Oʻzlashtirishni mustaxkamlash
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) maxsus formatli tuzilmaga ega fayllar bilan ishlaydigan maxsus dasturiy vositadir. Zamonaviy MBBT turli ma’lumotlar (raqamli, matnli, grafik, tovushli, video va boshqa) ni fayl holatida saqlash imkoniyatiga ega. Axborotlar ma’lumotlar bazasida jadval koʻrinishida saqlanadi.
Har bir jadval tuzilmaga ega boʻlib, uning tuzilmasi maydonlar tarkibi va xususiyatlari bilan aniqlanadi. Maydonlarning asosiy xususiyatlari maydon turi va oʻlchami bilan belgilanadi.
Jadvallarda saqlanayotgan ma’lumotlarni oʻzgartirish, olib tashlash, saralash, filtrdan oʻtkazish, koʻpaytirish va ular ustida boshqa turdagi operasiyalar oʻtkazish mumkin. Operasiyalarni avtomatlashtirish uchun esa maxsus ob’ekt sanalmish «soʻrov» ni qoʻllash mumkin.
MS Accessda «soʻrov» maxsus «namunaviy soʻrov blankasi» orqali amalga oshiriladi. «Soʻrov» asosida vaqtincha natijaviy jadval tuziladi va bu jadvalga binoan yangi jadval tuzish yoki mavjud jadvalni oʻzgartirish mumkin boʻladi.
Jadvalga ma’lumotlarni kiritish yoki uni koʻrish uchun maxsus obyekt sanalmish «Форма» xizmat qiladi. Forma ekran obyekti deyiladi. Forma tuzilmasi qism va boshqarish elementlaridan tashkil topadi. Forma tashkil qilish avtomatik ravishda, yarim avtomatik holda (Master yordamida) va qoʻlda (конструктор tartibida) bajariladi.
Hujjatni chop etish jarayonida qogʻozdagi hujjat-hisobot paydo boʻladi. Hisobot ham xuddi Forma kabi qism va boshqarish elementlaridan tashkil topadi. Hisobotni ham avtomatik tarzda, yarim avtomatik (Master yordamida) va qoʻlda (конструктор tartibida) joriy qilish mumkin. Jadval, soʻrov, forma va hisobot–ma’lumotlar bazasining asosiy obyektlari sanaladi. Ularni ma’lumotlar bazasini tuzuvchi tashkil qiladi. Foydalanuvchi esa ushbu obyektlarni tuzilmasiga xalal bermagan holda ish yuritishi lozim. Ma’lumotlar omborini tashkil qiluvchi yana ikkita qoʻshimcha obyekt Макрос va модул ham ishlab chiqqan. Bu obyektlar ma’lumotlar bazasini boshqarishda standart vositalar yetishmasa asqotadi. “Макрос”lar orqali makrobuyruqlar tashkil qilinadi. “Модул”lar orqali Visual Basic programmalash muhitida programma proseduralari tashkil qilinib, ular nostandart operasiyalarni bajarishda ishtirok etadi.
Ixtiyoriy ma‘lumotlar bazasining tayyorlangan jadvallari, soʻrovlari va shakllari asosida avtomatlashtirilgan hisobotlarni yaratish mumkin. Hisobotlar MBda kiritilgan ma‘lumotlarni chop etilgan formatda akslantiradi. Foydalanuvchi baza ma‘lumotlarini oʻzi xohlagan koʻrinishda chop etishga tayyorlashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |