G‘o‘za kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari Reja



Download 345,5 Kb.
bet24/87
Sana31.12.2021
Hajmi345,5 Kb.
#236423
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   87
Bog'liq
G‘o‘za kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari

O‘g‘it qo‘llash. G‘o‘zaga o‘z vaqtida, tarkibida elementlar balansi mavjud bo‘lgan o‘g‘it berish hosildorlik oshishining 1-sharti bo‘lishi bilan birga, ekinning vilt va boshqa kasalliklarga chidamliligini oshiradigan omil hisoblanadi (Mirpo‘latova va b.q, 1981, Peresipkin va b.q., 1990). Elementlardan azotning roli ayniqsa katta, chunki o‘rtacha 10 kg paxta tolasi (taminan 25 kg chigitli paxta) to‘plash uchun g‘o‘za 1 kg azot talab etadi (Hake va b.q., 1996). Ekinga zarur azotning taxminan yarmi ekishdan oldin, qolgani o‘sish davrida, asosan 2-3 chin barg va shonalash - gullash fazalari orasida beriladi. G‘o‘za nihollariga 2-6 chinbarg fazasida 1,5 foiz karbamid eritmasi (alohida yoki so‘ruvchi zararli hasharotlarga qarshi insektitsid bilan birga) purkash (400-600 l/ga) ularni kasalliklarga chidamliligining oshishiga madad bo‘ladi. Tarkibida elementlar (NRK 1,0:0,8:0,5) nisbati mavjud o‘g‘it qo‘llash tavsiya qilingan (Peresipkin va b.q., 1990), ammo bu nisbat taxminiy deb qabul kilinishi lozim, chunki u tuproq xilini, unumdorligini hamda chigit eqilishidan oldin o‘tkaziladigan agrokimyoviy tahlil natijalarini hisobga olgan holda belgilanishi kerak. Bu nisbat buzilishi, xususan, tuproqda azot miqdori keragidan ko‘p, kaliy esa kam bo‘lishi, vilt kasalligining kuchayishiga sabab bo‘ladi (Schanathorst 1981; Peresipkin va b.q., 1990 Davis va b.q., 1996, Hake va b.q., 1996). Siderat ekinlar o‘stirib haydash va yaxshi chirigan mahalliy o‘g‘it qo‘llash tuproq unumdorligini oshiradi, fizik va kimyoviy xususiyatlarini yaxshilaydi, antogonistik mikroorganizmlar ko‘payishi va natijada, patogen rivojlanishi uchun noqulay sharoit tug‘ilishiga olib keladi. Mahalliy o‘g‘it gektariga 8-25 tonnadan (Hake va b.q., 1996) 30 tonnagacha (Peresipkin va b.q., 1990) qo‘llaniladi. Undan so‘ng dala darhol haydalishi va o‘g‘it tuproqqa aralashib ketilishi shart, aks holda uning tarkibidagi azot moddasi juda tez va ko‘p miqdorda (50 foizgacha) havoga bug‘lanib, yo‘qoladi (Hake va b.q., 1996). Nav tezpisharligi xususiyati bilan kasallik orasidagi munosabatlar haqida adabiyotlarda bir - biriga zid ma’lumotlar mavjud. Benken va b.q. (1974) tezpishar navlar kechpisharlariga nisbatan viltga ko‘proq chalinishi va hosil ko‘proq yo‘qotilishini, boshqalar (Schanathorst 1981) bu jihatdan tezpishar navlar ustunligini aniqlaganlar. Dalani tekislash, ishlov berish, sug‘orish, urug‘lik chigit tayyorlash va ekish. Vilt va boshqa kasalliklarga qarshi kurashda ekishdan oldin dalani yaxshilab tekislash, suv turib qoladigan joylar qoldirmaslik zarur. Urug‘lik chigit faqat sog‘lom o‘simliklardan tayyorlanadi. Zavodlarda dastlab sog‘lom, keyin esa kasallangan dalalardan yig‘ilgan hosil tozalanishi shart. Chigit zavodlarning dorilash sexlarida markazlashtirilgan holda dorilanadi. Chigit ekishdan oldin suvga cho‘ktirmasdan namlantiriladi. O‘rta tolali navlarning tukli chigitini namlash uchun 500 - 700 litr, ingichka tolali navlarning tuksiz chigiti uchun 200 litr suv sarflanadi. Namlangan chigit ho‘llangan brezent yoki qoplar bilan berkitilib, havo haroratini hisobga olgan holda, 3-4 soatdan 10-12 soatgacha dimiqtiriladi. Chigitni suvga cho‘ktirib ivitish qat’iyan man etiladi, chunki bu hol chigitdagi dorilarning yuvilib ketishiga sabab bo‘ladi. O‘rta tolali navlarning tuksiz chigiti odatda namlantirilmasdan eqiladi. Mabodo chigit dorilanmagan bo‘lsa, uni tavsiya qilingan preparatlardan biri bilan dorilash zarur. Chigitni iloji boricha jo‘yaklarning ustki qismiga (pushtasiga), havo harorati o‘rtacha 150C bo‘lganida ekish vilt tarqalishini kamaytiradi. Past harorat, ortiqcha namlik g‘o‘zaning barcha kasalliklari uchun qulay sharoit tug‘diradi. Dalalarni bostirib sug‘orishga (ayniqsa bahorda va yoz so‘ngida) hamda zararlangan dalalarda kasallik kuzatilmagan yoki kam tarqalgan dalalarga suv o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik lozim (Mirpo‘latova va b.q., 1981; Schanathorst 1981; Peresipkin va b.q., 1990). Ilgari Farg‘ona vodiysida keng qo‘llanilgan usul - kech kuz -qish paytida, qattiq sovuq tushishidan oldin, dalani sug‘orib yaxob berish zamburug‘ mikrosklerotsiylari miqdorini kamaytirishda samarali ekanligi aniqlangan (Muhamedjonov, 1996). Tuproqning zararlanish darajasini aks ettiruvchi xaritalar tuzish g‘o‘zaning barcha kasalliklarini hisobga olish va nazorat qilish, har bir dala tuprog‘idagi qo‘zg‘atuvchilar propagulalari (jumladan Verticillium dahliae mikrosklerotsiylari) miqdorini aniqlash va bu ma’lumot asosida kurash vositasini ta’minlash hamda uni yuqori samara bilan qo‘llashni ta’minlaydi. Viltga qarshi qanday chora-tadbir qo‘llanilganidan qat’iy nazar, uning samaradorligini faqat tuproqdagi mikrosklerotsiylar sonini aniqlash yordamida o‘lchash mumkin; bu usul chet el amaliyotida fermerlarning ehtiyojini qondirish uchun ishlatiladigan oddiy tadbir hisoblanadi (Davis va b.q., 1996).

O‘zbekiston dalalarida viltning g‘o‘zada avgust-sentabr oylarida tarqalishi haqida xaritalar tuzish lozimligi e’tirof etilgan (Mirpo‘latova b.q., 1981). Ammo ekinlarda vilt belgilari rivojlanishi o‘zgaruvchan bo‘lib, u tuproqdagi infeksiya darajasini ko‘pincha to‘g‘ri aks ettirmaydi. Ayni paytda tuproqdagi mikrosklerotsiylar miqdorini aniqlash usuli bilan g‘o‘za poyasini kesib ko‘rish asosida hisoblab topilgan kasallikning tarqalishi orasida baland korrelyatsiya borligi isbotlangan (Hake va b.q., 1996). Shunday ekan, tuproqning vilt zamburug‘i bilan zararlanishi xaritalarini tuzish uchun keyingi 2 usuldan birini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Tuproqni tahlil qilish usuli qaysi oyda qo‘llanilsa, u har mavsumda ayni o‘sha oy-kunlarda o‘tkazilishi shart, chunki mikrosklerotsiylar miqdori ekin o‘sish davriga bog‘liq holda o‘zgaradi. Solyarizatsiya O‘zbekistonda (va boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlarida) sinalmagan, ammo lozim topilganda, chunonchi boshqa usullar samara bermaganda, ishlatilishi mumkin bo‘lgan usuldir. Uning asosi, laboratoriya sharoitida aniqlanishiga ko‘ra, 49°С haroratda zamburug‘ mikrosklerotsiylarining 90 foizi 23 daqiqada halok bo‘lishidir (patogenning mitseliy va konidiyalari bundan ham tezroq hayotchanligini yo‘qotadi). Bu usulning mohiyati - tuproqni yozning issiq oylaridan birida polietilen plyonka bilan 4 hafta yoki ko‘proq muddatga berkitib, isitishdir. Plyonka yopishdan oldin yoki keyin ishlov berilayotgan maydon sug‘oriladi va tuproq namligi 100 foizga yaqin bo‘lishi ta’minlanadi. Tuproqda mikrosklerotsiylar asosan ustki 30 sm qatlamda joylashgan bo‘lib, solyarizatsiya ularning deyarli barchasini, 45 sm gacha qatlamda esa 90 foizdan ko‘pini tozalagani, keyingi yili g‘o‘za hosildorligi 15 foizdan 60 foizgacha oshgani kuzatilgan, bu usulni qo‘llash bilan tuproq boshqa kasallik qo‘zg‘atuvchilaridan, ba’zi zararli hasharotlar va ko‘pchilik begona o‘tlardan ham tozalanadi (Davis va b.q., 1996; Garber va b.q., 1996). Solyarizatsiya yozda o‘tkazilishi sababli dalalarga biron kuzgi ekin (bug‘doy va h.k.) ekish ham mumkin.




Download 345,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish