Grafika, fonetika va orfoepiya
1.Grafika nimani o’rganadi?
A) nutqning tovush tuzilishini
B) yozma nutqning harflar tuzilishini
C) so’zlarning to’g’ri talaffuz qilinishini
D) so’zlarning to’g’ri yozilishini
2. Og’zaki nutqning tovush tuzilishini
tilshunoslikning qaysi bo’limi o’rganadi?
A) fonetika B) orfoepiya
C) grafika D) leksikologiya
3. Og’zaki nutqning eng kichik, boshqa mayda
bo’lakka bo’linmaydigan qismi....
A) harf B) so’z birikmasi
C) nutq tovushi D) gap
4. Til oldi jarangsiz undoshlari berilgan
qatorni aniqlang?
A) l, z, d, j B) b, p, m
C) t, s, sh, ch D) k, q, x, h
5. Yopiq bo’g’inlardan biri lab undoshlaridan
iborat bo’lgan so’zni toping
A) sarlavha B) mafkura
C) shaharlik D) majnuntol
6. Qaysi so’zdagi yopiq bo’g’inlarning
barchasi jarangsiz undoshlardan iborat?
A) sardor B) karvon
C) kelmoq D) qisqich
7. Qaysi so’zdagi yopiq bo’g’inlarning
barchasi jarangli undoshlardan tashkil
topgan?
A) manmanlik B) marvartak
C) do’stlikning D) dorbozman
8. Tutuq belgisi orqali ma’nosi o’zgaradigan
so’zni toping.
A) ra’no B) ta’qib
C) jur’at D) to’g’ri javob berilmagan
9. Lotin alifbosining kirill alifbosidan farqlari
nimalarda ko’rinadi
?
A) ayrim harflarning shaklida
B) harflar sirasida
C) ayrim undoshlarning ikki harf birikmasi
orqali ifodalanishida D) A, B, C
10. Qaysi qatordagi barcha so’zlarda urg’u
ma’no farqlaydi?
A) fizik, yo’llar, gullar
B) oshiq, doston, ildizlar
C) qoshlar, boshlar, yoshlar
D) olma, surma, childirma
11. Qaysi so’zda ohang, urg’u vositasida
ma’no o’zgaradi?
A) odobsiz B) ardoqsiz
C) o’qituvchisiz D) kelmoqdasiz
12. q va x undoshlari qaysi xususiyatlariga
ko’ra bir-biridan farq qiladi?
A) jarangli va jarangsizligiga ko’ra
B) til orqa va chuqur til orqaligiga ko’ra
C) A va B
D) portlovchi va sirg’aluvchiligiga ko’ra
13. Assimilyatsiya nima?
A) ikki xil o’xshash tovushning o’zaro ta’sirida
boshqa shu turdagi tovushning kelib chiqishi
B) tovushlarning paydo bo’lishidagi nutq
a’zolarining holati va harakati
C) bir tovushning yon tovushga moslashishi,
singishi
D) yonma-yon kelgan tovushlarning o’rin
almashishi
1
4. Dissimilyatsiya hodisasi ro’y bergan
so’zlarni aniqlang.
A) ottan (otdan) B) daryo (dayro)
C) zarar (zaral) D) tanka (tank)
15. Ohangdoshlik (singarmonizm) hodisasiga
berilgan ta’rifni toping.
A) tovushlarning bir-biriga moslashib,
hamohang bo’lishi
B) bir tovushning yon tovushga moslashishi
C) ikki xil o’xshash tovushning o’zaro ta’sirida
boshqa shu turdagi tovushning kelib chiqishi
D) yonma-yon kelgan tovushlarning o’rin
almashishi
16. k va t undoshlari qaysi xususiyatlariga
ko’ra bir guruhga mansub?
A) jarangliligiga ko’ra
B) til oldi undoshliligiga ko’ra
C) portlovchiligiga ko’ra D) B va C
17. –a unlisining fonetik tasnifi qaysi qatorda
to’g’ri berilgan?
A) old qator, o’rta keng, lablanmagan
B) old qator, yuqori tor, lablanmagan
C) orqa qator, quyi keng, lablangan
D) old qator, quyi keng, lablanmagan
18. d va t undoshlari qaysi jihatlariga ko`ra bir
guruhga mansub?
A) portlovchi, sirg`aluvchiligiga ko`ra
B) jarangli va jarangsizligiga ko`ra
C) hosil bo`lish o`rniga ko`ra
D) A va C javoblar
19. O’rxun yozuvi qachondan boshlab
tamoman iste’moldan chiqib ketgan?
A) IX asrdan keyin B) X asrdan keyin
C) XI asrdan keyin D) XV asrdan keyin
20. O’rxun yozuvining yana qanday nomlari
bor?
A) uyg’ur
B) dulbarchin
C) sug’d
D) lotin
21. Uyg’ur yozuvi qachongacha iste’molda
bo’lgan?
A) XIX asrning birinchi yarmigacha
B) VIII asrgacha C) X asrgacha
D) XV asrgacha
22. Uyg’ur yozuvi qaysi yozuv asosida
shakllangan?
A) sug’d B) turkiy-runik
C) arab D) lotin
23. Qaysi so’zlarda tutuq belgisi qo’llanishi
lozim?
A) meros, sarhad, mantiq
B) sohib, narvon, tarnov
C) inom, qatiy, masul
D) taqiq, tana, surat
24. O’rxun yozuvi qaysi asrlarda turkiy xalqlar
o’rtasida keng tarqalgan edi?
A)V-VIII asrlarda B) X-XII asrlarda
C) V-X asrlarda D) VI-VII asrlarda
25. Burun tovushlari berilgan qatorni toping.
A) l, m, n, ng, r B) m, l, r
C) m, n, ng D) l, z, ng, n
26. So’zlarning talaffuzida havo oqimining
bo’linishi.... deyiladi.
A) bo’g’in B) fonema
C) so’z D) ohang
27. Fonema deganda nimani tushunasiz?
A) tovushlarning paydo bo’lishidagi nutq
a’zolarining holati va harakati
B) ma’no anglatishda ishtirok etgan nutqning
eng kichik qismi
C) so’zlarning talaffuzida havo oqimining
bo’linishi
D) so’z tarkibidagi bo’g’inlardan birining zarb
bilan aytilishi
28.Faqat ochiq bo’g’inli so’zlar qatorini
belgilang.
A) il-hom, bar-za-ngi
B) i-ro-da, ma’-no
C) sa-do-qat, ra’-no
D) ta’-mir-lash, sa-ma-ra
29. Qaysi qatordagi so’zlarda urg’u oxirgi
bo’g’inga tushmagan?
A) doston, piyoda, marjon
B) vaholanki, fizika, ba’zan
C) qishloq, ertalab, bugun
D) kitobxon, darsxona, ziyo
Do'stlaringiz bilan baham: |