Gulchehra shadmanova, soyibjon mirzayev «zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari»


Ulashish opsiyalarining qulayligi



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/69
Sana13.06.2022
Hajmi2,56 Mb.
#664210
TuriУчебное пособие
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   69
Bog'liq
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari


Ulashish opsiyalarining qulayligi
.
YUqorida ham aytib o‘tilganidek, 
FileCloud.uz servisida saqlanayotgan fayllarni ko‘rish, o‘zgartirish, ko‘chirib olish 
uchun hamkorlar, hamkasblar yo do‘stlarga ruxsat berish mumkin. Bunda 
maxfiylik saqlanishi hisobga olingan va faylga ruxsat uchun har kimga 
yuboriladigan havola unikal (betakror) bo‘lib, siz belgilaydigan parolga ega hamda 
ma’lum muddatgagina amal qiladi. 
6. 
Jild ustida bir vaqtning o‘zida bir nechta foydalanuvchi ishlashi mumkin
.
Bitta umumiy jild ustida sheriklar bilan birga – turli joylardan turib ham umumiy 


71 
ishlay olish mumkin. Bu esa vaqtdan yutishga, real vaqt rejimida bir-birovni yaxshi 
tushungan holda muloqot qilib ishlashga imkon beradi. 
7. 
MS Office fayllariga o‘zgartirish kiritish
.
FileCloud.uz servisida 
saqlanayotgan Ofis fayllarni kompyuterga ko‘chirib olmasdan turib, turgan joyida 
o‘zgartirish mumkin. Bu, ayniqsa, ish tig‘iz payti yo‘lda yo boshqa noqulayroq 
sharoitda bo‘lib qolgan paytda qo‘l keladi – yo‘l-yo‘lakay smartfon orqali servisga 
kirib, fayllarga kerakli o‘zgartirishlarni kiritib ketaverish mumkin. 
8

MS Office fayllari ustida Collaboration usulida ishlash
.
Biror hujjat 
fayliga bir vaqtning o‘zida bir nechta kishi o‘zgartirish kiritishi mumkinligi – 
ajoyib imkoniyat. Fayllarga kirishga ruxsat berilgan hamkor bilan bir vaqtning 
o‘zida, ammo turli joylardan kirib ham onlayn tarzda birga ishlash – o‘sha hujjat 
matnini birga tayyorlash mumkin. 
9. 
Audio/video/surat fayllarini turgan joyida qarab chiqish
. Servisga yuklab 
qo‘yilgan audioovoz, videolavha yoki biror surat faylini ko‘chirib olmasdan turib 
ham dastlabki ko‘rishni amalga oshirish mumkin. Bu esa adashib boshqa faylni 
ko‘chirib olib, vaqt va trafikni behuda sarflashning oldini oladi. 
10. 
O‘chirilgan fayllarni qayta tiklash

Mazkur funksiya FileCloud.uz 
servisining uchta tarifida ko‘zda tutilgan bo‘lib, behosdan biror kerakli faylni 
«bulutli» saqlagichdan o‘chirib yuborganingizda, yoki o‘zingiz o‘chirganingizdan 
keyin o‘sha fayldagi biror ma’lumot kerak bo‘lib qolganida asqotadi. O‘chirilgan 
fayllarni qayta tiklash imkoniyati uchta tarif rejasi foydalanuvchilariga, tegishli 
tarzda 10, 20 yoki 30 kun muddat bilan taqdim etilgan. 
11. 
Qulay interfeys
.
Servis sayti ko‘rinishi sodda – ortiqcha unsurlarsiz, 
foydalanishga qulay qilib ishlangan. Undagi barcha kerakli funksiyalar 
shundoqqina kishi ko‘z o‘ngida xuddi kaftdagidek ko‘rinib turishi ishni, yangi 
foydalanuvchilar uchun esa – servisdan foydalanishni o‘rganishlarini ancha 
engillashtiradi. 
12. 
Boshqa foydalanuvchilarning fayl va jildlariga izohlar yozish
.
Agar 
FileCloud.uz servisining boshqa foydalanuvchisi sizga o‘z fayl va jildlariga ruxsat 
ochib bergan bo‘lsa, uning servisda saqlanayotgan jildlari va fayllariga o‘z 


72 
izohlaringizni yozishingiz mumkin. Bu, xususan, sheriklar bilan hamkorlikda 
ishlaganda naf beradigan funksiya. 
13. 
Kichik va o‘rta biznes uchun zo‘r imkoniyatlar
.
FileCloud.uz servisidan 
foydalanish kichik va o‘rta biznes sub’ektlari, shuningdek, yakka tartibdagi 
tadbirkorlar uchun ko‘plab imkoniyatlar taqdim etadi. IT-texnologiyalar bilan 
ishlayotgan firmalar mazkur servis orqali fayllarni oson almashishlari mumkin. 
Zero, hozirda biror faylni hamkoriga etkazish uchun fleshkada olib yurish kamida 
bitta xodimning qimmatli vaqtini oladi va qo‘shimcha yo‘l xarajatlarini talab etadi. 
Biznes sub’ektlari o‘zaro almashadigan fayllar hajmi yirikligi sababli ularni 
elektron pochta orqali jo‘natib ham bo‘lmaydi. SHunaqa vaziyatlarda 
tadbirkorlarga FileCloud.uz servisi ko‘makka keladi – frilanser, dizayner, modeler, 
animator va boshqalar katta hajmli fayllarni TAS-IX orqali bemalol almashishlari, 
ulashishlari (share) va saqlab qo‘yishlari (backup) mumkin. 
Yuqoridagilardan tashqari
,
yaqin kunlarda FileCloud.uz servisiga yana bir 
imkoniyat qo‘shilmoqda. Unda siz Yandeks.Disk, Google Drive, Dropbox kabi 
«bulutli» saqlagichlardagi akkauntingizni FileCloud.uz servisidagi akkauntingiz 
bilan sinxronlay oladigan bo‘lasiz. YA’ni, fayllaringizni TAS-IX hududidagi 
saqlagichga yuklaysiz, ular FileCloud.uz orqali tashqi servislarga yuboriladi, ya’ni 
sizning ishtirokingizsiz va trafik xarajatlarisiz sinxronizatsiya amalga oshiriladi. 
FileCloud –TAS-IX’dagi «bulutli» makon. 
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, 
muhim bo‘lgan fayllarni «bulutli» servisda saqlash uchun FileCloud.uz servisi juda 
maqbul tanlov. Undan foydalanyotgan kishi, avvalo, muhim ma’lumotlar 
xavfsizligidan xavotir olmasa ham bo‘ladi. Qolaversa, TAS-IX hududida faoliyat 
ko‘rsatgani sababli, tezlik va trafik miqdori masalasida ham muammo bo‘lmaydi. 
Servis jamoasi mijozlarning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda
uning imkoniyatlari doirasini muntazam kengaytirib borishmoqda. SHu bilan 
birga, mijozlar va qiziquvchilar bilan muntazam tarzda muloqotda bo‘lib turish 
uchun mazkur servisning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi 
sahifasi
 faoliyati ham 
yo‘lga qo‘yilgan. Qiziqtirgan savollar bilan shu sahifa orqali murojaat etilib, 
kerakli javoblar va maslahatlar olish mumkin. 


73 

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish