Bosh kelishik.
Bosh kelishikdagi so`z kim?, nima?, qaer? Degan so`roqlarning biriga javob bo`ladi. Bosh kelishik formasi maxsus marfologik ko`rsatgichga ega emas. Shuning uchun ham u nol ko`rsatgichli forma hisoblanadi.
Bosh kelishik vositasiz va vositali kelishiklar funktsiyasida keladi. Bu vaqtda bunday kelishiklar ba'zan belgisiz qo`llanadi. Bu xol ko`proq qaratqich, tushum kelishigida kuzatiladi. qisman jo`nalish, o`rin, chiqish kelishiklarida kuzatiladi.
Bosh kelishikda kelgan otlar gapda quyidagi vazifada keladi:
Ega vazifasida: Kimsan akam koraygan o`zum boshlari guj bo`lib turgan tok oldiga kelib tuxtadi.
Kesim vazifasida. Bunda ikki holat bor:
A) o`zi kesim bo`lib keladi: kishi va jamiyatni shakllantirgan narsa-mehnat. Aytilgan so`z-otilgan o`q.
B) kesimning ot qismi bo`lib keladi. Qo`rqa pisa boshimni ko`tarsam, tepamda iljayib turgan Abduvali edi.
Izohlovchi vazifasida: Leytenant xotin hovli ichkarisiga (kirib) pildirab ketdi. Bosh kelishikdagi ot ko`makchi so`zlar bilan kelib, gapda hol, to`ldiruvchi vazifasida keladi: Abduvali bilan endi o`ynamayman. (U.X.) Zulfiya bilan sayohatga bordim.
Sifatlovchi vazifasida: Shu payt elektr qung`iroq asta jiringladi.
Nominativ gap vazifasida: Bu vaqtda bosh kelishikdagi ot aniqlovchilari bilan kengayib kelishi ham mumkin: ko`m-ko`k dala.
Undalma vazifasida: Olimjon aka, siz xalq uchun juda ko`p xizmat qildingiz.
Qaratqich kelishigi. Qaratqich kelishigi biror predmetning shu kelishikdagi otdan anglashilgan predmetga qarashliligini ifodalaydi.
Qaratqich kelishigi –ning affiksi orqali shakllanadi: Dilfuzaning kitobi, daraxtning bargi.
Qaratqich kelishigi affiks jonli nutqda, shevalarda –ing formasidagi varianti ham mavjud. Bu 1 va 11 shaxs kishilik olmoshlarining birlik formasiga qo`shiladi: menQing-maning, senQing-sening.
Qaratqich kelishigi ikki ko`rinishda – belgili va belgisiz qo`llanadi. Belgili qaratqich kelishigi –ning affiksi bilan shakllanib, real qarashlilikni ifodalaydi: Gulchehraning butun vjudi muz bo`lib ketdi. (U.Umarov). Bunda predmetni konkret bir shaxsga qarashliligi anglashildi.
Qaratqich kelishigi affiks tushib qolsa, qaratqich kelishigi belgisiz bo`ladi. Cho`l qushlari beozorgina chug`urlashadi.
Qaratqich kelishigining belgili-belgisiz qo`llanilishi o`z qonun-qoidalariga ega.
Qaratqich kelishigi quyidagi xollarda albatta belgili qo`llanadi:
Qaratqich kelishigidagi so`z shaxs otlari bo`lganda: Dilfuza opamning shifokori bemehr bo`lsa kerak. (X.G.)
Butunning qismi anglashilganda: Ko`p o`tmay bedazorning har chekkasida bedanalar sayray boshladi. (O`.Umarbekov).
Qaratqich kelishigshidagi so`z bilan qaralmish o`rtasida boshqa so`zlar qo`llanganda: Cho`lning daydi shamollari o`t-o`lanlarni silkib yugurar. (S.axmad.).
Qaratqich kelishigi quyidagi xollarda belgisiz bo`ladi:
Qaratqich kelishigida ot abstrakt otlardan bo`lganda: Yaxshi haqiqat yo`lini tutudi.
Qaralmish payt ma'nosini ifoda qiluvchi so`zlardan bo`lganda: go`yoira-shira yorishib kelayotgan cho`l tongida bu alangga juda g`alati bo`lib ko`rinadi. (S.Axmad.).
Qaratqich kelishigidagi so`zlar bir-biriga tobe xolda birin-ketin kelganda, eng so`nggisidan oldingilari belgisiz bo`ladi: Toshkent Davlat universiteti filologiya fakulteti 111 kursning studentlari musobaqada g`olib chiqdilar.
Qaratqich kelishigida kelgan so`z oy, kun, payt, fasl nomlarini ifoda qiluvchi so`zlardan bo`lganda: Kechkurungi bahor havosi kishiga orom bag`ishlar edi. (O).
Qaratqich tur ma'nosini ifoda qilganda: Chul qovunlari pishay-pishay deb turibdi. (S.Axmad).
Qaratqich kelishigidagi so`z ot ko`makchilari bilan ham munosabatga kirishadi. Bunda qaratqich kelishigidagi so`z belgili yoki belgisiz holatda bo`lib, ko`makchi so`z bilan analitik forma hosil qiladi va gapda bitta sintaktik vazifa bajaradi: Bugubor osmonda burgut yangi uchishga urgangan bolasining goh oldiga, goh orkasiga utib uchardi. (S.A.).
Tushum kelishigi. Tushum kelishigidagi ot gapdagi ish-harakatning o`ziga qabul qilgan predmetni anglatadi. Bu so`z gapda hamma vaqt fe'l bilan birikadi. Tushum kelishigi formasi –ni affiks orqali yasaladi: daftarni, Nargizani. Tushum kelishigidagi ot vositasiz bo`lib keladi: Brigada qizlari Karimni kayta kuzatib qo`ydilar.
Tushum kelishigi formasi belgili va belgisiz qo`llanishi mumkin. Kelishik affiksi –ni saqlansa, belgili, -ni affiksi tushirilib qoldirilsa belgisiz hisoblanadi. quyidagi xollarda belgili qo`llaniladi.
Tushum kelishigidagi so`z atoqli otlardan bo`lganda: Oqsoqolning qo`lidan Muzaffarni olarkan, yarq etib menga qaradi. (U.Xoshimov.).
Ko`rsatish olmoshi, sifat va sifatdosh bilan ifodalangan aniqlovchiga ega bo`lganda: Egilgan boshni qilich kesmas. (maqol.).
Tushum kelishigidagi so`z otlashgan so`z bo`lganda: Yaxshini maqtagan yaxshidir, yomonni maqtagan adashur. (Maqol.).
Tushum kelishigidagi so`z harakat nomi bo`lganda: Yaxshisi, bu uchrashuvni tezlashtirish kerak.
Kesim o`z leksik-simantik xususiyatiga ko`ra tushum kelishigining belgili formasini talab qilganda: Sel na odamni ayadi, na dov-daraxtni! (U.Umarbekov.).
Tushum kelishigidagi so`z asosan bir turdagi predmetni ifoda qilib, uni ta'kidlash lozim topilmaganda belgisiz qo`llanadi: Albatta, millionlab odamning hammasiga qasr qurib bo`lmaydi. (U.Xoshimov.).
Ko`rinadiki, tushum kelishigidagi so`zning belgili yoki belgisiz kelishida tushum kelishigi formasiga kirayotgan so`zning atoqli yoki turdosh bo`lishi, egalik affiksini olish-olmasligi, sifatlovchi yoki sifatlovchisiz qo`llanilishi boshqaruvchi bo`lak bilan distant yoki kontakt holatda bo`lishi, boshqaruvchini talab qilishi yoki kelmasligi kabi hodisalar asosiy faktorlar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |