Bir
xonali
kombinatsion
jamlagich
–
kirish
yo‘llariga
qo‘shiluvchilarning kodlari bir vaqtda berilish bilan chiqish yo‘llarida yig‘indi
va keyingi (katta) xonaga ko‘chirish qiymati signalini hosil qiluvchi qurilma.
Qo‘shiluvchilarning signallaridan biri olib tashlanishi bilan kombinatsion
jamlagichning chiqish yo‘lidagi yig‘indi qiymati yo‘qoladi.
Bir xonali to‘plovchi jamlagich – xotirlash elementlari (odatda triggerlar)
asosida ko‘riladi. Kirish yo‘liga ketma-ket berilgan qo‘shiluvchilarning kodlari
jamlagichda yig‘indi ko‘rinishida to‘planadi va signallar berilishi to‘xtatilsa
ham unda saqlanadi.
Ko‘p xonali sonlarni jamlash usuli bo‘yicha jamlagichlar ketma-ket va
parallel jamlagichlarga bo‘linadi.
Ko‘p xonali ketma-ket jamlagich qo‘shiluvchilarning
ketma-ket kodini
ular yig‘indisining ketma-ket kodiga aylantiradi. Ikkita ko‘p xonali sonlarni
qo‘shish kichik xonadan boshlanib ketma-ket xonalar bo‘yicha bajariladi.
Parallel jamlagichlar – parallel jamlagichlar soni qo‘shiluvchilar
xonalarining soniga teng bo‘lgan bir xonali jamlagichlar asosida ko‘rilib, unda
qo‘shiluvchilar kodining hamma xonalari bir vaqtda ishlanadi. Ishlatiladigan
bir xonali jamlagichlarning xiliga qarab kombinatsion va to‘plovchi
parallel
jamlagichlar bo‘ladi.
Kombinatsion jamlagich asosida to‘plovchi jamlagichlarni tuzish
xotirlash registrlarining ishlatilishini taqozo qiladi.
To‘plovchi jamlagichlarda qo‘shish jarayonining yana bir usuli guruhli
ko‘chirishni tashkil qilishdir. Bu usulga binoan
jamlagich xonalar guruhiga
ajratilib, har bir guruh bilan bitta kon’yunktor bog‘langan bo‘ladi. Son xonalari
jamlangandan so‘ng jamlagichlarning trigerlar guruhi «1» holatida bo‘lsa,
kon’yunktor ochiladi. Bu holda trigerlar guruhidan uzatilgan ko‘chirish qiymati
signali bu kon’yunktordan o‘tadi.
Natijani ketma-ket to‘plashni talab qiluvchi amallarni (masalan
ko‘paytirish, bo‘lish) bajarishda qo‘shishni tezlatish uchun ko‘chirish qiymati
signallarini xotirada saqlovchi jamlagichlar ishlatiladi. Bunday jamlagichlar
ikkita registrdan iborat bo‘lib, birida qo‘shishning
oraliq natijasi saqlansa,
ikkinchisida ko‘chirish qiymati saqlanadi.
Shartli ko‘chirishni tashkil qilish uchun jamlagich ikkita teng qismga
bo‘linadi va katta xonalarida birlashtiruvchi qismi takrorlanadi. Shartli
ko‘chirishli jamlagichlarda ko‘chirish qiymati signalining
tarqalishi vaqti
nisbatan ikki marta kamayadi.
Sinxron
jamlagichlar
xuddi
parallel
jamlagichlardek,
bunday
jamlagichlarda istalgan ikkita sonni jamlash uchun eng katta, ya’ni eng qiyin
holatda kerak bo‘ladigan vaqt ajratiladi va bu vaqt ko‘pincha
samarasiz
ishlatiladi.
Istalgan ikkita sonni jamlash uchun kerakli vaqtda ajratiladigan
jamlagichlar asinxron jamlagichlar deb yuritiladi. Bu jamlagichlarda maxsus
zanjirlar mavjud bo‘lib, ular ko‘chirish qiymati
signalining tarqalishi
tugallanganlagini aniqlaydi. Bu tipdagi jamlagichlar umumiy ishlarga
mo‘ljallangan EHMlarda ishlatiladi. Masala yechilishi vaqti qat’iy belgilangan
va son kodlariga bog‘liq bo‘lmagan, ixtisoslashtirilgan EHMlarda asinxron
jamlagichlarning ishlatilishi noo‘rin hisoblanadi.
Registr - har xil uzunlikdagi
yacheyka xotirasining tezligi, registr1,
ikkilik so‘z razryadiga ega. Registr2 esa so‘z razryadligiga ega. Registr1
operatsiya bajarganda, shu operatsiyaga qatnashgan birinchi son joylashadi,
operatsiya tugagandan so‘ng natija e’lon qilinadi. Registr2
da operatsiyada
qatnashuvchi ikkinchi son (operatsiya tugash vaqtida axborot o‘zgarmaydi).
Registr1 ma’lumotlar shinasi kodlardagi axborotlarni qabul qiladi va ularga
axborotni yetkazib beradi. Registr2 shu shinalardan axborotni qabul qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: