Gulli o‘simliklarning urug‘lanish sxemasi: 1 – urug‘chi tumshuqchasi; 2 – o‘sib chiqqan chang donachasi; 3 – chang naychasi; 4 – tuxum hujayra; 5 – markaziy hujayra; 6 – urug‘kurtak.
Eng yirik gul. 1818-yili Sumatra oroliga borgan tadqiqotchilardan doktor Arnold va Tomas Stafford Raffls ilk bor dunyodagi eng yirik gulga duch kelishdi. Uning 1 m keladigan diametri, 5 sm qalinlikdagi gultojbarglari, rangi, poyasi va bargining yo‘qligi, qo‘lansa hidi kuzatuvchilarda katta qiziqish tug‘diradi. Tekshirishlar bu gulni boshqa o‘simlikning uzun po‘stlog‘i orasiga kirib olib, uning shirasi hisobiga yashashini ko‘rsatdi. O‘simlik uni topgan olimlarning nomi bilan – Raffleziya Arnoldi deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |