Gruntlarning strukturasi. Gruntshunoslikda gruntlarning strukturasi deb
uning elementlarini (ayrim donachalar, zarrachalar, agregatlar, tolalar) o’lchami,
shakli, yuzasi tavsifi, miqdoriy nisbati va ularning bir biriga o’zaro bog’liqligi
tushunuladi. Strukturali elementlarning o’zaro ta‟siri gruntda bo’lgan suyuq, tirik
va ayrim hollarda gazsimon komponentlarga bog’liq bo’ladi, bunday yondashuvda
struktura gruntning ko’p komponentli tizimi ekanligining alomati hisoblanadi.
Tog’ jinslarining strukturali elementlari o’lchami – asosiy alomatlaridan biri
– keng qamrovda o’zgarishini ta‟kidlash joiz. Masalan, yirik donali tog’ jinslarida
donachalari o’lchami o’nlab santimetrga, qumli, magmatik (intruziv) va
metamorfik jinslarda ular millimetrni yuzdan bir ulishidan bir necha
millimetrgacha, nozik dispers cho’kindi jinslarda – millimetrning mingdan bir
ulishiga yetadi. Strukturali alomatlarining masshtabiga bog’liq ravishda jinslar
strukturasi ko’z bilan chamalab (ochilmalarda va jinslar namunalarida) yoki optik
va elektron mikroskoplarda (shlif va anshliflarda) o’rganiladi. Ikkila holatda ham
«struktura» atamasi makrostruktura va mikrostruktura tushunchasiga mos ravishda
foydalaniladi. Gruntlar orasida tavsifli bo’lgan strukturaning bir necha xil turini ajratish mumkin: kristallashgan, sementlashgan, koagulyatsiyalashgan, o’tuvchi, aralash va bog’lanmagan (sochiluvchi). Asosiysi fazoviy tutash joy bo’lgan gruntlar uchun kristallashgan struktura tavsifli bo’ladi. Bunday gruntlar toifasiga ko’pchilik magmatik va metamorfiki jinslar, shuningdek xemogen kristallash yo’li bilan hosil bo’lgan (tuzlar, ohaktoshlar, dolomitlar)lar kiradi. Asosiysi sementlashgan tutash joy bo’lgan cho’kindi sementlashgan gruntlar uchun sementlashgan yoki kondensatsion-kristallashgan struktura tavsifli bo’ladi.
Bularga ko’pchilik konglomeratlar, brekchiya, qumtoshlar, alevrolitlar, mergelning
mustahkam turi, karbonatli gillar, opoka, ayrim ohaktoshlar va boshqalar
taalluqliydir.
Koagulyatsion struktura koagulyatsion tutash joy turidagi yotqiziqlarda:
illarda, bo’sh litifitsirlangan gilli gruntlarda, tuproqlarda, torflarda keng tarqalgan. O’tuvchi tutash joy asosiysi bo’lgan gruntlar uchun o’tuvchi struktura
tavsifli bo’ladi. Bunday jinslar tarkibiga bo’sh litifitsirlangan suvga to’yingan
gillar, shuningdek litifikatsiyaning har qanday turidagi degidratlashgan gilli
cho’kindilar, lyosslar va tuproqlarning ayrim turlari kiradi.
Har xil turdagi tutash joylar bir vaqtda bo’lgan jinslar uchun aralash
(koagulyatsion-sementlashgan yoki koagulyatsion-kristallashgan) struktura
tavsiflidir. Bunday jinslar qatoriga zich, kuchli litifitsirlangan gillar, toshsimon
lyosslar, mergellarning ayrim turlari, bo’r, diatomitlar, trepel, gilli sementlar bilan
birgalikda qisman qumtoshlar va boshqalar kiradi.
Bog’lanmagan (sochiluvchan) strukturalar - mexanik tutash joyi hisobiga
kam bog’lanishga ega bo’lgan strukturalar taalluqlidir. Bunday struktura turiga
yirik donali (gilli to’ldiruvchisiz) va qumli gruntlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |