2.1.
Axborot tizimlarining tarkibi va tuzilishi
Asosiy tushunchalar va ta‘riflar
.
Tizim komponentlari tarkibi va bog‘lanishini aniqlash uchun quyidagi asosiy
tushunchalar ta‘riflarini keltiramiz.
Tizim
(grekchadan- butun, qo‘shilish, bo‘laklardan tuzilgan) -elementlar
jamlanmasi, bir-biriga ta‘sir qiluvchi va ma‘lum bir butunlikni tashkil qiluvchi
degan ma‘nolarni bildiradi.
Tizimlar butunligi
- uning alohida elementlari xossalarining yig‘indisiga
prinsipial ravishda tizim xossalarini yig‘ib bo‘lmasligini aks ettiruvchi
эмерджентлик
(
tizimdan tashqarida bo‘lgan alohida qaralayotgan uni tashkil
qiluvchi elementlariga xos bo‘lmagan
tizimning butunlik xossasi )xossasining
paydo
bo‘lishi va shu bilan birga har bir elementi xossalarining uning joyidan va tizim
ichidagi funksiyasidan bog‘liqligini aks ettiradi.
Tizim elementi
-ma‘lum bir funksional vazifaga ega bo‘lib, tizimning
qismidan iboratdir. Bunda biror bir tizimning alohida elementi boshqa bir tizimning
elementi ham bo‘lishi mumkin. O‘z navbatida o‘zaro bog‘liq oddiyroq
elementlardan tashkil topgan tizimlarning murakkab elementlari tizim ostilar deb
aytiladi.
Tizimlarni tashkil qilish
- xususiy holda, tizim elementlari holatining har
xilligini chegaralanishi yuzaga chiqarganda, ichki tartibga solinganlik, tizim
elementlarining o‘zaro ta‘siri uyg‘unligi.
Tizimlar holati
- tizim ega bo‘lgan muhim xossalar to‘plami.
Tizim tuzilmasi
-tizim asosiy xossalarini aniqlovchi tizim elementlari o‘zaro
ta‘siri tarkibi, tartibi va tamoyilidan iborat. Tuzilma -bu tizimning holati
o‘zgarganda unda o‘zgarmas bo‘lib qoluvchi xususiyatlarning bo‘lagi.
Tizim arxitekturasi
- uni tashkil etuvchilarning o‘zaro ta‘sirini tashkil qilish
uchun muhim bo‘lgan tizim xususiyatlarining yig‘indisi. Tizimning mavjud
bo‘lishi shakllari nuqtai nazaridan ular moddiy va abstract tizimlarga bo‘linadi.
Moddiy tizimlar
-moddiy tashuvchilarda taqdim qilingan axborotlarni haqiqiy
qayta ishlashni ta‘minlovchi energomaterial tizim. Ular texnik, ergatik va
20
ergatexnik(эргатические и эргатехнические), aralash qismlarga bo‘linadi. Aynan
ergatexnik tizimlar — «inson-mashina» moddiy tizimlar bo‘lib, ular ergatik(inson)
element va texnik element(mashina)dan tashkil topgan, shular o‘rganish uchun
asosiy predmetni tashkil qiladi.
Abstrakt tizimlar - bu tizimlar, operatsion(tezkor) ob‘ektlar sifatida bo‘lib
ko‘pincha ideallashtirilgan bo‘ladi, misol uchun,bilim, nazariya, gipoteza.
Axborot tizimi (AT)
— axborotni tashkillashtiruvchi, saqlovchi va tubdan
o‘zgartiruvchi moddiy tizimdir. Bu tizimning asosiy predmeti va mahsuloti bo‘lib
ishlab turuvchisi axborot hisoblanadi.
Ma‘lumotlarni qayta ishlash tizimi
(MQIT)-inson qatnashishi mumkin
bo‘lgan avtomatik qayta ishlash uchun yaroqli bo‘lgan formal ko‘rinishda taqdim
qilingan ma‘lumotlarni tubdan o‘zgartiruvchi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan usullar va
vositalar majmuidan iborat.
Bilimlarni qayta ishlash tizimi. (BQIT)
—axborotlarni mantiqiy qayta ishlash
uchun maxsus dasturiy ta‘minoti mavjud bo‘lgan abtomatlashgan AT.
Intellektual axborot tizimi
—xabarlar massivini mavjud bo‘lish darajasi bo‘yicha
tartiblash qobiliyatiga ega bo‘lgan; massivdan barcha mumkin bo‘lgan xabarlarni
mantiq yordamida chiqaruvchi natija sifatida ajratib olish; tashqi dunyodan yangi
axborotni olishda javob berish uchun yangi turdagi savollarni tayorlash;
saqlanadigan xabarlarni baholashga qobiliyat ya‘ni «refleksga» ega bo‘lgan
axborot tizimidir. [Smirnov, 1981];
Avtomatlashgan ATni tuzish asosiga asosiy tavsiya ma‘lumotlarni maxsus
qayta ishlash samaradorligini ta‘minlashdan iborat bo‘ladi, quyidagi tamoyillar
faraz qilinadi:
•
integratsiya tamoyili
— ma‘lumotlar va ularni o‘zgartirish operatsiyalarining
takrorlanishini ko‘p marotiba (maksimal) yoqotishdan ko‘ra tizimga bir marotiba
kiritilgan qayta ishlanadigan ma‘lumot mumkin bo‘lgan ko‘p sonli masalalarni
yechish uchun ishlatiladi;
•
tizimlilik tamoyili
— barcha darajada va barcha funksional tizimostilarda
qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan axborotni olish maqsadida turli
21
«kesma(разрезах)»larda ma‘lumotlarni qayta ishlash;
•
majmualik tamoyili
Do'stlaringiz bilan baham: |