Shundan so‘ng qaror qabul qilindi:
Onlayn tarzdagi Respublikada yuz berayotgan siyosiy-iqtisodiy va ma’naviy yangiliklar ma’lumot uchun qabul qilinsin.
“Tarbiya- komillik sari qadam” mavzusidagi onlayn ma’ruzasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Tavsiya etilgan badiiy asar talabalar tomonidan to‘liq o‘qib chiqilsin.
Talabalarning darslardagi davomati yaxshilansin..
Guruh murabbiysi: Y.Xodjiyev
GulDU Filologiya fakulteti 38-20-guruhning yig‘ilish
BAYONNOMASI
26. 01. 2021 yil Guliston shahri.
2021 yil 26 yanvar kuni 38-20-guruhning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda guruh talabalari ishtirok etdi va quyidagi masalalar ko‘rildi:
Respublikada yuz berayotgan siyosiy-iqtisodiy va ma’naviy yangiliklardan talabalarni onlayn xabardor qilish;
“Tarbiya – hayot-mamot masalasi” mavzusidagi ma’ruza;
Iymon-e’tiqodda sobit bo‘lish fazilati haqida
Badiiy asar bilan tanishish.Turli masalalar.
1-masala. Respublikada yuz berayotgan siyosiy-iqtisodiy va ma’naviy yangiliklardan guruh murabbiyi Y.Xodjiyevning o‘zi maxsus ma’lumotlar asosida onlayn xabardor qildi. Talabalar ushbu ma’lumotlar yuzasidan ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
2. Guruh rahbari Y.Xodjiyevning “Tarbiya – hayot-mamot masalasi” mavzusidagi onlayn ma’ruza qildi.U o‘z ma’ruzasida milliy pedagogikaning ushbu muhim tamoyili yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi. Unda buyuk mutafakkirlardan Farobiy, Yusuf Xos Xojib, Alisher Navoiy, Bobur, Avloniy kabilarning yoshlar tarbiyasi borasidagi qimmatli fikrlari misol tariqasida keltirib o‘tildi. Talabalarning axloq-odob qoidalariga alohida e’tibor qaratildi. Insonning jamiyatdagi o‘rni uning axloqi bilan ham bog‘liq ekanligi misollar asosida tushuntirildi. O‘qilgan ma’ruza yuzasidan guruh a’zolari so‘zga chiqib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi
3-masalada iymon-e’tiqodda sobitlilik haqida fikr mulohazalar yuritilib, shu fazilat sohibi bo‘lishga da’vat etildi.
4-masala yuzasidan asar qahramonlariga tavsif berildi. Talabalarning darslarga davomati yuzasidan guruh rahbari so‘zga chiqib holat me’yorda emasligi to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirdi.
Shundan so‘ng qaror qabul qilindi:
Onlayn taqdim etilgan Respublikada yuz berayotgan siyosiy-iqtisodiy va ma’naviy yangiliklar ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Guruh rahbari Y.Xodjiyevning “Tarbiya – hayot-mamot masalasi” mavzusidagi ma’ruzasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oybekning “Navoiy” romani talabalar tomonidaan to‘liq o‘qib chiqilsin.
Guruh talabalarining davomati 100% ta’minlansin, buning nazorati guruh murabbiysi zimmasiga yuklatilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |