G‘o‘za kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari Reja


Kasallik qo‘zg‘atuvchilari va ularning belgilari



Download 345,5 Kb.
bet43/87
Sana31.12.2021
Hajmi345,5 Kb.
#236423
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   87
Bog'liq
G‘o‘za kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari

Kasallik qo‘zg‘atuvchilari va ularning belgilari. Bu kasallik ilgari ikkita - alternarioz va makrosporioz nomlari bilan yuritilgan bo‘lib, u paytlarda ularni qo‘zg‘atuvchi patogen zamburug‘lar ham ikkita Alternaria va Macrosporium - turkumlariga mansub deb hisoblanar edi. Olimlarning fundamental tadqiqotlarini hisobga olgan holda, 1969 yili AQShning Sietl shahrida o‘tkazilgan XI Xalqaro Botanika Kongressi Macrosporium nomini bekor qildi, oldin ushbu turkumga kiritilgan deyarli barcha turlar Alternaria turkumiga o‘tkazildi va «Macrosporium» va «makrosporioz» atamalari g‘ayriqonuniy bo‘lib qoldi, ularni qo‘llash man etildi (Levkina, 1984).

Hozirgi paytda dunyoda fan tan olgan alternarioz qo‘zg‘atuvchilari asosan 2 ta tur – Alternaria macrospora (eski nomi Macrosporium macrospora) va – Alternaria alternaria (eski nomi – Alternaria tenus)larta mansubdir. Alternaria macrospora turini boshqa Alternaria turlaridan ajratadigan belgi - uning konidiyalarida juda uzun (ko‘pincha o‘lchami konidiyaning qolgan qismining o‘lchamiga baravar yoki 2 martagacha uzunroq) terminal hujayra yoki bo‘yincha mavjudligidir.



Alternaria macrospora va Alternaria alternaria turlari g‘o‘zada deyarli har doim birga uchraydi. Bargni oldin Alternaria macrospora zararlaydi, halok bo‘lgan to‘qimalarda, "yo‘ldosh" tur yoki ikkilamchi parazit sifatida Alternaria alternariaи o‘rin oladi (Karimov, 1976). Alternaria alternaria kuchsiz patogen hisoblanadi, ko‘p hollarda boshqa qo‘zg‘atuvchilar (misol uchun gommoz bakteriyasi), zararli hasharotlar va kanalar hosil kilgan yaralar orqali g‘o‘za to‘qimalariga kirib oladi, sog‘lom ammo ba’zi stress sharoitlar (suv tanqisligi, kaliy yetishmasligi va h.k.) tufayli quvvatsiz bo‘lib qolgan, o‘simliiklarni ham zararlaydi (Blenk, 1956; Peresipkin va b.q., 1990). Ko‘sak va tola ko‘pincha Alternaria alternaria, kamroq Alternaria macrospora bilan shikastlanadi (Rasulev, Djamalov, 1971; Karimov, 1976).

Yuqorida keltirilgan 2 ta turdan boshqa, g‘o‘zada alternarioz qo‘zg‘atuvchilari sifatida Alternaria gossipii, gossipina, Alternaria solani, Alternaria sp. (sinonim Macrosporium nigricantium), Alternaria turkumiga rasmiy o‘tkazilganligi haqida ma’lumot bo‘lmagan Macrosporium nigricans hamda Stemphylium botryosum (sinonim Macrosporium commune) turlari ham keltirilgan (Kozlova, 1959, 1968, 1969; Djamalov, 1973; Karimov, 1976), ammo bu turlarning taksonomiyasi yoki g‘o‘zada qo‘zg‘atadigan kasalliklari yetarli o‘rganilmagan.




Download 345,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish