Gul o’simliklari va ularni parvarish qilish texnologiyasi



Download 300,33 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi300,33 Kb.
#232673
Bog'liq
gullar parvarishlash


GUL O’SIMLIKLARI VA ULARNI PARVARISH QILISH TEXNOLOGIYASI
Gulli o’simliklar (Amnophyta) - gul chiqaradigan eng yuksak o’simliklar. Ilgari ba’zi botaniqlar ochiq urug’lilarni ham gulli o’simliklar qatoriga kiritardi. So’ngg vaqtlarda gulli o’simliklar deb faqat yopiq urug’li o’simliklarnigina tushunishadi, chunki ochiq urug’lilarda haqiqiy gul bo’lmaydi, ochiq urug’lilarniig urchish organi qubba. Gulli o’simliklar bir qancha oilalar va o’rug’doshlarga hamda turlarga bo’linadi. Gulli o’simliklarni parvarish qilish deyarli hammasida ekish, o’g’itlash sug’orish va boshqa parvarish qilish texnologiyalari umumiy holda bir xil, lekin ularni xususiy turlari bo’yicha texnologiyalar farq qiladi. Quyida ayrim gulli o’simliklar vakillari bilan tanishamiz.

G ulxayridoshlar, g’o’zadoshlar (Malvaceae)-ikki pallalilardan ayritojlilarga mansub o’t va butalar oilasi. Barglar panjasimon o’yma. Gullari aktinomorf, ikki jinsli, yiriq oq, sariq yoki pushti. Kosachasi ikki qavat. Changchilari juda ko’p, ipchalari tutash. Urug’chisi bitta. Mevasi ko’pchiligida ko’sak. Yer yuzida 80 ga yaqin turkumi va 1500 turi bor. Ko’pi tropik va subtropik tumanlarda tarqalgan. Bulardan gulxayri, g’o’za, kanop, tugmachagul, paxtagul, gulhamishabahor keng tarqalgan. Hozirda Gullarning 12 turkumi va 75 turi, O’zbekistonda 6 turkumi va 17 turi o’sadi. Ularning ko’pidan tola olinadi, dori tayyorlanadi. Manzarali o’simlik sifatida ekiladi.

Rayhon (Ocimum)-labguldoshlar (labgullilar oilasi)ga mansub bir yillik o’simliklar turkumi. 150 ga yaqin turi subtropik va tropik mamlakatlarda tarqalgan. Manzarali, dorivor va ziravor o’simlik sifatida O’rta Osiyo, Ukraina va Zakavkaziyada o’stiriladi. Evgenol Rayhonning bo’yi 70-100 sm; chala buta. Bargi yiriq tuxumsimon nashtarsimon. Gullari poya va novd alarnnng uchida boshoqsimon to’pgulga yig’ilgan. Gektaridan 40-80 s yashil massa olinadi. Tarkibida 0,3% cha efir moyi, 70% cha evgenol bo’lib, atir upa va oziq-ovqat sanoatida, shuningdek medisinada ishlatiladi. Erta bahorda ekiladi. 18- 20°C temperaturada 10-12 kunda unib chiqadi. Oddiy rayhon O’zbekistonning hamma viloyatlarida o’sadi. Bo’yi 40-60 sm bargi tuxumsimon, yashil, binafsha rangulpar Guli oq yoki pushti, to’pguli boshoqsimon. Urug’i qo’ng’ir rangli. Bargining rangi va shakliga ko’ra bir necha navga ajratiladi, masalan, oq rayhon, osh rayhon, va qora rayhon O’rta Osiyoning tog’li tumanlaridagi dengiz sathidan 800-2200 metr balandliklarida, tog’ yon bag’irlarida rayhonning yana bitta turi tog’ rayhoni tarqalgan. Tabiiy tarqalgan maydonlarning har gektaridan 200-1500 kg xom ashyo (ho’l) olish mumkin. Tog’ rayhoni konservalarga hid berish, bodring, karam, pomidor va tarvuzlarni to’zlash uchun ishlatiladi, quritilgan mevalar (qoqilar)ni qurtlashdan saqlaydi, ziravor sifatida ovqatga solinadi. Xalq tabobatida turli kasalliklarni davolash uchun ishlatiladi. Medisinada undan siydik haydovchi, uxlatuvchi, tish og’rig’ini qoldiruvchi dori sifatida foydalaniladi.

Gulsapcap (Iris sogdiana) - sapsardoshlar (sapsargullilar oilasi)ga mansub ko’p yillik o’t. Bo’yi 30-50 s Barglari qilichsimon yoki kengqalami, eni 1,5-3 s Gulqo’rg’oni yiriq to’g’ri. Ko’sagi cho’ziq, 6 qirrali, uzunligi 2-4 sm, uchida ko’sakning yarmiga teng keladigan tumshuqchasi bor. Gulsapsar tarqalgan joyiga (dengiz sathidan qancha balandlikda joylashganiga) qarab may- iyulda gullab, iyun-avgustda urug’laydi. Gulsapsar adirlarda va tog’larda, sernam yerlarda o’sadi. O’zbekistonda Toshkent, Farg’ona, Samarkand va Buxoro viloyatlarida ko’p tarqalgan.

Gultojixo’roz, tojixo’roz (Gelosia cristata L.)-machindoshlar (machingullilar oilasi)ga mansub bir yillik o’t. Poyasi tiq bo’yi 10-70 s Barglari yiriq uzunligi 5- 7 sm, eni 2,5 sm, uzun bandli. To’pguli har xil shaklda, asosan, barg qo’ltig’ida joylashgan. Gullari ikki jinsli, gulqo’rg’oni oddiy, changchisi 5 ta. Mevasi ko’p urug’li ko’sakcha. O’zbekistonda manzarali o’simlik sifatida ko’p ekiladi.

G ulpar, naypoya (Heracleum Lehmannianum Rge.) soyabonguldoshlar (soyabongullilar oilasi)ga mansub o’simlik. Yevropa va Osiyoning o’rta mintaqalarida 12, O’zbekistonda Gulparning bitta ekma va 7 ta yovvoyi turi bor. Gulparlar to’qaylarda, sug’oriladigan maydonlarda va boshqa yerlarda uchraydi. Gullari to’g’ri, 5 bo’lakli, ikki jinsli. gulpar dorivor, manzarali o’simliq undan bo’yoq olinadi. O’zbekistonda gulparning ayrim turi manzarali va dorivor o’simlik sifatida ko’p ekiladi. Poyasi 1.5-2 i, yo’g’on, tuklar bilan qoplangan barglari 3-7 bo’lakli, uzun bandli. Gullari yakka-yakka yoki 2-3 tadan barg qo’ltig’ida va poya uchila o’rnashgan, tojbarglari qat-qat joylashgan. Iyun-avgustda gullab, iyul-sentyabryaa urug’laydi. Tojbarglaridan vino, sirka va boshqalarga rang berishda hamda teri shoyi va jun kabilarni bo’yashda foydalaniladi. Gullarning ayrim off icinalis turi dorivor o’simlik sifatida medisinada qadrlanadi. Uning ildizidan tayyorlangan sun’iy ekstrakt nafas yo’llari kasalliklarida (ayniqsa bolalarda) balg’am ko’chirish, ko’krakni yumshatish uchun va yallig’lanishga qarshi, me’da ichak kasalliklarida asab o’rab oluvchi dori sifatida ishlatiladi. Barcha turdagi gullar gulxona va gulzorlarda yetishtiriladi va ko’paytiriladi.

Gulchilik o’simlikshunoslikning gul va manzarali o’simliklar bilan shug’ullanuvchi sohasi. Ochiq va yopiq yerdagi gulchilikka bo’linadi. Ochiq yerdagi gulchilikda bir yillik (qashqargul, itogiz. gulbeor, xushbo’y tamaki)- ikki yillik (kapalakgul, bo’tako’z, chinnigul) va ko’p yillik (gulsapsar, pion, floks va boshqa) gullar o’stiriladi. Yopiq yerdagi (teplisa, oranjereya, parniklar) gulchilikda noziq, chiroyli gullaydigan, yaproqlari hamisha yashil o’simliklar (xrizantema, siklamen sinenariya, gortenziya, palma, drasena, fikus va boshqa) o’stiriladi. Gullarni ekishdan oldin gulzor tuprog’i o’g’itlanib, yumshatiladi. gulchilikning o’rta qismi atrofiga qaraganda balandroq yoki pastroq qilinadi. gulxonada o’stirilayotgan gullar yoz davomida bir necha marta o’zgartiriladi. O’rta hisobda gulxonaning har kvadrat metriga bir yillik gullardan 35 tup yoki ko’p yillik gullardan 20 tup va gilam gullardan 300 ga yaqin ekiladi. Gulzor o’simlik chiroyini ko’rsatish uchun maxsus bezatiladi. Hajmiga, joylashgan o’rniga qarab, har xil shaklda (ko’rinishda) barpo etiladi. gulzor ayniqsa, ko’k maysa fonida joylashib, daraxt hamda butalar bilan o’ralgan bo’lsa, ko’rinishi yanada chiroyli bo’ladi. O’simlik tur xillari to’g’ri tanlanib, yaxshi parvarish qilib borilsa, Gulzor manzarasi ko’p yillargacha o’zgarmay turadi. Gulzordagi gullaring tur va xillari vaqt-vaqti bilan yangilanib, shakli o’zgartirib turiladi;

O’zbekistonda gul va manzarali o’simlik ko’chatlari, qalamcha va urug’lari hamda tuvaklarda o’stiriladigan gullar yetkazib beradigan xo’jaliklar, gul va ko’chat sotadigan maxsus «O’zbekiston gullari» firmasi tashkil etilgan Gulchiliklar bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarini O’zbekiston FA Botaniqa bog’i, akad.R.R.Shreder nomidagi bog’dorchilik tokchilik va vinochilik ilmiy tekshirish instituti tayyorlaydi.




Download 300,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish