Mavzu: Mantiqiy tushunchalar Reja: Mantiqiy tushunchalar 2



Download 41,83 Kb.
bet1/3
Sana15.06.2022
Hajmi41,83 Kb.
#674521
  1   2   3
Bog'liq
Mantiqiy tushunchalar


Mavzu:Mantiqiy tushunchalar
Reja:
1. Mantiqiy tushunchalar
2. Tushunchalar ustida bo’ladigan mantiqiy amallar
3. Tushunchani bo’lishning qoidalari

Mantiq, logika — toʻgʻri tafakkur yuritishning asosiy qonunlari va shakllari haqidagi fan. M. oʻzining shakllanish va rivojlanish tarixiga ega. M.ga oid dastlabki fikrlar Qad. Sharq mamlakatlarida, xususan, Hindiston, Xitoyda vujudga keldi. Qadimda M. falsafa tarkibida boʻlgan, mustaqil fan sifatida shakllanmagan. Yunon falsafasida M. masalalari dastlab Parmenidning „Tabiat toʻgʻrisida“ asarida, Eleylik Zenonning aporiyalarida, Geraklit taʼlimotida u yoki bu darajada koʻrib chiqilgan. Aristotelgacha boʻlgan mantiqiy taʼlimotlar ichida Demokritning mantiqiy taʼlimoti, Sokrashnchnt induktiv metodi va Platon dialektikasi diqqatga sazovor. M. ilmining alohida fan sifatida shakllanishi Aristotel nomi bilan bogʻlikdir. U birinchi boʻlib M. oʻrganadigan masalalar doirasini aniqlab berdi. Uning „Kategoriyalar“, „Talqin haqida“, „Birinchi analitika“, „Ikkinchi analitika“, „Sofistik raddiyalar haqida“, „Topika“ nomli asarlari M. masalalariga bagʻishlangan. Aristotel M.ni „maʼlum bilimlardan nomaʼlum bilimlarni aniqlovchi“, „chin fikrni xato fikrdan ajra-tuvchi“ fan sifatida taʼriflaydi. Aristoteldan soʻng M., asosan, stoiklar maktabi vakillarining , Epikur, skeptiklar taʼlimotlarida rivojlantirilgan. Stoiklar M.ning maqsadi inson aqlini xatolardan asrash va haqiqatga erishishdir, deb bilishgan. Keyinchalik Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida ham M. ilmi shakllandi. Oʻrta Osiyoda ham falsafa va M. mustaqil fan sifatida taraqqiy etdi. Bunda Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Umar Xayyom, Alisher Navoiy, Bedil kabi buyuk mutafakkirlarning xizmati katta boʻldi. Farobiy oʻzining „Mantiqqa kirish“, „Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi“ asarlarida M. masalalariga ilmiy bilish metodlari deb qaragan.
Forobiy fikricha, M. insonlarni bilish jarayonidagi turli xato va adashishlardan saqlaydi. Forobiy tushuncha, hukm va ularning turlari, xulosa chiqarish, sillogizm va uning figuralari, moduslarini tahlil qildi. Sillogizm va isbotlash usuli eng toʻgʻri, haqiqatga olib keluvchi usul deb hisobladi. Ibn Sinoning „Kitob ashshifo“, „Kitob annajot“, „Donishnoma“ asarlarida M.ga doir fikrlari bayon etilgan. „M. bilingan (bilimlar) yordamida bilinmaganlarni qanday qilib aniqlashni koʻrsatadigan, haqiqat va haqiqatsifat bilim va yolgʻon nima ekanligini hamda ular qanday turlarga ega ekanligini aniqlab beradigan ilmdir“, degan edi Ibn Sino. U M. ilmini barcha ilmlarning muqaddimasi, ularni egallashning zarur sharti sifatida talqin etdi. Aristotelning M.ga oid taʼlimoti Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushdlarning M. ga oid asarlari orqali Yevropaga kirib keldi. Oʻrta asr Yevropasida M. masalalari, asosan, umumiy va yakka tushunchalarning oʻzaro munosabati doirasida oʻrganildi. Yangi davrda R. Dekart, F. Bekon, T. Gobbs, V. Leybnits va boshqa M. ilmi turli yoʻnalishlarining yaratilishiga asos soldilar. 18 — 19-asrlar falsafiy fikrida I. Kant va V. F. Gegel yaratgan mantiqiy tizimlar muhim oʻrin tutadi. Gegel fikricha, falsafa M. shaklida mavjud, uning oʻrganish obʼyektini tafakkur tashkil etadi. M.ning asosiy vazifasi haqiqatni aniqlash, unga erishish yoʻllarini oʻrganishdir.
M. tafakkurning namoyon boʻlish shakllari va taraqqiyotini, shu jumladan, fikrlar oʻrtasidagi aloqadorlikni koʻrsatadigan qonun qoidalar yigʻindisini oʻrganadi. M.ning vazifasi — chin fikrni, haqiqatni aniqlash. M. ilmining oʻrganish obʼyekti tafakkurdir Tafakkur 3 xil shaklda: tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish shaklida mavjud boʻladi.
Muhokama yuritish ana shular va ularning oʻzaro aloqalarga kirishishi natijasida vujudga keladigan boshqa mantiqiy tuzilmalar (mas, muammo, gipoteza, nazariya, gʻoya va boshqalar)da amalga oshadi. Muhokama yuritishda ishonchli natijalarga erishishning zaruriy sharti qatoriga fikrning chin boʻlishi va formal jihatdan toʻgʻri qurilishi kiradi. Oʻzi ifoda qilayotgan predmetga muvofiq keluvchi fikr — chin fikr deb ataladi (qarang Isbot). Fikrni toʻgʻri qurishga tafakkur qonunlari talablariga rioya qilgandagina erishish mumkin. Tafakkur qonunlari (qarang Ayniyat qonuniZiddiyat qonuniYetarli asos qonuniUchinchisi istisno qonuni) mu-hokama yuritish jarayonida fikrlar (fikrlash elementlari) oʻrtasidagi mavjud zaruriy aloqalardan iborat. Tafakkur koʻp qirrali jarayon boʻlib, uni turli tomondan, xususan, mazmuni va shakli (tuzilmasi) boʻyicha yoki kelib chiqishi va taraqqiyotida olib oʻrganish mumkin. Bularning barchasi M. ilmining vazifasini tashkil etadi, uning turli metodlaridan (qarang InduksiyaDeduksiya) foydalanishga, har xil yoʻnalishga ajralishiga sabab boʻladi.
Hozirgi paytda M.ning formal M., dialektik M., matematik M. kabi yoʻnalishlari bor. Formal M. tafakkur strukturasini fikrning anik, mazmuni va taraqqiyotidan chetlashgan holda, nisbatan mustaqil ravishda oʻrganadi. Uning diqqat markazida muhokamani toʻgʻri qurish bilan bogʻliq qoidalar va mantiqiy amallar yotadi. Dialektik M. tafakkurni uning mazmuni va shakli birligida hamda taraqqiyotida olib oʻrganadi. Matematik M. tafakkurni matematik metodlar yordamida tadqiq etadi. U hozirgi zamon mat. sining muhim yoʻnalishlaridan biri boʻlib, tafakkurni yuqori darajada abstraktlashgan va formallashgan sistemada tahlil qiladi. 20-asrda noanʼanaviy M.ning turli yoʻnalishlari, xususan, koʻp qiymatli mantiqiy sistemalar (Y. Lukasevich, Geyting , Reyxenbaxning uch qiymatli mantiqiy sistemalari, Postning nqiymatli mantiqiy sistemasi va shahrik.), konstruktiv M. lar (A. N. Kolmogorov, A. A. Markov variantlari) va modal M. kabi nazariyalar vujudga keldi va rivojlandi.
Oʻzbekistonda M. masalalari bilan dastlab M. M. Xayrullayev, E. Yu. Yusupov, V. Qobulov shugʻullangan. Keyinchalik I. Rahimov, M. Sharipov, O. Imomxoʻjayeva, D. Fayzixoʻjayeva va boshqa M.ga oid ilmiy izlanishlar olib borishdi.

Download 41,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish