7.8. Xodimlarga mehnat va ish haqi to’lashlar va boshqa operatsiyalar bo’yicha hisob-kitoblar hisobga olishning soliqqa oid jihatlari
Jismoniy shaxslar foydasiga hisoblangan ish haqidan korxonalar jismoniy shaxslar daromadidan 12% stavka bo’yicha soliq ushlaydilar va soliq organlariga to’laydilar. Hamda hisoblangan mehnat haqi summasidan korxona o’z hisobidah Pension jamg’armasiga 12% ajratma qiladilar. Biroq, ushbu bo’limda jismoniy shaxslar foydasiga amalga oshiriladigan alohida to’lovlarni soliqqa tortishning faqat ayrim jihatlarini ko’rib chiqiladi.
Foydani soliqqa tortish maqsadlari uchun ish sarflari bo’yicha xarajatlar mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va (yoki) sotish bilan bog’liq boshqa xarajatlarning bir qismi sifatida hisobga olinadi.
Soliqni hisobga olish maqsadlari uchun muayyan joyga borish va qaytish uchun xizmat safari xarajatlari xodimga to’liq qoplanadi. Xodimga xizmat safari joyiga va orqaga qaytish uchun to’lanadigan, hujjatlashtirilmagan xarajatlar foydani soliqqa tortish maqsadlari uchun hisobga olinmaydi.
Soliq hisobi maqsadlarida hujjatlar bilan tasdiqlangan turar-joy binolarini ijaraga olish xarajatlari haqiqatda qilingan xarajatlar miqdorida qabul qilinadi.
Xizmat safari yo’l kira xarajatlari borib kelish uchun, hamda turar joy ijarasi bo’yicha to’langan QQS summasi muayyan sharoitlarda byudjet bilan hisob-kitoblarda chegirib tashlanadi. Korxona vaqti-vaqti bilan hisobdor summalarning inventarizatsiyasini o’tkazib turishi kerak, va berilgan bo’naklar bo’yicha hisobotlarni maqsadli ishlatilishini hisobga olgan holda tekshirilishi kerak.
Korxonalar xodimlarning turar-joy binolarini sotib olish va (yoki) qurish uchun kreditlar (kreditlar) bo’yicha foizlarni to’lash xarajatlarini mehnatga haq to’lash xarajatlarining bir qismi sifatida hisobga olishlari mumkin.
Mehnat kodeksining 173-moddasiga muvofiq ish beruvchining roziligi bilan va uning manfaatlari yo’lida xodim o’ziga tegishli mol-mulkdan foydalanganda transport vositalarining amortizatsiyasi va ulardan foydalanganlik uchun qilingan xarajatlar, shuningdek asboblarning, texnik vositalarning yoki o’zga mol-mulkning amortizatsiyasi ish beruvchi hisobidan to’lanishi lozim. Ana shu xarajatlarni to’lashning miqdori va tartibi jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo’lsa, xodim bilan ish beruvchi o’rtasidagi kelishuvga binoan belgilab qo’yiladi.
4700 “Xodimlarning boshqa operatsiyalar bo’yicha qarzini hisobga oluvchi hisobvaraqlar” hisobvarag’ida tashkilotning xodimlarga turli kompensatsiyalar to’lash bo’yicha xarajatlarining alohida hisobi yuritilishi mumkin. Masalan, shaxsiy avtomashinalarni korxona manfaatlari uchun foydalanishda xarajatni kompensatsiya qilish uchun maxsus hisobraqam ochish mumkin 4791 “Shaxsiy engil avtomashinalarni korxona manfaatlari uchun foydalanish”.
Foyda solig’i maqsadlari uchun bu xarajatlar tashkilotning boshqa operatsion xarajatlar tarkibida, O’zR hukumati tomonidan belgilangan me’yorlarda, hisobga olinadi.
Kompensatsiya miqdorini aniqlash uchun shaxsiy avtomobillarni tashkilot manfaatlariga foydalanish uchun kompensatsiya to’lovlari Tartibi to’g’risidagi O’zR VM qarori 1999 yil 2 aprelda № 154 3-sonli ilovasi bo’yicha inobatga olish kerak. Ushbu Tartibda to’lov me’yori chegarasi belgilab qo’yilgan.
2010 yilda avtomobil markasiga qarab ish haqini bir necha minimal miqdoridan kelib chiqib, kompensatsiya summasi belgilangan edi. Kompensatsiya miqdori quyidagicha edi:
GAZ-24, 31 - 6 IHMR;
VAZ, Neksiya, Moskvich - 5 IHMR;
Tiko - 3 IHMR;
Boshqa rusumdagi xorijiy avtomashinalar - 4 IHMR.
Bu erda ko’rsatilmagan avtomashina markalariga, bir oyga bo’ladigan yoqilg’i-moylash materiallari, texnik xizmat ko’rsatish, amortizatsiya summasi xarajatlarini hisobga olgan holda, korxona kompensatsiya summasini xodimning roziligi bilan mustaqil ravishda o’zi belgilar edi.
2011 yildan boshlab 2010 yil 24 dekabrda № PF-1449 Prezident qarori bilan (№ 32 ilova) avtomobil dvigateli quvvati bo’yicha (avtomashina markasidan bog’liq bo’lmagan holda) kompensatsiya to’lovlari chegarasi belgilab berildi:
100 ot kuchidan yuqori bo’lgan – bir oyda mehnatga haq to’lash eng kam miqdorining 4,5 barobari;
70 dan 100 ot kuchigacha – 3,5 barobar;
70 ot kuchigacha – 2,0 barobar.
Dvigatel quvvati avtomobilning texnik ma’lumotlari asosida aniqlanadi, bu ma’lumot zavod-ishlab chiqaruvchining texnik pasportida ko’rsatiladi. Xodim – shaxsiy avtomobiliga kompensatsiya olish uchun buxgalteriyaga texnik pasportini nusxasini berishi shart. Masalan, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan avtomashinalar quyidagi dvigatel quvvatiga ega (ot kuchi hisobida):
Matiz
|
Epica
|
Spark
|
Nexia
|
M, MX
|
BEST
|
LS
|
LT
|
L, LS
|
LT
|
SOHC 1.5
|
DOHC 1.6
|
49
|
62
|
143
|
156
|
68
|
81
|
75
|
108
|
Captiva LTZ (AT)
|
Lacetti
|
Damas
|
Tico
|
230
|
121
|
38
|
41
|
Rossiyada ishlab chiqarilgan ayrim avtomashinalarning dvigatel quvvati ot kuchi hisobida quyidagidan iborat:
VAZ
|
GAZ
|
Moskvich
|
2107
|
2110
|
Niva
|
31
|
24
|
407 1.4
|
72
|
69
|
80
|
150
|
98
|
45
|
Masalan, agar ish haqini minimal bazaviy miqdor 223 000 so’m bo’lsa (2020 yil fevral oyi), Lacetti avtomoliga bir oyda foydalanish uchun to’lanadigan tovon puli 1 003 500 (223 000 x 4,5) so’mni tashkil etadi.
Korxona o’z imkoniyatlaridan kelib chiqib, tovon pulini me’yordan ortiq to’lashi mumkin. Lekin, bunday holatlarda ham korxona uchun (foyda solig’i bo’yicha) ham tovon oluvchi uchun (jismoniy shaxslarni daromadidan soliq bo’yicha) soliqqa tortish ob’ekt paydo bo’ladi. Me’yordan ortiqcha to’lov xarajatlari, foydani soliqqa tortish daromadidan, chegirib tashlanmaydigan xarajat hisoblanadi (O’zR Soliq kodeksi 317 modda 22 band). Me’yor doirasidagi summa chegirib tashlanadigan xarajat hisoblanadi (O’zR SK 305 modda) va xodimning daromadi hisoblanmaydi (O’zR SK 369 modda 6 band).
Do'stlaringiz bilan baham: |