Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Safar xizmati xarajatlarining hisobi



Download 2,01 Mb.
bet241/724
Sana06.02.2022
Hajmi2,01 Mb.
#432594
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   724
Bog'liq
BUXGALTERIYA HISOBI

Safar xizmati xarajatlarining hisobi. O’zbekiston Respublikasi hududida safar xizmatiga borish yo’riqnoma asosida amalga oshiriladi. Ushbu Yo’riqnoma O’zR Mehnat kodeksi va O’zR Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 1 fevraldagi 34-f-sonli va 1993 yil 16 avgustdagi 287-f-sonli farmoyishlariga asosan ishlab chiqilgan va mulk shaklidan qat’i nazar O’zR hududida joylashgan barcha tashkilotlarga taalluqlidir.
Xizmat safari deb xodimning tashkilot, muassasa, birlashma, korxona rahbarining farmoyishlari bo’yicha, o’zining doimiy ish joyidan tashqarida xizmat topshirig’ini bajarish uchun boshqa joyga, ma’lum bir muddatga yuborilishi (borib kelishi) tushuniladi.
Tashkilotning tarkibiga kiruvchi filiallar (shoxobchalar), uchastkalar va boshqa bo’linmalar boshqa erda joylashgan hollarda doimiy ish joyi bo’lib mehnat shartnomasida belgilangan ishlab chiqarish bo’linmasi hisoblanadi.
Doimiy ishi yo’lda yoki ko’chib yurish bilan bog’liq bo’lgan, yoxud doimiy harakatlanuvchi tusga ega bo’lgan xodimlarning xizmat yuzasidan borib kelishlari xizmat safari hisoblanmaydi.
Xodimlarni xizmat safarlariga yuborish ushbu tashkilotlarning boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi, buyruq va muvofiq shakldagi xizmat safari guvohnomasini berish bilan rasmiylashtiriladi.
Xodimlarni yuqori tashkilotlarga (bo’ysunish tartibida) xizmat safarlariga yuborish ushbu tashkilotlar rahbarlarining chaqirig’iga yoki ular bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Xodimlarning xizmat safari muddati tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi va har bir holat uchun yo’ldagi vaqtni hisobga olmagan holda 40 kundan ko’p bo’lmasligi kerak.
Ushbu tartib shuningdek xodimlarni taftish va tekshirishlarni o’tkazish uchun xizmat safariga yuborishga ham taalluqlidir.
Montaj, sozlash va qurilish ishlarini bajarish uchun yuboriladigan xodimlar, rahbarlar va mutaxassislarning xizmat safarlari muddati 12 oydan ko’p bo’lishi mumkin emas.
Xizmat safari muddatini uzaytirish istisno tariqasida faqat xizmat safariga yuborgan tashkilot rahbarining yozma ruxsatnomasiga asosan ruxsat beriladi.
Xizmat safariga yuborilgan joyda haqiqatda o’tkazilgan vaqt xizmat safari joyiga kelgan va xizmat safari joyidan ketgan kunlarni xizmat safari guvohnomasiga belgi qo’yish orqali aniqlanadi.
Tashkilotlarda xizmat safarlariga ketayotgan shaxslarni va ushbu tashkilotga xizmat safariga kelayotgan shaxslarni ro’yxatga olish muayyan shakllardagi maxsus jurnallarda yuritiladi. Tashkilotni rahbari xizmat safarlariga yuborilayotgan, xizmat safariga ketayotgan shaxslarni ro’yxatga olish jurnalini yuritish va xizmat safarlari guvohnomasiga belgi qo’yish uchun javobgar bo’lgan shaxsni buyruq chiqarish yo’li bilan tasdiqlaydi.
Bunda maxsus jurnallar elektron ko’rinishda yuritilishi mumkin.
Xizmat safariga chiqish kuni bo’lib transport vositasida 24 soat ichidagi vaqt, 00 dan va undan kechroq vaqt – keyingi sutka hisoblanadi, kelish kuni esa – transport vositasida doimiy ish joyiga kelish kuni hisoblanadi.
Agar stantsiya, sohil (pristan), aeroport aholi yashaydigan hududdan tashqarida joylashgan bo’lsa, stantsiya, sohil (pristan), aeroportgacha etib olish uchun ketadigan vaqtni hisobga olish kerak bo’ladi. Xuddi shunday tarzda xodimning doimiy ish joyiga etib keladigan kuni hisoblanadi.
Xizmat safarida bo’lgan xodimlarga ular yuborilgan korxonalardagi ish vaqti rejimi va dam olish vaqtlari taalluqli bo’ladi. Xizmat safari vaqtida foydalanilmagan dam olish kunlari, boshqa dam olish kunlari xizmat safaridan qaytganda tiklanmaydi.
Agar xodim ataydan dam olish yoki bayram kunlarida ishlash uchun xizmat safariga yuborilgan bo’lsa, ushbu kunlarda ishlagani uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq kompensatsiya to’lanadi.
Agar xodim ma’muriyatning farmoyishiga binoan xizmat majburiyatini bajarish uchun dam olish kunida xizmat safariga ketsa, unga xizmat safaridan qaytgach belgilangan tartibda boshqa dam olish kuni beriladi.
Xizmat safariga ketish va xizmat safaridan qaytish kunlarida ishga chiqish masalasi ma’muriyat bilan kelishilgan holda hal qilinadi.
Xizmat safariga yuborilgan xodimning xizmat safarida bo’lgan muddatida va yo’lda bo’lgan muddatda ish joyi (lavozimi), ishbaylar uchun o’rtacha ish haqi yoki lavozim maoshi yoki xodimlarni boshqa toifalari uchun stavkalari saqlanib qoladi.
Xizmat safariga yuborilgan xodimning ish haqi uning iltimosiga ko’ra u yuborilgan korxonaning hisobvarag’iga jo’natiladi.
O’rindoshlik asosida ishlayotgan shaxs xizmat safariga yuborilganda uning o’rtacha ish haqi uni xizmat safariga yuborgan tashkilotda saqlanadi. Agar xizmat safariga bir vaqtning o’zida ham asosiy ham o’rindoshlik asosidagi ishi bo’yicha xizmat safariga yuborilganda, ish haqi har ikkala lavozim bo’yicha saqlanadi, xizmat safariga haq to’lash bo’yicha xarajatlar esa xizmat safariga yuboruvchi tashkilotlarni o’zaro kelishuviga binoan taqsimlanadi.
Tashqi o’rindoshlik asosida ishlayotgan shaxs xizmat safariga yuborilganda uning o’rtacha ish haqi uni xizmat safariga yuborgan tashkilotda saqlanadi, ichki o’rindoshlik asosida ishlayotgan shaxs xizmat safariga yuborilganda esa o’rtacha ish haqi asosiy va o’rindoshlik asosidagi lavozim bo’yicha saqlanadi.
Xodimning xizmat safari davrida tarif stavkalari, lavozim maoshlari miqdorlari oshgan hollarda, tashkilotning ish kunlari mehnatga haq to’lashning yangi shartlarida haqiqatda ishlagan kunlariga to’g’ri keladigan soni uchun mehnatga haq to’lovlari qayta hisoblanadi.
Xizmat safariga yuborilgan xodimga turar joy ijarasi, xizmat safari joyiga borish va ish joyiga qaytish xarajatlari qoplanadi, shuningdek kundalik xarajatlar to’lanadi.
Xizmat safari bilan bog’liq bo’lgan qo’shimcha xarajatlar (telefonda gaplashish, telegraf xarajatlari va boshqalar) xizmat safariga yuborilgan shaxsga tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lgan taqdirda to’lanadi.
Xizmat safariga yuborilgan joyga borish va doimiy ish joyiga qaytish bilan bog’liq bo’lgan yo’l xarajatlari xizmat safariga yuborilgan shaxsga quyidagi miqdorlarda qoplanadi:
- umumiy foydalaniladigan transportni barcha turlarida yurish (taksidan tashqari) qiymati;
- transportda yo’lovchilarni majburiy davlat sug’urtalash bo’yicha to’lovlar;
- yo’lda yurish hujjatlarini oldindan sotish, samolyot va poezdlarda joylarni bronlash xizmatlari bo’yicha to’lovlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lgan taqdirda;
- umumiy foydalaniladigan transport bilan (taksidan tashqari) stantsiyagacha, sohilgacha (pristangacha), aeroportgacha etib olish xarajatlari, agar ular aholi yashaydigan hududdan tashqarida joylashgan bo’lsa. Istisno tariqasida (kechki poezd, umumiy foydalaniladigan transport yo’q bo’lgan taqdirda) tashkilot rahbariga taksida yurganlik uchun haq to’lash huquqi beriladi.
Yo’lda ko’rpa-to’shak buyumlaridan foydalanganlik uchun xarajatlar tasdiqlovchi hujjatlarsiz haq to’lashga qabul qilinadi.
Yo’l hujjatlari mavjud bo’lmaganda, byudjet tashkilotlari xodimlari uchun xizmat safari yo’lkirasiga haq to’lash har bir kilometrga bazaviy hisoblash miqdorining 0,08 foizi miqdorida amalga oshiriladi.
Yo’l hujjatlari mavjud bo’lmaganda, boshqa tashkilotlar xodimlari uchun jamoa kelishuvi (shartnomalari), mehnat shartnomasida ko’zda tutilgan, biroq har bir kilometrga bazaviy hisoblash miqdorining 0,08 foizidan kam bo’lmagan miqdorlarda to’lanadi.
Kilometrlar miqdori 500 metr va undan ortiq bo’lgan holatlarda, ko’p tomonga yaxlitlanadi. Kilometrlar miqdori 500 metrdan kam bo’lgan holatlarda, kam tomonga yaxlitlanadi.
Xizmat safarida va yo’lda bo’lgan vaqt uchun kundalik xarajatlar xizmat safariga yuborilgan ishlarga jamoa shartnomalari, jamoa kelishuvlari va mehnat shartnomalarida ko’zda tutilgan miqdorlarda, lekin quyidagi miqdorlardan kam bo’lmagan holda belgilanadi (respublika bo’yicha o’rnatilgan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsientlarda):
Toshkent shahrida, shaharlar — viloyatlar markazlarida — 0,1;
boshqa shaharlar va aholi yashaydigan punktlarda — 0,08.
Ushbu ko’rsatilgan xarajatlarni qoplash haqiqatda qilingan xarajatlarni hujjatlar bilan tasdiqlashsiz amalga oshiriladi.
Xizmat safari joyidagi turar joyni ijaraga olish bo’yicha xarajatlar xizmat safariga yuborilgan xodimni kelish va ketish kunlari bo’yicha haqiqatdagi xarajatlar, shuningdek tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lgan taqdirda mehmonxonalarda ko’rsatiladigan qo’shimcha xizmatlar (joylarni bronlash, dazmoldan foydalanish, saqlash kamerasidan, televizor, muzlatgich, idish-tovoq, aloqa xizmatidan foydalanish)ga haq to’lash xarajatlari qoplanadi.
Mehmonxonalarni lyuks-nomerlarida yashaganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda turar joyni olish bo’yicha haq to’lash ushbu turar joy qiymatining 70 foizigacha miqdori byudjet mablag’lari hisobidan, qolgan qismi esa byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi.
Turar joyni ijaraga olganlik bo’yicha xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lmagan hollarda, har bir sutka uchun belgilangan bazaviy hisoblash miqdorini 20 foizi miqdorida qoplanadi.
Xizmat safariga yuborilgan xodimga shuningdek istisno tariqasida, tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lganda, tashkilot rahbarining ruxsati bilan havo, temir yo’l, suv va umumiy foydalanishdagi avtomobil transportida bagajni olib o’tish bilan bog’liq xarajatlar qoplanadi.
Xizmat safariga yuborilgan xodim o’zining doimiy ish joyiga har kuni qaytish imkoniyatiga ega bo’lsa, u holda kundalik xarajatlar to’lanmaydi. Xodimni xizmat safariga yuborilgan joydan o’zining doimiy ravishda yashaydigan joyiga har kuni qaytishi mumkinligi masalasi xizmat safariga yuborgan tashkilotning rahbari tomonidan masofaning uzoqligi, transport aloqasi sharoiti, bajariladigan topshiriqning tusi, xodim uchun dam olish sharoitlarini yaratish kabilarni hisobga olgan holda ruxsat beriladi.
Xizmat safari davrida xizmat safariga yuborilgan xodim vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo’qotgan hollarda, unga umumiy asoslarda turar joy xonasi ijarasi bo’yicha xarajatlar qoplanadi (xizmat safariga yuborilgan xodim statsionar davolanishda bo’lgan hollar bundan mustasno) va unga sog’lig’i holatiga ko’ra zimmasiga yuklatilgan xizmat topshirig’ini bajarish imkoniyatiga ega bo’lmagan barcha davr mobaynida yoki o’zining doimiy yashash joyiga qaytgunicha, lekin ikki oydan ko’p bo’lmagan muddatga kundalik xarajatlar to’lanadi.
Xizmat safariga yuborilgan xodimning vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo’qotishi, shuningdek sog’lig’i holati bo’yicha o’zining doimiy yashash joyiga qaytish imkoniyatini yo’qligi belgilangan tartibda tasdiqlangan bo’lishi kerak.
Vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo’qotgan davr uchun xizmat safariga yuborilgan xodimga umumiy asoslarda vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi to’lanadi. Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik kunlari xizmat safari muddatiga qo’shilmaydi.
Xizmat safariga yuboriladigan xodimga xizmat safariga ketishdan oldin muayyan miqdorlarda kundalik, yo’l xarajatlari, turar joyni ijaraga olish xarajatlari chegarasida pul ko’rinishidagi bo’nak to’lanadi. Xodim xizmat safaridan qaytgan kundan e’tiboran uch ish kuni mobaynida bo’nak hisobotini taqdim qilishi shart. Ushbu hisobotga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan xizmat safari guvohnomasi va xizmat safarida haqiqatda qilingan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Montaj, sozlash va qurilish ishlarni bajarish uchun xizmat safariga yuborilgan xodimlar, rahbarlar va mutaxassislarga ko’zda tutilgan me’yorlar bo’yicha ikki oy mobaynida kundalik xarajatlar to’lanadi. Ikki oydan ortiq muddatda xizmat safarida bo’lgan vaqt uchun kundalik xarajatlar o’rniga ish haqi yoki lavozim maoshiga tarif stavkasini 50% miqdorida, lekin sutka uchun mazkur me’yordan yuqori bo’lmagan ustama belgilanadi.
Quyidagi xodimlar montaj, sozlash va qurilish ishlarini amalga oshirish uchun xizmat safariga yuborilgan hollarda ularga kundalik xarajatlar o’rniga tarif stavkasini yoki lavozim maoshini yuqorida ko’rsatilgan miqdorlarda ustamalar to’lanmaydi:
- montaj, sozlash va qurilish ishlari amalga oshiriladigan joyda ishga olingan;
- amaldagi qonunchilikda ko’zda tutilgan shartlar asosida boshqa joyga o’tkazish tartibida yuborilgan;
- mehnat ta’tilida bo’lgan vaqtda, shuningdek sababsiz holda ishga chiqmagan kunlarda;
- ular tomonidan montaj, sozlash va qurilish ishlari amalga oshiriladigan joydan tashqarida davlat yoki jamoat ishlarini bajarish vaqtida;
- montaj, sozlash va qurilish ishlarini bajarilishi nazoratini amalga oshirish uchun xizmat safariga yuborilgan.
Kundalik xarajatlar o’rniga tarif stavkasi yoki lavozim maoshidan foiz miqdorida ish haqiga ustama to’lash xodimni montaj, sozlash va qurilish ishlarida ishtirok etgan har bir kalendar kun uchun amalga oshiriladi.
To’liq bo’lmagan oy uchun ko’rsatilgan ustamani hisoblashdan avval ustama to’liq oy uchun belgilanadi, so’ngra ushbu summa mazkur oydagi kalendar kunlar soniga bo’linadi va xodimni montaj, sozlash va qurilish ishlarida bo’lgan kunlari soniga ko’paytiriladi.
Montaj, sozlash va qurilish ishlarini bajarish uchun xizmat safariga yuborilgan xodimlar, rahbarlar va mutaxassislar bepul turarjoy bilan ta’minlanishi mumkin. Bepul turar joy berilmagan hollarda, turar joyni ijaraga olish bilan bog’liq xarajatlar ko’zda tutilgan me’yorlar bo’yicha qoplanadi.
Agar kasal bo’lib qolgan xodim montaj, sozlash va qurilish ishlari olib borilayotgan joydan tashqarida yashasa, u holda ish haqi lavozim maoshi yoki tarif stavkasiga foiz miqdoridagi ustama to’lanmaydi.
Vazirliklar, idoralar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar xizmat safarlari to’g’risidagi amaldagi qonunchilikka qat’iy amal qilishlari kerak va ushbu maqsadlarda sarflanadigan mablag’larni tejash rejimiga rioya etilishini ta’minlashlari lozim.
“Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida”gi nizomga muvofiq, xo’jalik sub’ekti rahbarini qaroriga binoan ishlab chiqarish va boshqaruv xodimlari uchun ko’zda tutilgan normadan ortiqcha xizmat safarlari xarajatlari foyda solig’i bo’yicha soliq solinadigan bazaga va jismoniy shaxsni soliq solinadigan daromadiga qo’shiladi.
Xizmat safarlariga mablag’larni sarflash ustidan nazorat moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   724




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish