AMALIY MASHG’ULOTLAR
MORFOLOGIYA
1-amaliy mashg’ulot
Mavzu: Grammatika haqida umumiy ma'lumot.
So'zning lug’aviy va grammatik ma'nosi, grammatik shakli. Grammatik shaklning turlari.Grammatik kategoriya.
Dars maqsadi: talabalarda morfologiya va uning kategoriyalarini aniqlash ko`nikmasini hosil qilish.
ISHNI BAJARISH TARTIBI
1.Morfologiyada grammatik ma'no va uning turlari amal qilinishi so`zlab beriladi.
2.Grammatik forma marfologiyaning muhim xususiyatlaridan biri ekanligi tushuntirib beriladi.
3.Grammatik kategoriya-morfologiya o`rgatishi lozim bo`lgan ta'limotning asosi ekanligi tushuntirib beriladi.
4.Grammatik ma'no va grammatik forma bir butun falsafiy-grammatik hodisa ekanligi gapirib beriladi.
5. So`z turkumlari va ularning tasnifi, me'zonlari izohlanadi.
1-savol bo’yicha savol va topshiriqlar
1-topshiriq. Grammatikaning bo’limlari ko’rsatilgan to’g’ri javobni toping.
A) Fonetika, orfografiya.
V) So’z yasalishi, morfemika.
S) Morfologiya, sintaksis.
D) Leksikologiya, semasiologiya.
E) Orfoepiya, uslubiyat.
2-topshiriq: Morfologiyaning predmeti haqidagi to’g’ri ta’rifni ayting.
A. Grammatikaning asosini so’z turkumlari va gap haqidagi
ta’limot tashkil qiladi.
V. Morfologiyaning ob’ekti so’zning grammatik tomonidir.
S. Morfologiya so’z haqidagi grammatik ta’limot.
D. Morfologiyaning asosi keng ma’noda forma yasashdir, so’zning formasidir.
E. Morfologiya so’z formalari sistemasi paradigmatikasi haqidagi fandir.
3-topshiriq: Grammatika haqidagi to’g’ri ta’rifni aniqlang.
A.So’zning morfologik va sintaktik xususiyatlari haqidagi ta’limot grammatikaning asosidir.
V.Grammatikaning asosini so’z turkumlari va gap haqidagi ta’limot tashkil qiladi.
S.Grammatika tilning so’z o’zgartirish va so’z qo’shish-biriktirish qoidalarining yig’indisi bo’lib, u so’zning formalarini, so’z kategoriyalarini, so’z birikmasi va gap hosil qilishdagi xususiyatlarni tekshiradi.
D.Grammatika tilning grammatik qurilishiga xos qonun-qoidalarni,normalarni tasvirlaydi, uning turli xususiyatlarini tekshiradi.
E. Barcha javoblar to’g’ri.
1.2.
1-topshiriq. So’zlarning leksik-grammatik kategoriyalarga guruhlashning mezonlari qaysi javobda izchil bayon etilgan?
A. Mustaqil so’zlar: ot, sifat, fe’l, ravish, yordamchi so’zlar: ko’makchi, bog’lovchi, yuklama va modal, undov, taqlid so’zlar.
V. Ot, sifat, fe’l, ravish, ko’makchi, bog’lovchi, yuklama; modal, undov va taqlid so’zlar.
S. Umumiy kategorial ma’noga ega bo’lgan mustaqil so’zlar: ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish; umumiy kategorial ma’noga ega bo’lmagan so’zlar: ko’makchi, bog’lovchi, yuklama; modal, undov va taqlid so’zlar.
D. Ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish kabi mustaqil so’zlar; ko’makchi, bog’lovchi, yuklama kabi yordamchi so’zlar, shuningdek, modal so’z,undov so’z,taqlid so’zlar.
E.Barcha javoblar to’g’ri.
2-topshiriq. Berilgan so’zlarni so’zning morfologik strukturasiga ko’ra tarkibini aniqlang.
Qarindoshlik munosabatlari emas, qarashlarning birligi do’stlikka olib keladi.
3-topshiriq. Berilgan gapdagi ajratilgan so’zlarning umumkategorial va ichki kategorial ma’no(grammatik ma’no biror turkum doirasida)larini alohida ko’rsating.
Paxta - inson jonini isitgan otash.(G’.G’.)
Yashamoq - hamisha to’xtovsiz oldinga intilmoq demakdir.(S.Jonson)
1.3.
1-topshiriq. So’z turkumlarining guruhlanish printsiplari to’g’ri qayd etilgan javobni toping.
A.So’zning lug’aviy ma’nosiga qaraladi.
V.So’zning morfologik belgilariga qaraladi.
S.So’zning gapdagi vazifasi hisobga olinadi.
D.Har uchala tomon nazarda tutiladi.
2-topshiriq. Gaplarni morfologik tahlil qiling, turkumlarini (umum kategorial ma’nosini) aniqlang.
Salimboyvachcha qonsiz yuzini asabiy burishtirib, darvoza yonida birdan qotdi. Mirzakarimboy nomozgarga yaqin keldi. Yo’lchi chindan ham nay chalishni bilar edi va yaxshi chalar eda. Keyin "chu" deb otga qamchi urarkan, Yo’lchiga qichqirdi.
3-topshiriq. Morfologik kategoriyalar nomlari to’g’ri va to’liq keltirilgan javobni toping.
A.Tuslovchilar, birikma, qo’shilma.
V.So’z formalari, so’z turkumlari, qo’shma so’zlar.
S.So’z formalari: sintetik, analitik, juft va takroriy formalar, so’z turkumlari: ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish; ko’makchi, bog’lovchi, yuklama; undov, modal va taqlid so’zlar.
D.Turlovchilar, tuslovchilar; o’zgaruvchi, o’zgarmas so’zlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |