22
•
axborotni mexanik qayta ishlash;
•
axborotni avtomatik qayta ishlash;
•
axborotni avtomatlashgan qayta ishlash;
5)
mumkin bo‘lgan qo‘llanishning ixtisoslashuv darajasi bo‘yicha
:
•
universal;
•
ixtisoslashgan (muammoli-yo‘naltirilgan).
ATlariga boshqa tipologik(narsa va hodisalarning turli turlari o‘rtasidagi
munosabatlarning tasniflanishi) nuqtai nazar maxsus «axborotlashgan» bo‘lib, bu
yerda tasniflanish belgilari axborotni qayta ishlash texnologiyasining xususiyati
bilan aniqlanadi, bu xususiyat tizimga ham o‘tkaziladi. Bu nuqtai nazardan axborot
tizimalari quyidagi belgilari bo‘yicha tasniflanadi:
1.
Saqlanadigan axborotning turi bo‘yicha faktografik, hujjatli, leksikografik
ATlariga ajratish mumkin.
Faktografik
tizimlar
foydalanish konteksti(matnning to‘la ma‘noni
anglatuvchi bir butun qismi) oldindan aniqlangan va odatda ma‘lumotlar
chizmasida belgilangan yoki qayta ishlash ketma-ketligida ma‘lumotlarni qayta
ishlashga yo‘naltirilgan.
Hujjatli
AT axborotni taqdim qilish darajasi
bo‘yicha -to‘liq matnli va
(«birinchi marotiba» qayta ishlanuvchi deb ataladigan hujjatlar) va
bibliografrik-
referativ
(«ikkinchi marotiba qayta ishlanuvchi» bular dastlabki hujjatlarni manzilli
va mazmunli aks ettiruvchi hujjatlardir). Hujjatli
ATlarida
ma
‘
lumotlardan
foydalanish konteksti uni tuzganda aniqlanganidan boshqacha bo‘lishi mumkin.
Leksikografik
—
bu klassifikatorlar, kodifikatorlar, so‘zlar asosining lug‘ati,
tezauruslar, va h., bular odatda birgalikdagi hujjatli va faktografik MB da
spravochnik sifatida ishlatiladi va shu bilan birga ma‘lumotlar kontekstini
oldindan aniqlaydi.
2.
Axborot tizimini amalga oshirishda ishlatiladigan MBBT(ma‘lumotlar
bazasini boshqarish tizimi) ma‘lumotlar modelining turi bo‘yicha
uchta sinfga
bo‘linadi:
iyerarxik, tarmoqli, relyatsion
.
3.
Ma‘lumotlarni saqlash topologiyasi bo‘yicha local taqsimlangan AT ga
23
bo‘linadi.
4.
Ma‘lumotlardan foydalanish tezkorligi bo‘yicha tezkor va spravochnikli-
axborotlarga ajratish mumkin. Oxirgiga retrospektiv axborotli (kutubxona electron
katalogi, statistic axborotlarning MB va b.) AATsifatida qarash mumkin, mavjud
yozuvlarga odatda o‘zgartirish kiritilmaslik ehtimoli mavjud, ular asosiy faoliyatni
qo‘llash uchun foydalaniladi. Tezkor AT predmet sohasidagi ob‘yektlar va
texnologik jarayonlarning holatini va boshqarishni
tezkor aks ettirish uchun
mo‘ljallangan. Bu holatda ma‘lumotlar MB dan nafaqat olib tashlanadi, balki
o‘zgartiriladi va qo‘shiladi.
5.
AT axborotlarga kirish(dostupnost) darajasi bo‘yicha tizimlar resursiga kirish
boyicha
ommaviy
kirish
mumkin
bo‘lgan
va
kirish
chegaralangan
foydalanuvchilarga bo‘linadi. Oxirgisida avtorlashtirilgan (avtorning ruxsati bilan)
kirish to‘g‘risida gapirilayapti, y‘ani nafaqat individual ma‘lumotlar to‘plamini
aniqlovchi, balkim aniq foydalanuvchi uchun kirish mumkin bo‘lgan operatsiyalar
uchun ham.
Shuni aytish mumkinki, bu keltirilgan tasnif mukammal emas u
faoliyat doirasidagi tarixan yuzaga kelgan axborot tizimlari va texnologiyalarini
ishlab chiqish va qollash bilan bog‘liq ish holatini aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: