5-ma’ruza: Qiyosiy pedagogikaning taraqqiyot bosqichlari
Reja:
1. Qiyosiy pedagogika fani taraqqiyotining o‘zlashtirish davri.
2. Qiyosiy pedagogika fani taraqqiyotining bashorat, ilmiy-qiyosiy tadqiqotlar davri.
3. Qiyosiy pedagogika fanining rivojlanish bosqichi.
Tayanch iboralar: o‘zlashtirish davri, bashorat, ilmiy-qiyosiy tadqiqotlar davri.
1. Qiyosiy pedagogika ilmiy bilimning, mustaqil tarmog’i statusini olish jarayoni 1920-yillardan boshlandi. Bu davrda qiyosiy pedagogikaning funksiyalari, jahonning turli mamlakatlarida ta’lim nazariyasi va amaliyoti rivojini aks ettiruvchi dalil va faktlarni to’plash va tizimlashtirish va umumlashtirishni o’zining asosiy vazifasi deb bilgan birinchi xalqaro va milliy, ilmiy va axborot muassasalari tashkil qilina boshladi. Shu jumladan, xalqaro ko’rgazmalarda madaniyat va maorif xolatini aks ettiruvchi milliy stendlar paydo bo’ldi.
1919 yilda Nyu-Yorkda xalqaro ta’lim assosiatsiyasiga asos solindi, 1923 yilda Kolumbiya universiteti pedagogika kolleji qoshida xalqaro institut, 1925 yilda markaziy German institutining chet el pedagogikasi bo’limi tashkil qilindi. 1922 yilda millatlar ligasi intellektual hamkorlik bo’yicha xalqaro komissiyani tasdiqladi. Uning ish faoliyatida A.Eyniyeyn, M.S.Sklodovska – Kyuri, A.Bergson kabi etuk olimlar va faylasuflar ishtirok etganlar. Ular yer yuzida tinchlikni saqlashning asosiy sharti – ta’limni kengaytirish, deb hisoblaydilar. Komissiya tashabbusi bilan 1926 yilda millatlar ligasi assambliyasi qarori bilan Parijda ta’lim sohasida xalqaro muloqotlar rivojlanishida alohida rol o’ynagan, xalqaro intellektual hamkorlik instituti tashkil qilindi. Shu kabi muassasalar orasida xalqaro maorif byurosi (XMB) katta ahamiyatga ega.
U 1925 yilda Jenevada taniqli shvedsar pedagogi E.Klapared tashabbusi bilan xususiy assossiatsiya tashkil qilingan edi, ammo tezda o’z faoliyati masshtablarini sezilarli kengaytirishga imkon beruvchi – ta’sir ko’rsatuvchi hukumatlararo tashkilotga aylandi. Taniqli psixolog J.Piaje uzoq vaqt XMB rahbari bo’lib faoliyat olib bordi. Uning o’rinbosari bo’lib komparativist P.Rosselo xizmat qiladi hamda “Julen Parijskiy – qiyosiy pedagogika otasi va xalqaro Maorif Byurosining yo’lboshchisidir” deb nomlangan doktorlik dissertatsiyasini tayyorlaydi. XMB ilmiy–pedagogik muassasalar va turli mamlakatlar, maorif boshqarmalari orasida aloqa o’rnatadi. Xalqaro pedagogik konferensiyalar, pedagoglar va maorif arboblarining chet el safarlarini uyushtiradi. XMB faoliyatida nashr ishiga alohida o’rin ajratadi. Ta’lim va tarbiya masalalariga bag’ishlangan turli xil adabiyotlar chop etildi. 1927 yildan har kvartalda chiqariladigan “Pedagogik hujjatlar va axborotlar” davriy nashri va “Qiyosiy pedagogika bo’yicha izlanishlar va sharhlar” seriyasi, 1933 yildan – “Ta’lim bo’yicha xalqaro yilnoma”lar shular jumlasidandir. Bu faoliyatni “amaliy qiyosiy pedagogika” deb atash mumkin.
Ikkinchi jahon urushi yillarida xalqaro pedagogik aloqalar uzildi, ammo tezda qayta tiklandi. XX asr o’rtalarida yoyilgan ilmiy-texnika revolyutsiyasi jamiyat hayotida turli sohalarni internatsionallashtirish, shu jumladan, ta’lim jarayonini jadal rivojlanishiga sharoit yaratdi. Maorif sohasida xalqaro hamkorlik yanada kengaydi. Shunga xos institutsion baza yaratila boshlandi.
1946 yilda ta’lim masalasi doimo ustun bo’lgani uchun, ta’lim Fan va madaniyat masalalari bo’yicha (YUNESKO) Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzildi. Bu katta obro’ga ega bo’lgan tashkilot bilan 1969 yildan rasman YUNESKOning tarkibiy qismi hisoblangan XMB faol hamkorlik qilar edi. Jahondagi ta’lim ahvoli haqidagi turli materiallarni to’plash, tizimlashtirish va nashr ettirishni amalga oshirayotgan YUNESKO organlari qiyosiy – pedagogik izlanishlarda zaruriy-doimiy baza yaratdilar.
1977 yilda YUNESKO nashriyotida “Ta’limda xalqaro sinflash” nashr qilindi, unda shakllangan prinsiplar, hozirgi kunda ham chiqarilayotgan ta’lim bo’yicha yilnomaga asos bo’lib xizmat qilgan. YUNESKO tomonidan qiyosiy pedagogikaning rivojlanishi, ta’lim sohasidagi milliy qonuniy aktlar, rejalar va reformalarni taqqoslash prinsiplari va uslublarini ishlab chiqish masalalariga maxsus bag’ishlangan ilmiy konferensiyalar hamda seminarlar o’tkazildi.
1950 yillardan boshlab, qator mamlakatlarda, yirik izlanish markazlari faoliyat ko’rsata boshladi. Frankfurt – na – Mayn (GFR)da xalqaro pedagogik izlanishlar instituti, Sevra (Fransiya)dagi xalqaro pedagogik izlanishlar markazi, Zalsburgdagi (Avstriya) qiyosiy pedagogika instituti va boshqalar. AQSh, Angliya, Germaniya, Yaponiya universitetlarida qiyosiy pedagogika kafedralari tashkil qilindi. Uning a’zolari izlanish ishlarini ma’ruzalar o’qish, seminar mashg’ulotlar o’tkazish bilan shug’ullanar edi.
Dunyo ta’limini rivojlantirish masalalari bilan qiziquvchi alohida mamlakat masshtabidagi nazariyotchilar hamda amaliyotchi pedagoglarni birlashtiruvchi qiyosiy pedagogikaning milliy jamiyatlari vujudga keldi. Dastlabki jamiyat 1956 yil AQShda tashkil qilindi. U o’z oldiga: ilmiy izlanishlarni kengaytirish, davriy nashrlar va kitoblarni nashr ettirish, Amerika pedagoglarining chet ellik hamkasblari bilan hamkorligini rivojlantirish, ilmning boshqa soha olimlarini qiyosiy – pedagogik izlanishlar o’tkazishga jalb qilishni maqsad qilib qo’ydi.
Shu kabi jamiyatlar G’arbiy Evropaning ko’pgina mamlakatlarida, Kanada, Yaponiya, Hindiston, Janubiy Koreyada ham paydo bo’ldi. 1961 yilda tashkil qilingan qiyosiy pedagogika Yevropa jamiyati yirik regional birlashma hisoblangan. 1973 yilda qator Afrika davlatlari vakillari ham kirgan, fransyazichnix mamlakatlarining qiyosiy pedagogika asossiyatsiyasi barpo qilindi. 1974 yilda xalqaro kongresslarni tashkil qiluvchi, qiyosiy pedagogika jamiyatlarining butunjaxon kengashi tuzildi. Uzoq yillar davomida uning raisi pedagogik komparativistikaning taniqli nazariyotchisi E.King edi.
Qiyosiy pedagogika ilmiy markazlari, kafedra va assossiyatsiyalari nashr qilgan dastur va qo’llanmalar dunyoning turli davlatlarida ta’lim siyosatining shakllanishiga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatdi.
Qiyosiy pedagogikaning uslubiy va nazariy muammolarini tizimli ishlab chiqish 1920-30-yillardan boshlandi. Aynan shu davrda bu muammoni o’z izlanishlarining asosiy predmetiga aylantirgan nazariyotchi - pedagoglar – I.Kendl, P.Monro, G.Beredey (AQSH), F.Shnayder, F.Xilker (Germaniya), P.Rosselo (Shvetsariya) va boshqalar chiqdi. Ularning ba’zi monografiyalari 1950-60 yillardagina nashr qilindi. Ammo uslubiy prinsiplar ular tomonidan urushdan avvalroq ishlab chiqilgan edi.
Bu olimlarning dunyoqarashlari turlicha edi, ammo ularni ta’lim jarayonini rivojlantirishga birinchi darajali ta’sir ko’rsatadigan sabablarni aniqlash va tavsiflash, turli mamlakatlardagi o’xshashliklar va farqlarni o’rganishga intilish g’oyasi yaqinlashtirar edi.
“Qiyosiy pedagogika sohasidagi izlanishlar” (1933), “Ta’limda yangi davr – qiyosiy izlanish” (1955), “Qiyosiy pedagogika uslubiyoti” (1959) kabi yirik ishlar muallifi amerikalik nazariyotchi – pedagog I.Kendldir. 1925 yildan 1944 yilgacha u Kolumbiya universiteti tomonidan nashr qilingan “Xalqaro ta’lim yilnomasi”ning bosh muharriri bo’lib faoliyat olib bordi.
Kendl 1933 yilda olti mamlakat: AQSH, Angliya, Fransiya, Germaniya, Italiya va sobiq SSSR ta’lim tizimini xalqaro pedagogik laboratoriya deb atab, ta’lim holatini qiyosiy analiz qildi. Kendlning yozishicha, bu davlatlardagi ta’lim muammolarining ildizlari ko’p jihatdan o’xshash, ba’zida hatto bir xil, ammo ularni yechish va erishilgan natijalarni ko’pincha ushbu davlatning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy sharoitliga bog’liq. Xususan, Kendl u yoki bu davlatning iqtisodiy rivojlanishi va aholisining savodlilik darajasi orasida mavjud bo’lgan korrelyatsiyani ishonchli ko’rsatib berdi.
Qiyosiy pedagogika uslubiy muammolari germaniyalik professor F.Shnayder tomonidan ham ishlab chiqilgan. U qator Germaniya universitetlarida pedagogika kurslarini o’qir, doimiy pedagogik davriy nashrlarda ma’ruzalari bosilib chiqar edi. Kelnda xalqaro pedagogik jurnalga asos soldi va 1931 yildan 1934 yilgacha, uni boshqardi, keyinchalik bu jurnal Gamburgda YUNESKO ta’lim instituti rahnamoligida chiqa boshladi. Shnayderning “Xalqlar pedagogikasini harakatga keltiruvchi kuchlari, qiyosiy pedagogikaga kirish” (1947), “Qiyosiy pedagogikadagi konsepsiyalar” (1955), “Yevropacha tarbiya” (1959) singari asarlari bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan.
Shuningdek, Shnayder ta’lim rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadigan 10 ta sababni ajratib ko’rsatadi:
Milliy xarakter.
Davlatning geografik o’rni.
Madaniyat.
Ilm va falsafa.
Ijtimoiy va siyosiy stratifikatsiya.
Iqtisod.
Din.
Tarix.
Chet el ta’siri.
Ta’lim institutlari faoliyatining ichki mantig’i.
Bu sabablarni u endogen, ya’ni ta’lim ichidagi va ekzogen uning sohasidan tashqarida yotuvchilarga ajratadi. Shnayderning taxminicha endogen va ekzogen sabablarning mosligi va bir-biriga ta’sirini analiz qilish, ta’limning milliy tizimi xarakterini, uning boshqa mamlakatlar ta’lim tizimi bilan o’xshashliklari va farqini belgilovchi ”Kuchlar parallelogrammasini” aniqlash imkonini beradi. O’z navbatida, u yoki bu davlatda yillar davomida bunyodga kelgan ta’lim tizimi, ushbu xalqning milliy xarakteri shakllanishida muhim rol o’ynaydi.
Urushdan keyingi 10 yillikda g’arbda komparativist pedagoglarning yangi avlodi shakllandi. Uning taniqli vakillaridan biri London universiteti professori B.Xolms (1920-1993) edi. U o’zining ”Ta’limdagi muammolar: qiyosiy yondashuv” (1965), ”Qiyosiy pedagogika: uslubning ba’zi masalalari” (1981) va boshqa ishlarida qiyosiy pedagogika prinsiplarini shakllantiradi va tushuntirib beradi. Uning tasdiqlashicha, turli davlatlar ta’lim tizimini taqqoslash zaruriy, ammo faqatgina informatsion xarakterga ega komparativistlar ishining birinchi bosqichidir.
Izlanuvchi bir nechta asosiy muammolarni tanlab, daliliy materialni keyingi o’rganishlar asosida chuqur qiyosiy analiz qilib, turli mamlakatlarda qanday hal qilinishini ko’rsatib bersagina, bunday uslub yanada samaraliroq bo’ladi. Xususan, bunday muammolarga o’rta ta’limni demokratlashtirish, umumiy va professional ta’lim orasidagi mutanosiblik, o’qituvchilar tayyorlash prinsiplari, individual erkinlik va ijtimoiy javobgarlik mutanosibligi muammolarining pedagogik aspektlari kiradi. Bu kabi izlanishlar natijalari, Xolmsning ta’kidlashicha, katta amaliy ahamiyat kasb etadi, ular ta’limni rivojlantirishni analiz qilish, rejalar tuzish va yangi pedagogik texnologiyalar tuzishda ishlatiladi.
Fransiyada XX asrning birinchi o’n yilliklarida qiyosiy pedagogika sohasidagi ishlar birmuncha sustlashdi. Bu davrda bu erda Angliyadagi M.Sedler yoki Germaniyadagi F.Shnayder kabi taniqli komparativistlar yo’q edi. Chet eldagi muammolar bo’yicha ishlar nashr qilinar, ammo ularning ko’pchiligi ta’lim tizimini tasvirlashdan nariga o’tmas edi. 1960 yilga kelib ahvol o’zgara boshladi. 1962 yilda pedagogik izlanishlar milliy institutida mamlakatning asosiy ilmiy pedagogik markazida, ushbu izlanishlar rivojiga yordam bergan qiyosiy pedagogika bo’limi tashkil qilindi.
Bu davrning taniqli komparativisti Sorbonna professori M.Debess edi. Debess va G.Mialare redaktorligi ostida, fransuzlar bilan bir qatorda, qator chet el mualliflari ham ishtirok qilgan yirik monografiya ”Qyosiy pedagogika” (ko’p boblik nashr), ”Pedagogik fanlar”ning uch bobi nashr qilindi. Bu kitobda Debess o’z konsepsiyasini batafsil bayon etdi. Uning fikricha, qiyosiy izlanishlarda tarixiy yondashuv birinchi darajali ahamiyat kasb etishi kerak. Ixtiyoriy – zamonaviy muammoni ko’rib chiqishda, uning uzoq o’tmish ildizlariga nazar solish zarur. Fransuz pedagogik adabiyotida A.Veksliarning ”Qiyosiy pedagogika. Uslublar va muammolar” (1967) kitobi alohida o’rin egallaydi. Unda qiyosiy pedagogika rivojlanishining holati haqida tarixiy ocherk yozilgan, uning uslubiy manolari ko’rib chiqilgan, qator yirik davlatlar shu jumladan sobiq SSSR materiallariga tayanib, ikki muammoni qiyoslash orqali batafsil analiz qilingan:
Ta’limni demokratlashtirish.
Ta’lim sohasida rejalashtirish va tahlil qilish nazariyasi va amaliyoti.
Qiyosiy pedagogika GFRda ham rivojlandi. 1957 yilda Markaziy pedagogika instituti qoshida, keyinchalik GFR pedagogika fanlari Akademiyasi tarkibida chet ellarda maktab pedagogikasi institutiga aylangan, qiyosiy pedagogika bo’limi tashkil qilindi.
Dunyoda ta’limni rivojlantirish muammolari haqida katta daliliy material va nazariy maqolalarni bosib chiqaruvchi “Qiyosiy pedagogika” jurnali doimiy chop qilinar edi.
1960-80 yillarda GFRda pedagogik komparativistika namoyondalari Sharqiy Evropa davlatlarida va rus Ittifoqida ta’lim nazariyasi va amaliyotiga katta ahamiyat qaratdi. Bu masalalarni ishlab chiqish uchun maxsus markazlar va laboratoriyalar tashkil qilindi. Ular yirik G’arbiy Germaniya universitetlari qiyosiy pedagogika kafedralarida o’tkaziladigan izlanishlarda muhim o’rin egallar edi. Qator kitoblar hamda maqolalar chop qilindi. Bu yo’nalishning taniqli namoyondalari O.Anvayler, V.Mitter izlanish olib bordi. Pedagogik komparativistika rivojlanishiga, bolaligi va yoshligi rus Ittifoqida o’tgan L.Freze katta hissa qo’shdi. Uning “Rus va rus pedagogikasining g’oyaviy-tarixiy harakatga keltiruvchi kuchlari” (1956) kitobi konsepsiyasi G’arbiy germaniyalik pedagoglarning qator rusalogik izlanishlariga asos bo’ldi. Uzoq yillar davomida, Freze Marburg universitetining qiyosiy pedagogika kafedrasiga rahbarlik qildi. Aynan o’sha yerda 1960 yillar o’rtalarida xalqaro miqiyosda mashhur bo’lgan A.S.Makarenkoning biografiyasi va pedagogik merosini o’rganish laboratoriyasiga asos solindi.
Sharqiy Evropa mamlakatlari orasida qiyosiy pedagogika rivojlanish masshtabi bo’yicha Polsha yetakchi o’rinda edi. Ilmiy bilimning bu tarmog’i uslubiy muammolarini Polsha qiyosiy pedagogika asoschisi B.Navrochinskiy, shuningdek, B.Suxodolskiy, T.Vilex, T.Penxerskiylar ishlab chiqdilar. Ularning ishlarida qiyosiy pedagogika predmeti, maqsad va vazifalari aniqlab beriladi. Qiyosiy pedagogika va davlat ta’lim siyosati orasidagi aloqaning o’ziga xosligi tavsiflanadi, qiyosiy izlanishlar uslubiy masalalari ishlab chiqiladi.
1911 yilda Xitoyda yuz bergan revolyutsiya monarxiyani ag’dardi. Bu esa o’z navbatida chet el pedagogikasi tajribasiga e’tiborni sezilarli kuchaytirib, ta’limni jadal reformalash davrini ochib berdi. Davlatning avvalgi izolyatsiyalanganligi ortda qoldi. Xitoy pedagoglari AQSh, Evropa davlatlari, Yaponiyada ijodiy safarda bo’lib, Amerika maktablari ularda katta qiziqish uyg’otdi. Xitoyda o’sha davrda vujudga kelgan ta’lim tizimida Amerika ta’sirining izi bor edi.
Xitoy xalq Respublikasi tashkil qilingandan so’ng (1949) Rus pedagogikasi nazariyasi va amaliyotini mukammal o’rganish boshlandi. “Madaniy revolyutsiya” yillarida (1966-1976) chet el pedagogik tajribasini o’rganish butunlay to’xtadi, ammo 1970 yillar oxiridan yangilandi va keng tarqaldi. Ilmiy izlanishlar markaziy institutida qiyosiy pedagogika sektori tuzildi, qiyosiy pedagogika assotsiyatsiyasi barpo etildi, chet el pedagogikasini o’rganish bo’yicha Oliy o’quv yurtlararo markaz faoliyat ko’rsatdi. “Chet el pedagogikasi” jurnali va monografik materiallar, masalan: “Jahonda ta’limni rivojlantirish kelajagi” (1983), “Jahonda ilmni rivojlantirish yo’nalishlari” (1986) chop etildi. Xitoy pedagogik ensiklopediyasining (1992) 12-bobi butunlay qiyosiy pedagogikaga bag’ishlandi.
O’sha davrning pedagogik adabiyotida chet el muammosi keng namoyon qilingan pedagogik bibliografiya ma’lumotlariga ko’ra, 1924 yildan 1930 yilgacha 800 dan ortiq nashr hisobga olingan. Yirik Evropa davlatlarida ta’lim nazariyasi va amaliyoti haqidagi yirik ishlardan tashqari Avstriya, Belgiya, Vengriya, Gollandiya, Daniya, Polsha, Ruminiya, Shvetsariya, Shvetsiya, shuningdek, sharq mamlakatlari Yaponiya, Xitoy, Turkiya, Afg’oniston kabi davlatlardagi ta’limning u yoki bu masalalarini yorituvchi maqolalar bosilib chiqar edi. Amerika maktabi katta qiziqish uyg’otdi, chunki u sinovlar va xatolar uslubi bilan tuzilgan va hayotda tekshiruvdan o’tgan, uning tarkibi, ta’lim mazmuni va uslublarining jiddiy bir o’zgarishlarini hisobga olganligi uchun g’arbning asosiy pedagogik laboratoriyasi vazifasini bajarar edi. 1920 yillar oxirida Amerikada bo’lgan rus pedagogi M.S.Bernshteyn “Aynan Amerika pedagogikasi biz uchun katta qiziqish va ahamiyat kasb etadi. Bu boy mamlakatning nisbatan yoshligi, boshqaruvchi aholi guruhining ishbilarmonligi, asosan ulkan material resurslari va imkoniyatlari, natijalarni amaliyotga ijobiy qo’llash, eksperementlarda ochiq beriladigan prinsipial uslublar, ba’zida esa Amaliy xatolar nuqtai-nazaridan katta nazariy va amaliy qiziqish uyg’otuvchi pedagogik eksperementlar va tadbirlar uchun juda yaxshi imkoniyatlar yaratadi” deb yozadi.
1920 yillarda chiqqan E.Yanjul, N.Ilin, E.Gura, I.Svadkovskiy, B.Kamarovskiy, M.Shteyngauzlarning mazmunli ishlari AQSH maktabi va pedagogikasiga bag’ishlangan. Ularning ishlarida u yoki bu meyorda o’sha vaqtda shakllangan g’oyaviy fikrlar ishlatilgan, ammo shu bilan birga Amerika maktablarida o’quv jarayonini tashkillashtirish, uni yangilash yo’llarini izlash, “maktab va mehnat hayoti” muammosini hal qilishga bo’lgan qiziqarli urinishlarni batafsil tavsiflab berdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |