70. Qaysi qo’shma so’zlar ajratib yoziladi?
A) bir//oz B) kartoshka//gul
C) qay//kuni D) bira//to’la
71. Qaysi qatorda izofali biirikma berilgan?
A) ko’pdan ko’p B)dardi bedavo
C) tim qora D) dil izhori
72. Qaysi ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi
(harakat tarzi) qo’shilib yozilishi mumkin?
A) so’rab qo’y B) bera boshla
C) bora oldi D) ko’rib tur
73. Qaysi olinma so’zlar noto’g’ri yozilgan?
1. aerostat 2.poema 3. vakum
4. ukrain 5. mozaika
A) 1, 3, 4 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 2, 3 D) 2, 5
74. Qaysi so’z noto’g’ri yozilgan?
A) projektor B) gurgut
C) yonma-yon D) badxo’r
75. Qaysi so’z noto’g’ri yozilgan?
A) bulduruq B) yutuq
C) uzuq D) burusgiq
76. Qaysi so’z birikmalariga egalik
qo’shimchalari qo’shilgach, imloviy xato yuz
bergan?
A) uning bor-yo’g’i
B) yurtim ravnag’i
C) yozuvchining ocherki
D) qozonning yuqi
77. Tomiz, tik, kel, kul, eg so’zlariga orttirma
nisbat qo’shimchalarining qo’shilishi qaysi
qatorda to’g’ri tartiblangan?
A) –dir, -dir, -tir, -dir, -dir
B) –tir, -tir, -tir, -dir, -dir
C) -dir, -tir, -dir, -dir, -dir
D) –dir, -tir, -tir, -dir, -dir
78. Qaysi qatordagi birikmada bosh harflar
to’g’ri ishlatilgan?
A) Jahon Tinchlik Kengashi
B) Misr arab respublikasi
C) Xalq Ta’limi Vazirligi
D) Rossiya federatsiyasi
79. Ikkinchi qismi atoqli ot bo’lgan joy nomlari
qanday yoziladi?
A) qo’shib yoziladi B) ajratib yoziladi
C) qo’shib va ajratib yoziladi
D) chiziqcha bilan yoziladi
80. Rus tilidan aynan o’zlashtirilgan yoki
so’zma-so’z tarjima qilish yo’li bilan hosil
qilingan qo’shma so’zlar qanday yoziladi?
A) ajratib yoziladi
B) chiziqcha bilan yoziladi
C) qo’shib yoziladi
D) qo’shib yoki ajratib yoziladi
81. Qanday qisqartmalar ajratib yoziladi?
A) barcha qisqartma so’zlar ajratib yoziladi
B) barcha qisqartma so’zlar qo’shib yoziladi
C) yonma-yon kelgan ikki qisqartma ajratib
yoziladi D) to’g’ri javob yo’q
82. Qaysi so’zlar noto’g’ri yozilgan?
A) yildan-yilga B) unter-ofitser
C) ko’chama-ko’cha
D) barchasi to’g’ri yozilgan
83. Qaysi so’zlarga egalik qo’shimchalari
tovush orttirmay qo’shiladi?
1. avzo 2. obro’ 3. orzu 4. mavqe
5. bobo 6. idrok
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6 B) 2, 3, 5
C) 3, 5, 6 D) 3, 5
84. Qaratuvchili birikmaning bir so’zga
aylanishi bilan yuzaga kelgan qo’shma otlar
berilgan qatorni toping.
A) O’rta CHirchiq, Ko’hna Urganch
B) mingboshi, so’zboshi
C) kiryuvdi, qoryog’di
D) oshrayhon, nosqovoq
85. Narsaning biror maqsad, ish uchun
mo’ljallanganligini bildiruvchi qo’shma otlarni
toping.
A) kirsovun, ko’zoynak
B) olaqarg’a, , achchiqtosh
C) sheryurak, bodomqovoq
D) cho’lquvar, ishyoqmas
86. Qaysi so’zda x va h harfining yozilishida
xatolik bor?
A) hulq-atvor B) maxluq
C) xoh-noxoh D) holvaytar
87. Qaysi qatordagi juftlikda xatolik bor?
A) bikir—bikr B) bidon—beton
C) beshak—beshik D) bug’i—bo’g’od
88. Qaysi so’zlar imlo qoidasiga ko’ra to’g’ri
yozilgan?
1. publitsistik 2. punktuatsiya
3. adlia 4. ball 5. feleton 6. mavrud
A) 1, 3, 4, 6 B) 2, 4, 6
C) 1, 2, 3.4, 5, 6. D) 1, 2, 4
89. Qaysi juft so’zlarning o’rnini almashtirib
qo’llash mumkin?
A) sha’n—shavkat B) shavq—zavq
C) sharm—hayo D) chizma-chiziq
90. Narsani boshqa biror narsaga nisbatlash
(qiyoslash), o’xshatish yo’li bilan hosil
bo’lgan so’zlarni toping
.
A) achchiqtosh, mingoyoq
B) kirsovun, qiymataxta
C) karnaygul, devqomat
D) suvilon, cho’lyalpiz
91. Qaysi juftliklarning har ikkalasi ham
to’g’ri yozilgan?
1.urush—urish, 2. tutun—tutin, 3. qurut—
qurit, 4. mulk—milk, 5.yuvindi—yuvundi
A) 1, 3, 4, 5 B) 1, 3, 4
C) 2, 3, 5 D) 1, 2, 3, 4.5
92. 1995 yil imlo qoidasiga ko’ra noto’g’ri
yozilgan so’zlarni toping.
A) biroz, hayron
B) evakuasiya, batalon
C) bir qadar, shovullamoq
D) birato’la, birmuncha
93. Qaysi qatorda so’z qo’llash bilan bog’liq
xato mavjud?
A) Yoz boshlanib, Yaksart bo’yidagi o’tlar
qovjiray boshladi.
B) Kir Araks daryosiga ko’prik qurishni
buyurdi.
C) Bu jodidan ikki ko’zim, bir Sayhun, biri
Jayhun
D) O’sha yili Eron shohi Darayavush O’kuzdan
kechib, Sug’diyani bosib oldi.
94. Qaysi bayram nomlarida imloviy xato
mavjud?
A) 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni
B) 1-yanvar – yangi yil
C) 1-oktabr –Ustozlar va murabbiylar kuni
D) 1-sentabr – O’zbekiston Respublikasining
Mustaqillik kuni
95. Qaysi qatordagi birikma to’g’ri yozilgan?
A) O’zbekiston milliy universiteti
B) O’zbekiston respublikasi Oliy Senati
C) Toshkent traktor zavodi
D) Markaziy osiyo davlatlari
96. Qaysi qatordagi so’zda imloviy xato
mavjud?
1.tanbur 2. ansanbl 3. manba
4. ombur 5. yonbosh
A) 1, 2 B) 2 C) 1, 4, 5
D) barchasi to’g’ri yozilgan
97. Sovuqdan o’rtog’imning burni, qulog’i
qizarib ketgan edi.
Ushbu gapdagi fonetik yozuv qoidasi asosida
yozilgan yasama so’zlar miqdorini toping.
A) 3ta B) 4 ta C) 1ta D) 2 ta
98.o’ tarzida talaffuz qilinadigan o unlili
so’zlarni aniqlang.
A) bog’bon, posbon, Qo’qon
B) Hirot, Toshkent, Tojixon
C) poydevor, soz, non
D) kod, poezd, kurort
99.Tok (elektr toki) - tok (uzum toki, ishkom);
tom (asarning birinchi tomi) - tom ( uy tomi);
ton (sado, ovoz) - ton (gapidan tonmoq)
o harfining ikki xil talaffuz etilishi natijasida
qanday birlik hosil bo’lgan?
A) omonim B) sinonim
C) paronim D) ko’p ma’noli so’z
100.Qaysi so’zlardagi b harfi v tarzida talaffuz
qilinadi?
A) tavba, arbob B) qibla, tobla
C) Abror, asbob D) turuba, tumbochka
101.O’zbek tilining ichki qonunlari asosida
tovush orttirilib yozilgan so’zlarni toping?
A) telegramma, diagramma
B) moddiy, taajjub C) tanka, banka
D) matbaa, mutolaa
102.Qaysi ruscha - baynalmilal so’zlar
noto’g’ri yozilgan?
A) agent, tipografiya
B) agrobiyologiya, ekskovator
C) telegraf, teploxod
D) agronom, agrotexnika
103.Qaysi ruscha - baynalmilal so’zlar to’g’ri
yozilgan?
1.konsert 2.sentner 3.kinosyujet 4.aeroport
5.konstruktor 6.konstitutsiya 7.delegatsiya
A) 1, 2, 3, 6, 5 B) 1, 2, 5, 6, 7
C) 1, 2, 4, 5, 6, 7 D) barchasi to’g’ri
yozilgan
104.Qaysi so’z noto’g’ri yozilgan?
A) simfoniya B) ansanbl
C) felyeton D) barchasi to’g’ri yozilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |