iga muvofiq ajrating.
Xalq avlodlari birin-ketin yashab o’taveradi, ammo har bir avlod hayotining natijalari keyingi avlodlarga til orqali meros bo’lib o’tadi. Har bir avlod o’z his-tuyg’ularini, tarixiy voqealar, diniy e’tiqod, maslak natijalarini, boshidan kechirgan qayg’u va xursandchiliqlarini ona tili xazinasiga qo’shadi; xullas, xalq butun ma’naviy hayotining natijalarini o’z tilida ehtiyot qilib saqlab keladi.
4-topshiriq. Matndagi (3-topshiriqdagi) so’zlarni: a) kategorial, b) nokategorial (funktsional) formadagi so’zlar guruhlariga ajrating.
2.3.
1-topshiriq. Bir-biriga qiyosan olinadigan ikki yoki undan ortiq grammatik ma’no va shu ma’nolarni ifodalovchi grammatik shakllar sistemasi nima deyiladi:
A)so’zning pragmatik ma’nosi,
V)so’zning ko’chma ma’nosi,
S)so’zning ekspressiv ma’nosi,
D)so’zning genetik ma’nosi,
E)so’zning grammatik kategoriyasi.
2-topshiriq. Quyidagi grammatik atamalardan qaysilari grammatik kategoriya bo’la oladi, ularni ikkiga ajrating.
Otning: son, egalik, jamlik, jins, kelishik, o’xshatish, erkalash, xoslik, hurmat;
Fe’lning: shaxs-son, zamon, mayl, nisbat, bo’lishli-bo’lishsizlik, o’timli-
o’timsizlik, ob’ektli-ob’ektsizlik, ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi, harakat davomiyligini ifodalovchi shakllar.
2.4.
1-topshiriq: so’zning nokategorial formalari nega grammatik kategoriya sanalmaydi:
A) nokategorial formalar lug’aviy ma’noni yuzaga keltirmaydi,
V) nokategorial formalarda qiyosan olinadigan ma’no va shu ma’nolarni ifodalovchi grammatik shakllar tizimi yo’q,
S) nokategorial formalar so’zlarni bir-biriga bog’lamaydi,
D) nokategorial formalar so’z formasinigina hosil qiladi, xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |