74
Dastlab Grid texnologiyalari oqilona muddatlarda hal etilmaydigan alohida
hisoblash qurulmalarda murakkab ilmiy, ishlab chiqarish va muhandislik
masalalarini hal qilish uchun mo'ljallangan. Biroq, endi Grid doirasi bu bilan
cheklanmaydi. Grid texnologiyalari rivojlanishi bilan ular sanoat va biznesga kirib
bormoqda, yirik korxonalar o'z ishlab chiqarish vazifalarini hal qilish
uchun Grid
tizimlarini yaratmoqdalar. Shunday qilib, Grid ma’lumotlarni qayta ishlash uchun
universal infratuzilma roliga davogarlik qilib, nafaqat aniq amaliy masalalarni
yechadigan ko'plab xizmatlari (Grid Services) mavjud bo'lgan, balki servis
xizmatlarni: zarur resurslarni qidirish, resurs holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
yig‘ish, ma’lumotlarni saqlash va etkazib berishni taqdim qiladi.
Gridni qo‘llash katta hajmdagi ma'lumot oqimlarini ommaviy qayta ishlash;
ma’lumotlarni ko‘p parametrli tahlil qilish; katta hajmdagi ma’lumotlarni
amaliy
vizuallash; katta hajmdagi hisoblashlar mavjud bo‘lgan murakkab biznes ilovalari
va boshqalar kabi yangi sifat masalalar sinfini yeshishi mumkin.
Bugungi kunda Grid texnologiyalari davlat tashkilotlari boshqaruv sohasida,
mudofaa, kommunal xizmatlar shuningdek xususiy kompaniyalar, masalan,
moliyaviy va energetika sohasida faol ravishda foydalanilmoqda. Gridni qo‘llash
sohasi yadro fizikasi, atrof muhitni muhofaza qilish, ob-havoni prognoz qilish va
iqlim o'zgarishini modellashtirish, mashinasozlik
va samolyotsozlikda sonli
modellashtirish, biologik modellashtirish, farmatsevtika sohalarini qamrab olgan.
Grid ishlari butun dunyoda rasman mustaqil loyihalar shaklida olib boriladi.
Shunga qaramay, markazlarning rolini bajaradigan va rivojlanish yo'nalishini
sezilarli darajada aniqlaydigan tashkilotlar mavjud.
Ma’lumotlarni intelektual, iqtisodiy samarali saqlash
.
GMAS tizimiga
kiritilgan axborotni hayotiy siklini boshqarish imkoniyati (ILM) meditsina
tasvirlarini intelektual boshqarishni ta’minlaydi:eng qimmatbaho joriy ma’lumotlar
onlaynli
kirish qurilmalarga joylashadi, unchalik muhim bo‘lmaganlari avtomatik
ravishda kvazionlaynli yoki offlinli tizimga o‘tkaziladi. Ma’lumotlarning
qimmatliligi faylning ichidagilar bilan aniqlanadi. Ma’lumotlarni kerakli joyda,
75
kerakli tashuvchida va kerakli vaqtda saqlash korxonaning ma’lumotlarni saqlash
tizimiga jami xarajatlarni kamaytiradi.
Uskunalarni eskirish muammolarini uymshatish va modernizatsiyalashni
soddalashtirish.
GMAS yechimi shunday tuzilganki, unda texnologiyani
yangilashga shart-sharoit yaratish - ochiq-oydin yangi apparat resurslarini qo‘shish
mumkin, osonlik bilan eskirgan asbob-uskunalarni
ishlatishdan chiqarish va
ma'lumotlar o‘tkazishni avtomatlashtirish mumkin.
Yuqori ochiqlik, masshtablash va ishonchlilik.
GMAS ma’lumotlarni
saqlashning har-xil PACS-yechimlarni qo‘llab-quvvatlovchi, har-xil ta’minotchilar
va
ko‘plab
serverlar
ma’lumotlarini
saqlash
qurilmalarini
yagona
masshtablanadigan infratuzilmasini tashkillashtiradi. Resurslarni saqlashni
virtuallashtirish masshtablashishini, ishonchliligini va tayyorligini yaxshilashga
imkon beradi. GMAS yechimi —ilmiy muassasalar, davlat
va tijorat korxonalari
oldida turgan muammolarni hal qilish uchun, dunyoning turli regionlaridagi har-
xildagi hisoblanadigan resurslar va tarqoq manbalari xuddi Grid –texnologiyadek
buyurtmachilarni AT bilan o‘zaro aloqasi usullarini tubdan o‘zgartiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: