G‘o‘za kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari Reja



Download 345,5 Kb.
bet42/87
Sana31.12.2021
Hajmi345,5 Kb.
#236423
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   87
Bog'liq
G‘o‘za kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari

Kasallik alomatlari. Alternarioz qo‘zg‘atuvchi zamburug‘lar g‘o‘zaning ingichka tolali navlarni kuchliroq, o‘rta tolali navlarni kamroq yoki juda kam darajada zararlaydi. Kasallik alomatlari har ikki g‘o‘za turida ham deyarli bir xil. Urug‘barg, chin barg, barg bandi, gullar, gulyonbarg, shona ko‘sak va tola zararlanishi mumkin. Odatda pastki yaruslardagi qariroq, urug‘barg va ko‘sak kamroq hollarda shikastlanadi. Ildiz chirish bilan kasallangan nihollar harorat past kelganida, ko‘proq zararlanadi. Bargdagi dog‘lar tomirchalar orasida joylashgan, oldin kichik, diametri 1-2 mm, dumaloq, to‘q-kizil, qizg‘ish-binafsha yoki kulrang-qo‘ng‘ir, sekin o‘suvchi; barg ustidagilari to‘qroq, biroz bo‘rtib chiqqan, ostida esa ochroq va biroz botiq. Vaqt o‘tishi bilan, dog‘lar diametri 1,2 sm gacha yetadi, o‘rtasi quriydi, och-qo‘ng‘ir tus oladi, ko‘pincha chatnab, maydalanib, tushib ketadi, barg teshik bo‘lib qoladi; dog‘ atrofida qizg‘ish-binafsha hoshiya saqlanib koladi, kattaroq dog‘lar atrofida konsentrik doiralar paydo bo‘ladi. Dog‘lar qo‘shilib, noto‘g‘ri shakl olishi mumkin. G‘o‘zaning boshqa organlarida hosil bo‘ladigan dog‘lar ham bargdagilarga o‘xshaydi. O‘suv davrining ikkinchi yarmida, kasallik kuchli rivojlangan hollarda, pastki yarus barglari tushib ketadi, shona va mayda ko‘saklar ham to‘kilishi mumkin. Ko‘sak chanoqlaridagi zararlangan paxta bo‘lakchalari yaxshi momiqlanmaydi, tola sarg‘ish-ko‘kimtir, kulrang-binafsha (Alternaria macrospora) yoki to‘q yashil (Alternaria alternaria) tus oladi (Kozlova, 1959,1968; Rasulev, Djamalov, 1971; Karimov, 1976; Pidoplichko, 1977; Rasulsv, 1981; Watking, 1981; Davis va b.q, 1996; Hake va b.q, 1996). Ba’zilar alternarioz qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ turlari Markaziy Osiyoda g‘o‘za nihollarida ildiz chirishni qo‘zg‘atishi mumkinligi, ingichka va o‘rta tolali g‘o‘zaning ancha navlarida shikastlangan nihollar soni 11-57 foizgacha yetgani haqida xabar qilingan. Zararlangan nihollardan qo‘zg‘atuvchining 15 shtammi ajratilgan va ular Alternaria gossipii va Alternaria gossipina turlariga mansubligi isbotlangan. Tajribalarda bu shtammlar g‘o‘za nihollarini ildiz chirishi bilan 37,5-77,0 foizga zararlangan (Stepanova, 1972), Hindistonda Alternaria macrospora ba’zi yillari o‘tsimon g‘o‘zada kuchli nihol va poya chirishi kasalligini qo‘zg‘atgan (Desal, 1981).


Download 345,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish