Morfemika. Asos va qo’shimchalar. So’z
yasalishi.
1.So’zning ma’noli qismlari deyilganda nima
tushuniladi?
A) so’zning asosi
B) so’zning barcha qo’shimchalari
C) asos va qo’shimchalar
D) lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar
2. Qaysi qatorda asos atamasiga to’g’ri ta’rif
berilgan?
A) qo’shimcha ma’no hosil qiluvchi qism
B) so’zning asosiy ma’nosini ifodalovchi,
mustaqil qo’llanish imkoniyatiga ega bo’lgan
qism
C) bir so’zni boshqa so’zga bog’lash vazifasini
bajaruvchi qo’shimcha
D) so’zning barcha ma’noli qismlari
3.Morfemaning ta’rifi qaysi qatorda to’g’ri
berilgan?
A) so’zning asosiy lug’aviy ma’nosini
ifodalovchi qism
B) so’zning ma’noli qismlari yig’indisi
C) so’zning mustaqil qo’llanish imkoniyatiga
ega bo’lgan qismi
D) bir so’zni boshqa so’zga bog’lash vazifasini
bajaruvchi qo’shimcha
4.Sintaktik shakl (munosabat shakl)
yasovchilarga qaysilar kiradi?
A) yangi so’z yasovchi qo’shimchalar
B) ko’plik va egalik qo’shimchalari
C) nisbat va zamon qo’shimchalari
D) egalik, kelishik, shaxs-son qo’shimchalari
5.Tepaliklarimizni so’zi ma’noli qismlarga
to’g’ri ajratilgan qatorni aniqlang.
A) tepalik-lar-imiz-ni
B) tepa-lik-lar-imiz-ni
C) tepa-lik-lari-miz-ni
D) tep-a-lik-lar-imiz-ni
6. Tub so’zlar deb nimaga aytiladi?
A) Asosga so’z yasovchi qo’shimchalar
qo’shilishi orqali hosil qilingan so’zlar
B) Tarkibi asos va yasovchi qo’shimchalarga
bo’linmaydigan so’zlar
C) So’zning shakl yasovchi qo’shimchalarsiz
qismi
D) Ikki mustaqil asosdan tashkil topgan bitta
so’z.
7. Qaysi qatorda sodda yasama so’zlar
mavjud?
A) qo’lqop B) gullarimizni
C) ilmdor D) teryapmiz
8. Qaysi gapda sodda yasama so’zlar mavjud?
A) Vatanni sevmoq iymondandir.
B) Mashina yigitcha turgan yerga kelib
to’xtadi.
C) Dor qurilgan maydonda bolalar arqonlarga
osilib o’ynamoqda.
D) Dunyoning ishlariga hayron qolmay ilojing
yo’q.
9. Qaysi so’z tarkibida ikkita so’z yasovchi
qo’shimcha mavjud?
A) tayyorgarlik B) gulchilik
C) musobaqalashdi D) gulladi
10. Asosning oldidan qo’shilib, yangi so’z
yasaydigan qo’shimchalar qanday
qo’shimchalar hisoblanadi?
A) ot yasovchi B) fe’l yasovchi
C) ravish yasovchi D) sifat yasovchi
11. Lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalarni
toping.
A) –k, -ag’on, -ona B) -xo’r, -lik, -soz
C) –roq, -imtir, -ta D) –miz, -im, -man
12. SHakl yasovchi qo’shimchalar qanday
turlarga bo’linadi?
A) ot yasovchi va sifat yasovchi qo’shimchalar
B) sintaktik shakl yasovchi va lug’aviy shakl
yasovchi qo’shimchalar
C) so’z yasovchi va munosabat shakllari
yasovchi qo’shimchalar
D) to’g’ri javob berilmagan.
13. Qaysi qatordagi so’zda –chilik
qo’shimchasi ikkiga ajralmaydi?
A) suvchilik B) ozchilik
C) to’quvchilik D) gulchilik
14. Egalik qo’shimchalari mavjud bo’lgan
so’zlarni aniqlang.
A) halim, terim, bo’lim
B) bosim, bilim, to’zim
C) tuzim, unim, qonim
D) so’lim, qo’nim, korim
Do'stlaringiz bilan baham: |