19 - Amaliy mashg’ulot.
Nargisdoshlar – Amaryllidaceae oilasi
Nazorat savollari
Nargisdoshlar oilasiga xos umumiy belgilari qanday tuzilgan?
Nargisdoshlar oilasi - Amaryllidaceae. Oila vakillari tropik va subtropik mintaqalarda keng tarqalgan. Oilaga 65 turkum, 900 tur kiradi. O’zbekistonda 3 ta turkumga oid 5 turi o’sadi. Asosan, ko’p yillik o’tlar kiradi. Barglari nashtarsimon, ildiz bo’g’zida joylashadi. Gullari 2 jinsli, aktinomorf. Mevasi – ko’sakcha. Turkumlari: omonqora, nartsiss, shtyernbyergiya. soxta (sariq) va nafis (oq) nartsiss turlari mavjud bo’lib, har ikkala tur ko’p yillik, piyozli manzarali o’simlik hisoblanadi. Aprel oyida gullaydi.
Piyozdoshlar oilasining xaraktеrli bеlgilari nimalardan iborat?
Piyozdoshlar oilasi - Alliaceae. Oila 30 turkum, 250 turni bir-lashtiradi. O’zbekistonda 100 dan ortiq turi o’sadi. Bu oilaga piyozchali yoki ildizpoyali ko’p yillik o’simliklar kiradi. Ularning barglari nashtarsimon yoki qalami, bandsiz. To’pgullari oddiy yoki murakkab soyabonda o’rnashgan. O’simliklarning piyozi o’tkir hidli yoki sarimsoq hidi va ta'mi bor. O’zbekistonda yovvoyi holda o’sadigan piyozlarning ko’pchiligi "O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobi”ga kiritilgan.
3. Piyozdoshlarning tabiiy va ekma turlari qanday bеlgilarga ega? Piyozdoshlarning ekma turlariga oddiy piyoz misol bo’ladi. Oddiy piyoz - Allium cepa. Piyozboshli, ekiladigan o’simlik. Bo’yi 100 sm gacha yetadi. Piyozboshi sharsimon, tuxumsimon bo’lib oq qizg’ish, to’qsariq rangli po’st bilan qoplangan. Poyasi yo’g’onlashgan. ichi bo’sh, o’rta qismidan pasti shishgan. Bargi suvli, naychasimon. ustki qismi ingichkalashgan, yashil rangli. Gullari soyabonsimon to’pgulda yig’ilgan. Gulqo’rg’oni gultojbargsimon, oq rangli. Changchilari - 6 ta. Urug’chisi - 1 ta, mevasi – ko’sakcha. 4. Piyozdoshlar oilasi qanday ahamiyatga ega?
Piyozdoshlar oilasi vakillari o’simliklar dunyosida katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu oila vakillari uchun ham o’simliklarning tabiatdagi umumiy vazifalari (organik moddalar sintezlash, tuproq hosil bo’lishida ishtirok etish va uni yemirilishdan saqlash, organik qoldiqlar bilan boyitish, biogen migratsiyada ishtirok etish va hokazo) o`rinlidir. Shu bilan birga ushbu oilaga kiruvchi piyoz Piyoz eng ko’p iste'mol qilinadigan asosiy o’simliklardan biridir. Piyoz C vitaminiga boy bo’lib shu bilan birga tarkibida bakteriyalarni nobud qiluvchi fitonsidlar ham saqlaydi. Shuningdek piyozlarning manzarali o’simlik sifatida ekiladigan turlari ham bor.
39-rasm. Oq narsiss-Narcissus poeticus: 1umumiy ko’rinishi, 2-piyozli ildizi, 3-gulining ko’ndalang kesimi, 4-mevasi, 5-mevaning ko’ndalang kesimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |