Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 4,68 Mb.
bet165/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

Nazorat savollari
1. Ot va uning tarifini ayting
2.Otning ma'nosiga ko`ra tasnif mezonlarini ajratib va aytib bera oladi.
3. Otlarning atoqli va turdosh otga bo`linishini tushuntiring .
4. Otning birlik va ko`plik son shakllarining ta'rifini ayting.
5. Otlarning shaxs (kishi) va narsa otlariga bo`linishini tushuntiring.
6. Otlarning sanaladigan va sanalmaydigan turlari haqida tushuncha bering.


2- reja bayoni
Predmetning uch shaxsdan biriga tegishli ekanligini anglatuvchi umumiy ma'nolar va ularni ifodalovchi qo`shimchalar paradigmasi egalik kategoriyasidir.
Ma'lumki, predmetning uch shaxsdan biriga qarashliligi ma'nosini muayyan shakllar, ya'ni qo`shimchalar yuzaga chiqaradi: xuddi ana shu qo`shimchalar egalik qo`shimchalari deb yuritiladi va ularning umumlashgan ma'nolari yig`indisini ifodalovchi qo`shimchalar tizimi - egalik qo`shimchalari paradigmasi ayni paytda egalik kategoriyasi deb ataladi.
Egalik qo`shimchalari tilimizda ikki ma'nolidir: ya'ni ham shaxs, ham son ma'nosini ifoda etadi. Masalan: maktabim-birlik, 1 shaxs; maktabimiz-ko`plik, 1 shaxs.
Egalik kategoriyasining asosiy qo`shimchalari quyidagicha:

Shaxs

Birlik

Ko`plik


1

- m

- miz

11

- ing

- ingiz

111

- i

- i

Egalik qo`shimchalarining I va II shaxs qo`shimchalari unli bilan tugagan so`zlarga, III shaxs ko`rsatgichi undosh bilan tugagan so`zlarga qo`shilganda fonetik variant hosil qilmaydi: ona Q m, tog`a Q ng, jiyan Q i kabi. Boshqa holatlarda esa fonetik variantlarga ega bo`ladi: ya'ni I va II shaxsda undosh bilan tugugan so`zlarga egalik qo`shimchalari qo`shilganda «I» tovushi, unli bilan tugagan so`zlarga III shaxs egalik qo`shimchalari qo`shilganda «S» tovushi orttiriladi: uyQiQm, uy-i-miz, uka-s-i, aka-s-i kabi. Bunda «i» va «s» tovushlari fonetik talabga ko`ra orttirilgan bo`lib, ular tutashtiruvchilik vazifasini bajaradi.
Demak, egalik ko`rsatgichlarining adabiy nutqdagi fonetik variantlanishi bunda affiks qo`shiladigan negizning unli yoki undosh tovush bilan tugashiga bog`liq xolda yuzaga keladi. Bunda tutashtiruvchi tovush vazifasini undoshlar orasida «I» unlisi, unlilar orasida esa «S» undoshi bajaradi. Demak, bu ikki tovush egalik ko`rsatgichlarining fonematik tarkibiga kirmaydi.
Egalik qo`shimchalarining qo`shilishidan tug`ilgan yana bir qator fonetik hodisalar ham mavjud:
Ikkinchi bo`g`inda I va U tor unlisi qatnashadigan ikki bo`g`inli so`zlarga egalik qo`shimchasi qo`shilsa, ikkinchi bo`g`indagi tor unli reduktsiyaga uchraydi(tushib qoladi): ogg`z-og`zim, og`zing, og`zi; burun- burnim, burning, burni kabi.
Egalik qo`shimchasi qo`shilishi ta'sirida so`z ohiridagi Q,K jarangsiz undosh tovushlar jaranglashadi: o`rtoq-o`rtog`im, istak-istagim, maslak-maslagimiz kabi.
I va II shaxs egalik qo`shimchalarining semantik jihatdan ham o`ziga xos xususiyatlari bor: I va II shaxsning birligi monosemantik xarakterli: ukam, ukang kabi. Ularning adabiy tildaigi ko`plik formasi polisemantik xarakterga ega: uyimiz-bizning uyimiz; uyimiz-mening uyim; uyingiz-sizning uyingiz; uyingiz-sening uying kabi. Bu misollardan birinchisi ko`plik ma'noli, ikkinchisi modal ma'noli ko`rinishdir.
Egalik qo`shimchalarining joylashishida ham ma'lum tartib bor: avvalo, egalik qo`shimchalarining tartibi haqida gapiradigan bo`lsak, odatda, shaxs ko`rsatgich, -ngQiz kabi.
Hozirgi o`zbek adabiy tilida egalik qo`shimchalarining morfologik variantlari deyarli yo`q. Egalik qo`shimchalari ichida II shaxsning ko`plik formasigina variantlarga ega: kitobingiz-kitoblaring.

Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish