Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 4,68 Mb.
bet171/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

Otning xurmat formasi. Otning xurmat formasi –lar affiksi yordamida yasaladi: dadamlar, amakimlar kabi: Davdam akamlarni kuzatib uyga kirganlarida soat birga yaqinlashib qolgandi. Hozirgi o`zbek tilida –lar ko`plik ifodalovchi affiks sifatida son kategoriyasining birlik formasiga qarama-qarshi bo`lgan ko`plik formasini yasaydi. Xurmat ifodalovchi affiks sifatida esa funktsional forma hosil qiladi. Xurmat ifodalovchi affiks sifatida esa funktsional forma hosil qiladi. Mustaqil forma sifatida –lar affiksi yordamida yasaluvchi xurmat formasi ko`plik formasidan quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi: Bizga ma'lumki, ot turkumiga oid so`z nutqimizda doim son va kelishik formasida bo`ladi: Delegatlarni kutib oldik, gapida delegat so`zi ko`plik va tushum kelishigi formasida. Ammo egalik formasiga ega emas. Xurmat formasidagi ot esa hamma vaqt egalik formasida bo`ladi.
Kiyoslaymiz: kitoblar kitobning ko`pligi (xurmat ifodalanmagan), kitoblar – ko`plik yoki xurmat: a) o`quvchilarning kitoblari (ko`plik); b) akamning kitoblari (xurmat). Xurmat bildiruvchi –lar so`zga egalik affiksidan so`ng, ko`plik ko`rsatgichi –lar esa undan oldin qo`shiladi: ukamlar (xurmat), ukalarim (ko`plik). Faqat uchinchi shaxsda egalik affiksi xurmat bildiruchi -lar affiksidan so`ng qo`shiladi.
Qarashlilik formasi. Bu forma –niki affiksi bilan yasaladi. –niki affiksi qo`shilgan so`z bildirgan ma'no predmetning shaxs yoki narsaga karashliligini, unga tegishliligini bildiradi: Bu ilmiy ishlar studentlarniki. qaratqich kelishigi ko`rsatkichi –ning va –ki affikslarining birikishidan –niki affiksi hosil bo`ladi. Bu affiks hozirgi kunda qo`shma affikslik xususiyatini yo`qotib, sodda affksga aylanib kolgan: institutniki, bizlarniki va xokozolar. Bizga ma'lumki, otning egalik formasi ham qarashlilik, ya'ni predmetning uch shaxsdan biriga karatilganligini bildiradi. Ammo qarashlilik formasiga egalik formasidan ma'no jihatidan farq qiladi.
Egalik formasi uch shaxsdan birini va shaxsni, sonini ko`rsatadi. qarashlilik formasida esa bu xususiyat bo`lmaydi. Masalan: kitobim (1 shaxs birlik), institutniki (shaxs va shaxsning soni aniq emas).
Egalik formasi shu formadagi so`z bildirgan narsaning biror shaxs yoki predmetga karashliligini bildiradi. qarashlilik formasi esa boshqa biror narsaning –niki affiksli so`z bildirgan shaxs yoki predmetga xosligini bildiradi: Balki Yodgor shularnikiga ketgandir.
qarashlilik formasidagi so`z karashli bo`lgan narsani bildiruvchi so`z bilan kullansa, hamma vaqt kesim vazifasida bo`ladi. qarashlilik formasini yasovchi –niki affiksi so`zga ko`plik, egalik, shuningdek, xurmat formasidan keyin, kelishik formasidan oldin qo`shiladi.
O`rin belgisi formasi.
O`rin belgisi formasi –dagi affiksi yordamida yasaladi va narsa hodisaning urniga ko`ra belgisini bildiradi: kishlokdagi o`quvchilarimiz, osmondagi bulutlar kabi. Agar –dagi affiksi qo`shiladigan so`z vaqt ma'nosiga ega bo`lsa, bu forma narsaning paytga nisbatan urnini bildiradi: bahordagi, ko`zdagi kabi. Bu affiks o`rin kelishigi –da affiksi bilan –gi affiksining birikishidan hosil bo`lgan qo`shma affiksdir. –gi, (ki) affiksi o`rin yoki payt bildiruvchi so`zlarga qo`shilib, shu o`rin yoki paytga oid ma'nolarni ifodalaydi: nargi, ichki, tashqi, yozgi kabi.
Chegara formasi. Otning funktsional chegara formasi –gacha (-kacha) affiksi yordamida yasaladi: shahargacha, institutgacha kabi. U chimzor sohilida kechgacha qolib ketdi. –gacha affiksi jo`nalish ko`rsatgichi –ga va chegara ma'nosini bildiruvchi –chi affikslarining birikishidan hosil bo`ladi. –gacha affiksli forma ifodalaydigan chegara makondagi chegara; zamondagi chegara yoki konkret narsadagi chegara bo`lishi mumkin:
Makonda: O`sha kuni ancha ergacha hamma alla aytib bordi.
Zamonda: Alla o`shandan beri kuylanib, tillardan-tillarga utib bizgacha etib kelibdi.
Zamon va zamondagi boshqa narsalarda: Xatto ignagacha onasinikidan olib ketadi.
O`xshatish formasi.
O`xshatish formasi –dek (-day) affiksi yordamida yasaladi. U narsa yoki shaxsning o`zi birikkan so`z ifodalagan belgi, harakat kabilarga uxshashligini bildiradi: shamoldek uchdi, sherdek tashlandi kabi. O`xshatishni ifodalovchi –dek affiksi asosan otlarga, bundan tashqari olmosh, sifat va fe'lning sifatdosh, harakat nomi va -moqchi affiksi formalariga ham qo`shiladi: Darvoqe: bu erlarning kechalari hamisha sutdek oydin. Ushbu funktsional formani yasovchi –dek affiksi har qanday forma yasovchilardan keyin qo`shiladi. Sababi bu affiks so`z yasovchi affiks emas: ukalardek, ukalarimdek, unikidek kabi: Amakilarimdek ulkan bo`rini miltiklari ustiga qo`yib kelishyapdi. Biz ogzaki nutqimizda –dek affiksini ba'zan bir olmoshlarga qo`shib –nak, -dok singari ko`rinishlarda ishlatamiz. Bir yilda-ya, bunaqasini tog`da ham uchratmagandim, kabi.

Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish