Izoh. Gulkosachabargi va gultojbarglari 5 tadan, qo‘shilmagan, changchilari soni cheksiz, urug‘chisi esa 1 ta.
3. Lola gulining formulasi – Og 3+3Ch 3+3U (3).
Izoh. Oddiy gulqo‘rg‘on, gultoji 6 ta, ikki halqada (har bir halqada 3 tadan) o‘rnashgan, changchilari 6 ta, ikki halqada o‘rnashgan, urug‘chisi 1 ta, 3 ta urug‘chi bargning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan.
4. Sachratqi gulining formulasi – Gk 0Gt (5)Ch (5)U (2).
Izoh. Gulkosachabarglar rivojlanmagan, gultojbarglar 5 ta, bir-biri bilan qo‘shilgan, changchilari 5 ta, qo‘shilgan, urug‘chisi 2 ta, urug‘chi bargning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan.
Xulosa qilib aytganda, gul o‘simliklarning jinsiy ko‘payish organi bo‘lib, gulband, gulo‘rni, gulqo‘rg‘on, changchi va urug‘chidan tashkil topgan.
Gulning formulasiga qarab, ular qaysi oilaga kirishini ham bilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |