39
ta’minot bilan ta’minlovchilar o‘zlarining boshqa tashkilotlar uchun ERPning
yangi versiyalarini amalga oshiradilar. ERP tizimni amalga oshirish dasturiy
ta’minotni ishlab chiqish jarayonida ular tomonidan olib boriladi. Bundan keyin,
tashkilot ERP tizimni sotib olganidan keyin bu ERP tizim tashkilotning ishlab
chiqish jarayonidan o‘tadi. Ishlanmaning bu ikkinchi jarayonida,
ERP tizim
o‘rnatilishi, joylanihi, ixtisoslashtirilishi, va tashkilotga topshirilishi kerak.
Bu ikki jarayonning aralashmasi ham bo‘lishi mumkin. Misol uchun
bankning axborot tizimi ERPning tanlab olingan komponentlaridan va ma’lum bir
funksiyani ta’minlovchi o‘zlari ishlab chiqqan dasturiy ta’minot komponentlaridan
iborat bo‘lishi mumkin. Juda murakkabligi uchun mavjud axborot tizimlari
qaytadan loyihalanadi va ko‘p marotibalab yaxshilanadi, lekin yangi tizim bilan
almashtirilmaydi. Bundan kelib chiqadiki, axborot tizimini ishlab chiqish jarayoni
xizmat ko‘rsatish va yaxshilanish kabi davrlarni o‘z ichiga olar ekan. Misol uchun
bankning axborot tizimida ERP tizim qayta sozlanishi yoki yangi versiyagacha
yangilanishi mumkin.
Tashkilotlar axborot tizimlarini ishlab chiqishi va boshqa tashkilotlardan
sotib olgan dasturiy ta’minot komponentlarini o‘z ichiga olgan axborot tizimlarini
ishlatishi
mumkin.
Axborot
tizimlarini
ishlatmoqchi
bo‘lgan
kishilar
foydalanuvchilar
yoki
ishtirokchilar
bo‘lishadi. Axborot tizimlarini loyihalaydigan
kishilar loyihachilar bo‘ladi.
Hayot siklining ko‘plab modellari to‘g‘risida
adabiyotlarda yozilgan va
amaliyotda qo‘llanilmoqda
4
. Ayrim modellarning maqsadi dasturiy ta‘minotni
ishlab chiqish jarayonidan iborat(misol uchun, kompaniyalarda) va boshqa–
tashkilot(misol uchun, bank)larning axborot tizimini ishlab chiqish. Rasmda
keltirilgan hayot sikli modeli bu modellarning aralashmasidan iboratdir. Har bir
ko‘p burchak hayot siklidagi davrni tasvirlaydi. Asosiy sikl yangi axborot tizimini
ishlab chiqish jarayonini modellashtiradi. U universal dasturiy ta’minotni ishlab
chiqish jarayonini, universal dasturiy ta’minotdan sozlangan axborot tizimlarini
4
Introduction to information systems T. Cornford, M. Shaikh IS1
060
2013.
40
ishlab chiqish jarayonini, hamda bu ikki ishlanma
jarayonining aralashmasini
o‘ziga aks ettiradi.
Ajratib ko‘rsatilgan ko‘pburchaklardan tashkil topgan ikkita kichik sikl
mavjud axborot tizimini ishlab chiqish jarayonini modellashtiradi - ya’ni axborot
tizimining bajarilishiga xizmat qiladi va yaxshilaydi.
1-rasm. Korxonaning axborot tizimi hayot sikli modeli.
Dasturiy ta’minotni ishlab chiqishga mo‘ljallangan hayot sikli
1-rasmdagi hayot sikli modeli murakkab, aniq shartlarga( ya’ni individual
buyurtma bo‘yicha qilingan) asoslangan, ishlanmasi ko‘plab kishi-yillarni talab
qiluvchi dasturiy ta’minot tizimlaridan iborat. Axborot tizimlarini ishlab chiqishni
tunnel yoki avtomobil ishlab chiqarish bilan solishtirish mumkin. U odatda loyiha
shaklida tashkillashtiriladi. 1-rasmdagi asosiy sikl yahgi
axborot tizimini ishlab
chiqish jarayonini ifodalaydi.
Ixtisoslashtirilgan axborot tizimlarini quyidagi 11 ta davrga ajratish
mumkin:
Talab davri, loyiha davri, loyihaviy tahlil davri, amalga oshirish davri,
ishlab chiqarish davri, taqsimlash davri, aylantirish davri, konfiguratsiya davri,
bajarilish davri, monitoring davri va bajarilish tahlili davri
.
41
Barcha axborot tizimlari uchun bu davrlar barchasi muhim emas; misol
uchun, ishlab chiqarish davri, taqsimot va aylantirish davrlari faqat ERPga
o‘xshash universal axbotot tizimlari uchun, Microsoft
Office vositasi yoki
ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari uchun.
Axborot tizimlarini ishlab chiqish jarayonida modellar muhim rol o‘ynaydi.
Model, ma’lum bir shaklda(misol uchun, matnli yoki grafikli) ishlab chiqilgan
axborot tizimlarini, tasvirlaydi. Modellar turli usullar bilar ifodalanishi mumkin,
lekin ular hamma vaqt axborot tizimlari bilan ushlab(поддерживаемых) turilgan
axborot tizimlari yoki biznes –jarayonlarni tasvirlash uchun belgilangan.
Tasvirlash usuli axborot tizimiga biz qaysi nuqtai nazardan qarashimizdan
bog‘liqdir, va tasvirlash maqsadi orqali aniqlanadi. Berilgan modelga mos
kelmaydigan jihatlarni model o‘zida saqlamaydi. Modellashtirishda cheksis ko‘p
rasmiyatchiliklar mavjud. Ularning ko‘pchiligi mantiq, (теории множеств),
algebra yoki (теории графов)ga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: