Guliston – 2013 ko’baev qobil umarovich. O’zbek adabiyoti (poeziya) fani bo’yicha o’quv-uslubiy majmua



Download 0,63 Mb.
bet19/53
Sana17.05.2023
Hajmi0,63 Mb.
#940299
TuriУчебно-методическое пособие
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   53
Bog'liq
portal.guldu.uz-O’ZBEK ADABIYOTI (POEZIYA)

Muhokama uchun savollar:

    1. 1.1.Mirtemirning adabiyot sohasiga bo’lgan ixlosiga nima sabab bo’lgan deb o’ylaysiz?

    2. 1.2. Mirtemirning Y.Oxunboboevning shaxsiy kotibi bo’lib ishlaganligini qanday baholaysiz?

    3. 1.3. Mirtemir nima uchun o’zi surgan qilingan Belomorkanalni ulug’lab she’rlar yozgan?



2-savol bo’yicha darsning maqsadi:Yozuvchi ijodiyotining o’ziga xos jihatlari haqida ma’lumot berish
Identiv o’quv maqsadlari:
2.1.1. Adib lirikasi haqida so’zlab bera oladi
2.1.2. Adibning asarlaridagi o’ziga xos jiqatlarni ko’z oldiga keltira oladi
2.1.3. Lirikasi badiiyati haqida gapirib bera oladi.
2-savol bayoni:
Ijodining boshlanishi: Mirtemirning birinchi she’ri “Er yuzi” jurnalining 1926 yil 25-sonida “Tanburim tovushi” degan nom bilan bosilib chiqadi. U qisqa muddatda iste’dodli shoir sifatida tanila boshlaydi. Mirtemir adabiy saboqlarni “Yosh leninchi” gazetasi qoshidagi to’garakda “Qizil qalam” da bo’lgan qizg’in munozara va g’oyaviy kurashlarda oladi. 1928-1932 yillarda uning “Shul’alar qo’ynida”, “Zafar”, “Qaynashlar”, “Kamuna”, “Tong” kabi she’riy to’plamlari ketma-ket nashr qilinadi. Mirtemirning bu to’plamlariga kirgan she’rlarida hali g’o’rlik ko’zga tashlanadi. Ularda mavhum ramziylik, abstrakt obrazlar ko’p uchraydi. U ko’proq “yaltiroq, jarangdor” narsalar haqida yozishni xush ko’radi. 20-yillarning o’rtalaridan boshlab bir adabiy qolip ommalasha boshladi, bir-biriga o’xshash, kitobxonga hech qanday yangilik bermaydigan “asarlar” ko’paydi. 30-yillarda bu illat yanada kuchaydi. Bu, so’zsiz, partiyaning adabiy siyosati bilan bog’liq hodisa edi. Tabiiyki, Mirtemir ijodi ham bundan mustasno emas. Lekin shunga qaramay shoir ijodi yangi bosqichga ko’tarilgan.
30-yillar ijodi: bu davrda Mirtemir yaratga she’rlarda poetik vositalar ancha boyigan, his-tuyg’ular tasviri chuqurlashib, ularning ta’sir kuchi ortgan. Ayniqsa, bu holat shoirning vatan va mehnat haqidagi she’rlarida aniq ko’zga tashlanadi. “Yashil yaproqlar” , “Farg’ona”, “Achchisoy”, “Ko’z”, kabi she’rlar shu jumlaga kiradi. “Farg’ona” she’ridan:
Salqin, silliq, so’lim bahor ertasi...
Ufq bo’ylab yonar shafaq bayroqlar
Yasharib tovlanar barra yaproqlar –
Qo’shiqday taralar qushlar nag’masi.
Bu she’r o’quvchiga engil ko’tarinki kayfiyat bag’ishlaydi. Unda peyzaj go’zalligi yangicha idrok etilgan.
Mirtemir 30-yillarning 2 yarmida o’z izlanishlarini davom ettiradi. Bunda poetik tarjimalar muhim rol o’ynaydi. U A.S.Pushkin, M.Yu.Lermontov, A.A.Nekrasov, T.G.Shevchneko kabi shoirlarning ijodidan ko’plab tarjimalar qiladi, oliy poeziya sirlaridan voqif qiladi.
Shu davrda Mirtemir xalq ijodiyoti bilan bog’liq she’riyat sirlarini o’rganishga kirishadi. Bu uning she’rlarida yangicha rang va yangacha rux bag’ishlaydi. Mirtemirda xalq poeziyasidan o’rganish ikki xil ko’rinishda namoyon bo’ladi. Birinchisi, taqlidga o’xshab ketadi. U xalq qo’shiqlarining shaklini, qofiya va radjiflar tartibini, ichki kompazitsion qurulishini, ritmikasini o’zlashtirib, ularni yangi mazmun bilan boyitadi. Shoirning “Qo’shiqlar”, “Uxla qo’zim”, “Ko’zlarim yo’lingda”, “Bo’sasi qand” kabi she’rlari shu jumlaga kiradi.
“Yali-yali” (1939) she’ridan:
Bo’ylarida suxsur uchar, g’oz ucha,
Qirg’ovul, oqquvlar, noz uchar.
Bulbul o’qib nag’ma, xushovoz uchar,
Qishni quvib ko’klam uchar, yoz uchar,
Ko’kka to’lib savt-sado yali-yali.
Ikkinchidan, bu o’rganishlar natijasida uning she’rlarida chinakam soddalik, tilda ravonlik va aniqlik vujudga keldi. Shoir detallar aniqligiga erishadi. “Qiz” she’ridan (1940):
Tun singari asta bosib keladi,
Suv singari sarin jimib keladi.
Tog’ yiliday shoshqin esib keladi.
Ko’l mavji singari tinib keladi.
Shoir qizning dutorda “Rohat” kuyini chalishdan olgan taassurotlarini juda tabiiy bir holatdagi har qanday sun’iy harakatlardan ham holi ko’rinishdagi tasvirini bergan.
Mirtemirning xalq ijodiyoti sirlarini o’rganishi balog’at sari boshladi. “O’ylar”(1940), “Qizg’aldoq”(1940),”Qoya”(1940), “Seni bolaligim” (1937), “Bog’imning chechaklari” (1940), “Lolazordan o’tganda”(1938), “Balki”, “Quyoshning zabti ” kabi lirik she’rlarida bu balog’at natijalari yaqqol seziladi.
Mirtemirning harbiy lirikasi: Shoirning bu davr ijodida sharoit va vaziyat ruhi o’zining to’liq ifodasini topgan. To’g’ri, uning bu yillarda yozilgan she’rlari ham badiiylikning mukammal namunasi deb bo’lmaydi. Lekin bu davrda yoritilgan eng yaxshi asarlarida uning o’z estetik printsiplpriga o’z uslubiga sodiq qolganini ko’ramiz.
Mirtemirning bu davr lirikasida birinchi ko’zga tashlanadigan ularda dushmanga nafrat va vatanga muhabbat tuyg’ularini bor ovozda, hayqirib aytilishidir. Bunday emotsional – ruhiy bosqich tabiiy tasvirlar, yaxshi topilgan muqoyasalar orqali erishadi. Masalan, “Vabo” she’rida shunday qilinganini ko’rish mumkin. Mirtemirning harbiy lirikasida vatan obrazini yaratish alohida o’rin tutadi. Shoirning “Sevgi”, “Bu maning vatanim”, “Soy”, “Ona shahar”, “Qirg’oq”, “Yodgor”, “Dengiz bo’yida” kabi she’rlari shu jumlaga kiradi.
Mirtemirning bu davrda aloqa yanada mustahkamlanadi.
Shoir bu yo’nalishdagi tajribalariga suyanib, o’nlab qo’shiqlar yaratdi. Bu qo’shiqlarda frotdagi yorini, birodarini, otasini sog’ingan qizlarning, ayriliq dardida xislari jo’sh urgan onalarning ichki dunyosi juda tabiiy, juda aniq va sodda bir tarzda ifodalandi. Chunonchi, “Tilla”, “Mard yigit yoring bo’lay”, “Ko’zlarim yo’lingda”,”bog’i o’chi”, “Qora ko’zlik” kabi she’rlarini bu o’rinda keltirish mumkin. Mirtemir aksariyat hollarda bunday she’rlarini maktub shaklida yozadi. Bu shakl urush yillarida ancha ommalashgan. U lirik qahramon tuyg’ularini ifodalashda ijodkorga ko’p qulayliklar bergan. Mirtemir,
Qora ko’zlik va gul dilbar,
Bahor chog’i meni yod et,
Hiyobonda kezar bo’lsang,
Nahor chog’i meni yod et.
Mirtemirning arbiy lirikasi kiruvchi bunday she’rlar hozir ham o’z nafratini, mayinligini yo’qotmagan. Ular qo’shiq sifatida kuylanishda davom etayapdi.
50-yillar ijodi: Mirtemirning urushdan keyiga davr ijodida yana mehnai mavzusi keng ifodalanadi. Chunonchi, “Ohangaron”, “berdimat amaki”, “Senga Respublikam”, “Bu shundoq yurtki…” kabi she’rlari shu yo’nalishga kiradi. Bu she’rdarida shoir madhiyabozlikka va rasmiylikka chap bera olmagan. Ularda publitsistik rux lirizmdan ustun turadi. Shuning uchun ham bu she’rlar chinakam darajasiga ko’tarila olmadi. Mirtemir 50-yillarga kelibgina yuksak she’riyat namunalarini yarata boshladi. Bu yillardi yaratilgan “Qoraqalpoq maktabi” she’riy to’rlami shu jihatdan diqqatga sazovordir. Qoraqalpoq xalqinig hayotiga Mirtemir oldindan qiziqish bilan qaragan. U 30-yillardayoq “Amu qirg’oqlari”, “Oysanaining to’yida” kabi asarlarini shu mavzuda yozgan edi. 50-yillarning oxirlariga kelib shoir yana shu mavzuga murojaat qiladi. 20 ta she’r va bir dostondan iborat bo’lgan turkum shu tarzda vujdga keldi. Yuqoridagi 20 ta she’rni qoraqalpoq hayoti haqida yaratilgan yaxlit qissa ham deb aiash mumkin. Chunki har bir sher bu hayotning bir qirrasini o’zida ifodalagan. O’quvchi tasavvurida ularning birikishidan yaxlit bir manzara hosil bo’ladi. Ushbu turkumga kirgan she’rldar quruq suxandonlikdan, bachkana balandparvozlikdan xoli. Ularda shoir tomonidan muvafaqqiyatli topilagn poetik obrazlar badiiy detallar ko’p uchaydi. Bu yo’naishdagi sherdar orqali hayotning haqiqailarini chuqur anglaymiz, uning shu paytgacha biz ko’rmagan yoki e’tibor bermagan tomonlarini ko’ramiz va nafosatini chuqur his etamiz. Shu ma’noda “Qoraqalpoq daftari” turkumiga kirgan har bir she’rni poetik kashfiyot deb aytish mumkin. Masalan, shu turkumga kiradigan “Saxroyi” she’rini olaylik. Unda chuqur umumashmalar va teran fikrlarni ixcham va yorqin tasvirlarda ochib berish mahorati namoyon bo’ldi. She’rdagi saxroyi chol obrazini chizishda shunday belgilar topganki, natijada u butun bir xaqqa xos xislatlarni ifodalovchi umumlashma obraz darajasiga ko’tarilgan.
“Qoraqalpoq daftari” turkumiga kirgan she’rlarning yana bir muhim xususiyati bor: ularda lirik qahramonlar xarakteri turli tomonlardan, turlicha kayfiyatlarda ochiladi. Shuning uchun bu she’rldar goh lirik kayfiyat hosil qilsa, goh ma’yus holat yaratadi, gohida esa hazil-mutoyibaga moyil rux etakchilak qiladi. “Do’st qabrida”, “Hodisa”, “Yangi joy” kabi she’rlarida shunday holatlarni kuzatish mumkin.
Turkumga kirgan she’rlarga xos yana bir fazilat shundaki, ularning bir guruhida tabiat go’zalligiga omuxta tarzda ifodalanadi. “Bulut” she’ridan:
Ko’k yuzida pog’a bulut – oq bulut,
Bir qarasang – osmon to’la oqquvlar,
Bir qarasang – baland qorli cho’qqilar,
Bir qarasang ko’z ilg’amas oq barqut.
Shoirning “Tongdan ham go’zal”, “Suluv yoz”, “Daryo jimir-jimiri” kabi she’rlari ham shu jumlaga kiradi.
Bu turkumdagi she’rlarida Minrtemir badiiy detaldan ustalik bilan foydalangan. Topilagn bir detalga chuqur ma’no bera oladi. Masalan, yuqorida keltirilgan “Bulut” she’rida paxta xirmonlari oq bulut detalini qo’llash orqali beriladi. Bu borada , ayniqsa, shoirning “Barqut” she’ri xarakterlidir. “Barqut” so’zi aslida jonli so’zlashuvda qo’llaniladi. Aslida u “barxit” shaklida bo’lishi lozim. Bu tabiatda – o’t-o’lanlarning, daraxt-o’simoiklarning meva-chevalarning ayni pishib etilgan paytidagi ko’rinishini anglatadigan rang. Mirtemir ana shu ko’rinish – rangni mazkur she’rda poetik detal va uni mumlashtiruvchi obraz darajasiga olib chiqadi. Bu umumlashtiruvchi braz hayotning ifodalovchi ramzga aylanadi.
Mirtemirning so’nggi davr ijodi. 50-yillarnig 2-yarmida mamlakatda yuz bera boshlagan ijtimoyi-siyosiy o’zgarishlar Mirtemir ijodida yangilanishlar bo’lishiga sabab bo’ladi. To’g’ri, Mirtemir zamonasozlik ruxida ham she’rlar yozdi. Bunday qilmaslikning iloji yo’q edi. Har qanday iste’dodli shoir chin ma’nodagi poetik asarlarini yuzaga chiqarish uchun mavjud adabiy siyochsatga jinday bo’lsa-da yon bermoqqa majbur edi. Masalan, shu davrda Mirtemir vatan haqida ko’plab she’rlar yozdi. Ularda tabiiyki o’sha davr ananasiga ko’ra shoir bu tengsiz go’zal yurtning baxtiyorligi va erkinligi haqida ham gapiradi. Bugun bilamizki, o’sha kezlardabunday baxt va erkinlik asrida yo’q narsalar ekan. Hozirgi vaqtda shuning uchun bu she’rlardan voz kechish kerakmi? Bunday qilish noinsoflik bo’ladi. Mirtemirning vatan haqidagi she’rlarida “mustaqillik”, “istiqlol” dega so’zlar bo’lmasa-da, baribir, shoir odamlarni vatanni sevishga o’rgatgan. Shu davrni Mirtemir she’riyatida poetik tasvir juda kuchaydi. Vatanning go’zalligijuda aniq ifodalab berildi. U xalq turmushining har bir buyumida, ona tabiatning har bir hodisasida vatan timsolini ko’radi. Mirtemir, “Qaldig’och” she’rida:
Cheksiz ko’k toqlarida qaldirg’och qasillashi…
Qaldirg’och qaytibdi-da.
Ko’klam quchoqlarida keng olam larsillashi
Qaldirg’och qaytibdi-da.
Yashil ipaklik kiymish tog’ sirtlari, ne-ne bo’z,
Qaldirg’och qaytgani shu.
Kapalak yastanganday er ko’rkin qilar ko’z-ko’z
Qaldirg’och qaytgani shu.
Mitemir lirikasida fikr yanada tiniqlashadi, falsafiylikka moyillik kuchayadi. Mirtemirning bu davr ijodida psixologizm nechog’lik teranlashganini “Betobligimda”, “O’zim bilaman” kabi asarlarida ham ko’rish mumkin.
Mirtemirning mo’nggi kitobi “Yodgorlik
deb ataladi. Shoir bu kitobida ham umr bo’yi kuyagan ohanglarga amal qilgan, estetik printsiplarga sodiq qolgan.
Mirtemirning dostonchtlidagi ijodi: oir butun ijodi davomida o’n beshga yaqin poemalar yozgan. Ular quyidagilar: “Bong”, “Barot”, “Agranom”, “Jang”(1930), “Xidir”(1932), “Nomus”(1934), “Ajdar”(1935), “Ochlar o’lkasida”(1936), “Suv qizi”, “Dilkusho”(1937), “Oysanamning to’yida”(1938), “Qo’zi”(1939), “Surat”(1961). Bu dostonlar turli mavzularga bag’ishlangan. Masalan, “Dilkusho”, “Qo’zi” poemalarida xalqimizning o’tmishidagi og’ir voqealar tasvirlangan. “dtlkusho” da amir xirsining qurboni bo’lgan qizning taqdiri hikoya qilinadi. “Nomus” dostonida bezorilik yo’liga kirib qolgan Ashur ismli yigitning ko’pchilik ta’sirida qayta tarbiyalanishi haqida so’z ketadi. “Oysanamning to’yida” dostonida jamoa xo’jaligiga kirib hayoti yaxshilangan qoraqalpoq qizi Oysanamning taqdiri tasvirlangan.
Mirtemir dostonlarining mavzusi keyinchalk rang-barang bo’lsa, badiiylik darajasi ham turlichadir. Chunonchi, “Dilkusho”, “Oysanamning to’yida”, “Surat” kabi badiiy baquvvat poemalar bilan birga “”Bong”, “Barot” singari badiiy asarlar ham uchraydi.
Mirtemirning “Surat” poemasi o’zining badiiylik darajasi bilan nafaqat shoir ijodida, balki XX asr o’zbek adabiyotida ham alohida o’rin tutadi. Bunda ijodkor inson ruhiyatini murakkab holatlar tasvirida berishga muvaffaq bo’lgan. Asarda kichik poetik detallar katta umumlashmalar chiqarishga, inson taqdiri va hayot haqida falsafiy mushohadalaraytishga asos bo’ladi.
Mirtemir urush yillarida “Ona nomli she’riy” drama ham yaratgan. Bu asar, gachi, sahna yuzini ko’rmagan bo’lsada, urush davri hayotiga xos vatanparvarlik tuyg’ularini aks ettirganligi bilan ahamiyatdan holi emas. Bundan tashqari, Mirtemir “Birinchi prezident” nomli drama ham yozgan. Bu asar Y.Oxunboboev haqida. Mirtemirning O’zbekistonning birinchi prezidenti haqida o’z kuzatishlari asosida ushbu asar maydonga kelgan. Lekin bu drama ham badiiylik talablariga javob bermaganligi uchun e’tibor qozona olmadi.
Umuman, Mirtemir o’z ijodi bilan o’zbek adabiyotining ravnaqi uchun sidqidildan xizmat qiladi. Uning sara asarlari hozir ham o’quvchilarga zavqu-shavq bag’ishlab kelayapti.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish