Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Boshqa operatsiyalar bo’yicha xodimlar bilan



Download 2,01 Mb.
bet243/724
Sana06.02.2022
Hajmi2,01 Mb.
#432594
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   724
Bog'liq
BUXGALTERIYA HISOBI

7.7. Boshqa operatsiyalar bo’yicha xodimlar bilan
hisob-kitoblar hisobi

Korxona xodimlari bilan mehnat haqi bo’yicha, hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblardan tashqari barcha turdagi hisob-kitoblar to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:


4710 “Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzi”;
4720 “Berilgan qarzlar bo’yicha xodimlarning qarzi”;
4730 “Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarning qarzi”;
4790 “Xodimlarning boshqa qarzlari”.
4710 “Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzi” hisobvarag’ida korxona xodimlariga kreditga berilgan tovarlar bo’yicha hisob-kitoblar hisobga olinadi.
Kreditga tovar sotib olgan shaxslar ishlaydigan korxonalar tovarlar qiymati summasini savdo tashkilotlariga bank krediti hisobiga qoplashi mumkin. Bank tomonidan tegishli hisob-kitob hujjatlari to’langanda 4710 “Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzi” hisobvarag’i 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari” va 7810 “Uzoq muddatli bank kreditlari” hisobvaraqlari bilan bog’langan holda debetlanadi. Korxona xodimlaridan navbatdagi to’lovlarni ushlab qolishda 6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar” hisobvarag’i 4710 “Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzi” hisobvarag’i bilan bog’langan holda debetlanadi, so’ng esa ushlab qolingan summa bank kreditini to’lash uchun 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” hisobvarag’ining kreditidan 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari” va 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi” hisobvaraqlarining debetiga o’tkaziladi.
O’zining xodimlari tomonidan kreditga sotib olgan tovarlar bo’yicha qarzlarini qoplashda bank kreditlaridan foydalanmaydigan korxonalar, ushbu xodimlar bergan topshiriq-majburiyatlariga asosan ularning mehnat haqi summasidan navbatdagi to’lovlar ushlab qolinganda 6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar” hisobvarag’i turli kreditorlarga bo’lgan qarzlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (6900) bilan bog’langan holda (savdo korxonalarining shaxsiy hisobvaraqlari bo’yicha) debetlanadi. Ushlab qolingan summaning savdo korxonalariga o’tkazib berilishiga qarab, turli kreditorlarga bo’lgan qarzlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (6900) pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog’langan holda debetlanadi.
4720 “Berilgan qarzlar bo’yicha xodimlarning qarzi” hisobvarag’ida korxona xodimlariga berilgan qarzlar bo’yicha hisob-kitoblar aks ettiriladi (masalan, yakka tartibda uy-joy qurishga va boshqalarga).
4720 “Berilgan qarzlar bo’yicha xodimlarning qarzi” hisobvarag’ining debetida xodimlarga berilgan qarz summasi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi. Agar mablag’lar korxonaga berilgan kredit hisobidan bevosita bank tomonidan (bu mablag’larni oldindan korxonaning hisob-kitob hisobvarag’iga o’tkazmasdan) xodimlarga berilsa, bunda 4720 “Berilgan qarzlar bo’yicha xodimlarning qarzi” hisobvarag’ining debetida 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari” va 7810 “Uzoq muddatli bank kreditlari” hisobvaraqlari bilan bog’langan holda yozuvlar amalga oshiriladi.
Qarzdor xodimlardan kelib tushgan to’lovlar summasiga 4720 “Berilgan qarzlar bo’yicha xodimlarning qarzi” hisobvarag’i (qabul qilingan to’lovlar tartibidan kelib chiqqan holda) 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag’lari”, 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”, 6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar” hisobvaraqlari bilan bog’langan holda kreditlanadi.
Bank kreditlarini qoplash 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari”, 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi” hisobvaraqlarining debetida va bankka tegishli bo’lgan summa o’tkazilgan pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning kreditida aks ettiriladi.
4730 “Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarning qarzi” hisobvarag’ida korxona xodimi tomonidan pul mablag’lari va tovar-moddiy qiymatliklarning kamomadi va talon-taroj qilinishi, yaroqsizlik natijasida etkazilgan moddiy zararni qoplash bo’yicha hisob-kitoblar, shuningdek boshqa turdagi zararlarni qoplash bo’yicha hisob-kitoblar hisobga olinadi.
4730 “Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarning qarzi” hisobvarag’ining debetida aybdor shaxslardan undirib olinadigan summalar tovar-moddiy zahiralar va boshqalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
4730 “Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarning qarzi” hisobvarag’ining kreditida, to’langan to’lovlar summasiga pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar va moddiy zararni qoplash uchun mehnat haqidan ushlab qolinadigan summaga 6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar” hisobvarag’i bilan bog’langan holda yozuvlar amalga oshiriladi.
4790 “Xodimlarning boshqa qarzlari” hisobvarag’ida 4710 - 4730 hisobvaraqlarida aks ettirilmagan korxona xodimlari bilan hisob-kitoblar hisobga olinadi.
Boshqa operatsiyalar bo’yicha xodimlarning qarzini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (4700) bo’yicha analitik hisob korxonaning har bir xodimi bo’yicha yuritiladi.
Quyida xodimlarning boshqa operatsiyalar bo’yicha qarzini harakati bo’yicha muoamalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirilishini ko’rib chiqamiz:
1) Savdo korxonalari tomonidan xodimlarga kreditga sotilgan tovarlar uchun o’tkazib berildi:
D 4710 “Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzi”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” yoki
K 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
K 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
K 5510 “Akkreditivlar” yoki
K 5520 “Chek daftarchalari” yoki
K 5530 “Boshqa maxsus hisobvaraqlar”.
2) Kreditga olingan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzi uchun bank kreditlari olindi:
D 4710 “Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzi”
K 6810“Qisqa muddatli bank kreditlari” yoki
K7810 “Uzoq muddatli bank kreditlari”.
3) Kreditga olingan tovarlarning to’lovi uchun xodimlardan kelib tushgan navbatdagi to’lovlar summasi:
D 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag’lari” yoki
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”
K 4710 “Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzi”.
4) Kreditga olingan tovarlar uchun xodimlarning mehnat haqidan ushlab qolingan to’lovlar:
D 6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar”
K 4710“Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzi”.
5) Xodimlarga berilgan qarzlar summasi:
D 4720 “Berilgan qarzlar bo’yicha xodimlarning qarzi”
K 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag’lari” yoki
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” yoki
K 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
K 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
K 5510 “Akkreditivlar” yoki
K 5520 “Chek daftarchalari” yoki
K 5530 “Boshqa maxsus hisobvaraqlar”.
6) Yaroqsiz mahsulotdan ko’rilgan yo’qotishlar moddiy zararni yuzaga keltirgan aybdor shaxslar hisobiga hisobdan chiqarildi:
D 4730 “Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarning qarzi”
K 2610 “Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar”.
7) Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning kamomadi uchun aybdor shaxslardan undiriladigan summalar:
D 4730 “Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarning qarzi”
K 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” yoki
K 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”.
8) Qimmatli qog’ozlarning kamomadi uchun aybdor shaxslardan undiriladigan summalar:
D 4730 “Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarning qarzi”
K 0600 “Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
K 5800 “Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
9) Tovar-moddiy qiymatliklarning kamomadi uchun aybdor shaxslardan undiriladigan summalar:
D 4730 “Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarning qarzi”
K 0700 “O’rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
K 0800 “Kapital qo’yilmalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
K 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar» yoki
K 1100 “O’stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
K 2900 “Tovarlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
10) Inventarizatsiya natijasida kassadagi pul mablag’lari va pul ekvivalentlarining kamomadi moddiy javobgar shaxs hisobiga o’tkazildi:
D 4730 “Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarning qarzi”
K 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo’qotishlar”.
11) Xodimlarga pul ekvivalentlari berildi:
D 4790 “Xodimlarning boshqa qarzlari”
K 5610 “Pul ekvivalentlari (turlari bo’yicha)”.
12) Boshqa operatsiyalar bo’yicha xodimlarning qarzi zararga hisobdan chiqarildi, agar undirilishi sud tomonidan rad etilgan bo’lsa:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 4790 “Xodimlarning boshqa qarzlari”.



Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   724




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish