KO`RSATISh OLMOShLARI. Predmet va uning belgilarini ko`rsatish uchun qo`llanuvchi so`zlar ko`rsatish olmolari deyiladi: bu, shu, o`sha, u.
Ko`rsatish olmoshlari bu, shu, o`sha, u kishilik olmoshlariga karaganda yanada mavhumligi bilan ajralib turadi. Kishilik olmoshlari shaxs oti urnida ham qo`llanaveradi. Ko`rsatish olmoshlari sintaktik jihatdan sifatlarning ekvivalenti bo`ladi, ya'ni gapda aniqlovchi vazifasida keladi: u vodiyda cho`rilar qullar kerak bo`ldi (A. Q.).
O`z xususiyatiga ko`ra ko`rsatish olmoshlarini uch guruhga ajratish mumkin:
1. Ot o`rnida qo`llanuvchi olmoshlar. Shaxs va predmetlarni ko`rsatish orqali nomlaydi: bu, shu, kabi.
Sifat xarakteridagi ko`rsatish olmoshlari predmetning belgisini ifodalaydi: biz o`sha do`konga boramiz (O.).
Takror xolda qo`llanib haraktning belgisini bildiradi: shu-shu, o`sha-o`sha. Shu-shu boshqa arz qilganini bilmayman (A. Q.)
Ko`rsatish olmoshlari kelishiliklar bilan turlanadi: jo`nalish, o`rin, chiqish, kelishiga affikslarni qabul qilganda bir «n» tovushi orttiriladi: Bunda, bundan, shunga.
Ko`rsatish olmoshlari otlashganda egalik affikslarni qabul kila oladi: shuni, shuning, shunisi. Egalik affiksi ikki marta (pleonastik) qo`shiladi: bunisi.
Ko`rsatish olmoshlari to`zilishiga ko`ra ikki xil bo`ladi: 1. Sodda ko`rsatish olmoshlari: u, bu, shu, o`sha.
qo`shma ko`rsatish olmoshlari: mana, mana shu, ana shu, mana bu.
Shu ko`rsatish olmoshi bu olmoshdan oldin kelib so`z ma'nosini kuchaytiradi lekin hech vaqt bu olmoshi shu olmoshdan oldin kelmaydi: shu bu yil, shu bugun. Ammo bu olmoshlar qo`shma sanalmaydi.
Ko`rsatish olmoshlari gapda turli vazifalarda keladi. Klassik adabiyotda ba'zan hozirgi tilimizdagi she'riy parchalarda ko`rsatish olmoshlari: ul, shul, o`shal, bul formalarida uchraydi: Ul parivash xajrida kim yig`ladim devonalar (A. N.).
O`ZLIK OLMOSh. O`zlik olmoshi «o`z» predmetni aniqlab, uning ma'nosini kuchaytirib keladi. Bu olmosh gapda asosan aniqlovchi vazifasini bajarib keladi. O`zlik olmoshi quyidagi belgilar bilan harakterlanadi:
Predmetni o`zlik olmoshi bilan ifodalangan shaxsga karashli ekanligini bildiradi: Juraxon kishlokni o`z ko`zi bilan kurgan
O`zlik olmoshi egalik affiksini olib har uchchala shaxni ko`rsata oladi: o`zim, o`zing, o`zi.
O`zlik olmoshi kelishiliklar bilan turlanish uchun avval egalik qo`shimchalarini oladi: o`zimning o`zimga.
O`zlik olmoshi gapda turli gap bo`laklari vazifasida keladi.
O`zlik olmoshi takrorlanib juft xolda ham qo`llanishi mumkin: bu gaplar o`z-o`zidan bosilib ketadi. (A. K.).
O`zlik olmoshi ham (-yam) yordamchisini olib ma'lum darajada modallik ottenkasiga ega bo`ladi: Asl shaftoli! Arzon o`ziyam. (O.).
SO`ROQ OLMOShLARI. Predmet, belgi, son haqida so`roq bildiruvchi olmoshlari deyiladi: Kim? Nima? Kancha? kabilar. So`roq olmoshlari yordamida so`roq gaplar to`ziladi. So`roq olmoshlaridan kim? Shaxslar uchun, nima? Ne? Umuman predmetlar uchun qo`llaniladi. So`roq olmoshlari birlik va ko`plik formada ishlatiladi. Kim?, - kimlar?, nima?, - nimalar? Har bir so`roq olmoshi o`ziga xos xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi.
Kim? 1. Faqat shaxs haqida so`roqni bildiradi. Egalik, kelishiliklar bilan turlana oladi: Kimning? Kimda? Kimim? Kimingiz?
Ko`plik affiksini oladi. Bunda shaxslarni ajratib ko`rsatadi, yoki yolgiz shaxsga xurmatni bildiradi: Kimlar keldi? (qanday odamlar ma'nosida) bu kishi kimlar?
Aniqlovchi bo`lib kelmaydi va o`zidan oldin sifatlovchi - aniqlovchi olmaydi.
Kim olmoshiga - sa, qo`shilganda, so`roqlikdan chikadi, otga aylanadi. Kimsa bormikan anga kurganda kulgu kelmadi (A. N.).
Ayrim vaqtda juftlashib kelib shaxslarning kimligini aniqlash uchun qo`llanadi: Kim-kim keldi? Kim-kimlar so`zlar?
Kim olmoshi gapda ko`pincha ega, kesin, to`ldiruvchi bo`lib keladi: Kim keldi? Nima olmoshi predmet yoki voqealarga nisbatan so`roqni bildiradi: Sizning nima dardingiz bor? (A. K.)
Nima olmoshi takrorlanib kelishi mumkin: nima-nima olding? Nima olmoshi so`roq so`z - gap bo`lib keladi: Men ertaga ketaman.Nima?
Men ertaga ketaman deyapman.
Do'stlaringiz bilan baham: |