38. “CHinor” ya’ni Asqad Muxtorning ajoyib
romani meni juda qiziqtirdi. Ushbu gapda
qaysi o’rinlarda vergul ishlatilishi lozim?
A) ya’ni so’zidan keyin
B) ya’ni so’zidan oldin
C) ya’ni so’zidan oldin va romani so’zidan
keyin
D) ya’ni so’zidan keyin va romani so’zidan
keyin
39. Hoy // bahodirlar // Mana // mard-u
maydonning kattasi chiqdi. // belgilari o’rniga
qanday tinish belgilari qo’yiladi?
A) vergul, vergul, vergul
B) vergul, vergul, undov belgisi
C) undov belgisi, vergul, vergul
D) vergul, undov belgisi, vergul
40. Qalay Hamidboy ishlar o’ngidanmi? Ushbu
gapda vergul qaysi o’rinlarda ishlatiladi?
A) qalay so’zidan keyin
B) Hamidboy so’zidan keyin
C) Hamidboy so’zining har ikki tomoniga
D) ishlar so’zining har ikki tomoniga
41. Ular bir-birlariga mamnun qarab
qo’yishdi. Biroq O’ktam natijani bundan ham
ortiq chamalaganini aytdi. Ushbu zidlov
bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplarda
nima sababdan biroq so’zidan oldin vergul
emas, nuqta qo’yilgan?
A) bir paytda sodir bo’lgan voqea-hodisalar
bo’lgani uchun
B) ketma-ket sodir bo’lgan voqea-hodisalar
bo’lgani uchun
C) mazmunan ancha mustaqil gaplar bo’lgani
uchun
D) nuqta emas, vergul qo’yilishi lozim edi.
42. “Bugun ko’chat ekishni tamomladik. – dedi
qiz. – Halim bobo bo’lsalar dam olgani
ketdilar”.
Ushbu ko’chirma gapda tinish belgilarining
ishlatilishi haqidagi qaysi fikr to’g’ri.
A) tamomladik so’zidan so’ng vergul bo’lishi
lozim.
B) dedi qiz dan so’ng vergul bo’lishi lozim
C) A va B
D) tinish belgilari to’g’ri qo’llangan.
43. Qaysi ko’chirma gapda zarur tinish belgisi
qo’llanmagan?
A) “Inson har doim quvnoq, xushchaqchaq
bo’lishi va baxtiyor yashamog’i lozim”,
–degan edi Forobiy
B) Abu Rayhon Beruniy shunday deydi: “Erta-
yu kech dushmanga zarar-u do’stga foyda
keltirgan odam mardlarning mardidir”.
C) Mahmud Qoshg’ariy: “Botir jangda, dono
majlisda sinaladi”, -- deb aytgandi.
D) “Aqlli kishi sabr etar har nafas”—deydi
Sa’diy SHeroziy.
44. Bolalar siz ehtimol CHolbolani
ko’rmagandirsiz? Ushbu gapda qanday tinish
belgilari ishlatilishi lozim?
A) bolalar so’zidan keyin vergul
B) ehtimol so’zidan so’ng vergul
C) bolalar va ehtimol so’zlaridan so’ng vergul
D) bolalar so’zidan so’ng vergul, ehtimol
so’zidan so’ng tire
45. Ko’chirma gapda asosan qanday tinish
belgilari ishlatiladi? 1. nuqta 2. vergul 3.
nuqtali vergul 4. ikki nuqta 5. tire 6. qavs
7. qo’shtirnoq
A) 2, 4, 5, 7 B) 1, 2, 3, 4.5, 7
C) 1, 2, 4.5, 7 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7
46. Otam “Mirzo” va “G’ulom” taxalluslari
bilan talay she’rlar yozgan? (G’.G’.) Ushbu
gapdagi tinish belgilarining qo’llanishi haqida
bildirilgan qaysi fikr to’g’ri?
A) tinish belgilari to’g’ri qo’llangan
B) “Mirzo” , “G’ulom” so’zlari qo’shtirnoqqa
olinmasligi kerak edi.
C) Olingan manba (G’.G’.)dagi qavsdan so’ng
nuqta bo’lishi lozim edi.
D) Qo’shtirnoq “Mirzo va G’ulom”
ko’rinishida qo’llanishi lozim edi.
47. Viktor//Lizaning ukasi // ishchi-yoshlar
maktabida, kichkina Liza bilan Karomat //
bunisi Salomat xolaning qizi // ikkinchi
smenada o’qishadi. // belgilari o’rniga qanday
tinish belgilari qo’yish lozim?
A) faqat vergul B) faqat tire C) faqat qavs
D) birinchi va ikkinchi // belgilari o’rniga
vergul, ikkinchi va uchinchi // belgilari o’rniga
qavs
48. Yaxshi ro’zg’or // jannat, yomon ro’zg’or
// do’zax. // belgilari o’rniga qanday tinish
belgilari qo’yiladi?
A)vergul B) tire C) ikki nuqta
D) hech qanday tinish belgi qo’yilmaydi
49. Muhtaram otalar // opalar// kelinlar //
o’g’illar // opa-singillar// sizga shu haqda
murojaat qilamiz // belgilari o’rniga qanday
tinish belgilari qo’yiladi?
A) undov vergul, vergul, vergul, vergul
B) undov vergul, vergul, vergul, tire
C) barcha o’rinlarga vergul
D) vergul, vergul, vergul, vergul, undov
50. Ergashgan qo’shma gapdagi ergashgan
gapning kesimi chiqish kelishigini olgan
sifatdosh bilan ifodalansa qanday tinish belgisi
qaysi o’ringa qo’yiladi?
A) Kelishik qo’shimchasini olgan sifatdoshdan
keyin ikki nuqta qo’yiladi
B) Kelishik qo’shimchasini olgan sifatdoshdan
keyin nuqtali vergul qo’yiladi.
C) Kelishik qo’shimchasini olgan sifatdoshdan
keyin tire qo’yiladi.
D) Kelishik qo’shimchasini olgan sifatdoshdan
keyin vergul qo’yiladi.
51. Qaysi qatordagi birikmadagi qo’shtirnoq
ishlatiladi
A) Pomir tog’lari B) G’uzor tumani
C) Xotira kuni D) Ozodlik haykali
52. Qaysi qatordagi birikmalarda qo’shtirnoq
noto’g’ri ishlatilgan?
A) “Matbaa a’lochisi” nishoni
B) “Sog’liqni saqlash vazirligi” xodimlari
C) “O’zbekiston qahramoni” unvoni
D) “Dilorom” operasi
53. “CHet tilini bilish kerak. –dedi muallima. –
Menimcha, chet tilini bilish fanni chuqur
o’rganishda va mustaqil muloqotda juda
zarur”.
Ushbu ko’chirma gapdagi tinish belgilarining
ishlatilishi haqidagi qaysi fikr to’g’ri?
A) CHet tilini bilish kerak gapidan so’ng
vergul qo’yilishi lozim edi.
B) dedi muallima gapidan so’ng vergul
qo’yilishi lozim.
C) A, B D) tinish belgilari to’g’ri qo’llangan.
54. Biriktiruv bog’lovchisi vazifasida -u (-yu),
-da yuklamalari kelsa, undan so’ng qanday
tinish belgilari qo’yiladi?
A) vergul qo’yiladi
B) hech qanday tinish belgisi qo’yilmaydi
C) -u (-yu) yuklamasidan so’ng vergul, -u (-
yu) yuklamasidan so’ng hech qanday tinish
belgisi qo’yilmaydi
D) -da yuklamasidan so’ng hech qanday tinish
belgisi qo’yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |