Nazorat savollari:
Olmoshlarning leksik-semantik xususiyati va morfologik belgilarini tushuntirib bering.
Matnda kelgan olmoshlarning gapdagi vazifalarini aniqlangan.
Muxabbat shunday bir kudratli, kuchli, kimning qalbiga yo`l topgan bo`lsa, uni ham o`z yo`liga boshlaydi. (S. Axmad)
Mening yuragimda chug yo`q. Hech kim ut solmagan. (S. Axmad)
Tabiat allaqanday xidga tulgan. (S. Axmad)
Skameykada o’tirgan xotin nimadir dedi. (S. Axmad)
Xu ana u tepaning tagida salqin bir skameyka bor. (P. Qodirov)
3. Olmoshlarning gapda bajargan vazifasiga ko`ra turlarni ayting.
A. Ot, sifat, son, ravish xarakteridagi olmoshlar.
V. Ot, sifat ravish xarakteridagi olmoshlar.
S. Ot, sifat, son xarakteridagi olmoshlar.
D. Ot, son, ravish xarakteridagi olmoshlar.
4. Olmoshlarni topib, gapdagi vazifasini aniqlang, ularning qaysi so`z o`rnida kelganini aytib bering.
Shabboda ko`zg`aldi. U jonga orom berdi.
Gerasim kuchukchasini juda yaxshi ko`rar edi, unga Mumu deb ot qo`ydi.
Po`lat Kamolov botir yigit, uni hamma hurmat qiladi.
O`tgan yig`ilishimizga 80 ota-ona kelgan edi, biz yig`ilishimizga ham shuncha keldi.
2-savol bayoni.
Olmoshlar ma'no va grammatik xususiyatlariga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi:
1. Kishilik olmoshlari. 2. O`zlik. 3. Ko`rsatish. 4. So`roq. 5. Belgilash jamlash. 6. Bo`lishsizlik. 7. Gumon.
Kishilik olmoshlari. Kishilik olmoshlari shaxsni ko`rsatish uchun ishlatiladi. Ba'zi kishilik olmoshlari shaxslarni ifodalash bilan birga ko`rsatish ma'nosini ham bildiradi. Shunga ko`ra kishilik olmoshlarini ikkiga bo`lish mumkin:
1. Sof kishilik olmoshlari. 2. Kishilik ko`rsatish olmoshlari. Sof kishilik olmoshlariga I va II olmoshlarining birligi va ko`pligi men, sen, biz, siz olmoshlarini, kishilik ko`rsatish olmoshlariga III shaxs kishilik olmoshining birligi va ko`pligi: u, ular olmoshlarini ko`rsatish mumkin.
Tarixiy jihatdan kishilik olmoshlari I shaxsda b i, II shaxsda s i, III shaxsda u l shakllarda qo`llangan.
Kishilik olmoshlari ikki son: birlik va ko`plikni; uch shaxsni ko`rsatadi. I va II shaxsda birlik va ko`plik ayrim-ayrim so`zlar bilan, uchinchi shaxsning ko`pligi u olmoshiga - lar qo`shimchasini qo`shish bilan hosil qilinadi va u jadvalda quyidagi tartibda joylashadi:
Shaxs
|
Birlik
|
Ko`plik
|
ma'nosi
|
1
|
Men
|
Biz
|
sof kishilik
|
2
|
Sen
|
Siz
|
sof kishilik
|
3
|
U
|
Ular
|
kishilik ko`rsatish
|
Kishilik olmoshlari so`zlash jarayonida uch shaxsdan birini:
I shaxs men - so`zlovchini, II shaxs sen - tinglovchini, III shaxs u - o`zgani anglatadi.
Kishilik olmoshlari ot singari kelishiliklar bilan turlanadi: Men, mening, meni, menda, menga, mendan. Ko`rinyaptiki tushim va qaratqich kelishiliklari bilan turlanganda bir «n» tushib koladi.
III shaxs (u) kelishiliklar bilan turlanganda bir «n» orttiriladi: unga, unda, undan.
Egalik affikslari kishilik olmoshlariga, odattda qo`shilib kelmaydi. Ba'zan III shaxs kishilik olmoshlari ko`rsatish ma'nosida kelganda otlashib egalik affiksni qabul qilishi mumkin: unisi 3 yoshga kirdi. Bunisi kattasidan aklli.
Kishilik olmoshlariga -niki affiksni qo`shish bilan aniq bo`lmagan, mavhum egalikni bildiradi: meniki, seniki, uniki ba'zi kitoblarda - niki bilan yasalgan olmoshlarni «egalik olmoshi» deb yozilgan (karang: hozirgi o`zbek adabiy tili. Toshkent 1966. 259.)
I va II shaxs kishilik olmoshlari predikativlik affiksi vazifasida ham keladi: studentsan, o`qimoqdaman, o`qimoqdasan.
Kishilik olmoshlari gapda ega, kesim, aniqlovchi, to`ldiruvchi bo`lib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |