Defitsit (ingl. shortage) — bozordagi bir vaziyat bo‘lib, unda aynan o‘sha narxda talab kattaligi taklif kattaligidan yuqoriroq bo‘ladi.
Diler — 1) qimmatli qog‘ozlar, valuta, qimmatbaho metallar oldi- sotdisi bilan o‘z nomidan va o‘z hisobiga shug‘ullanadigan fond birjasining a’zosi (alohida shaxs yoki firma) yoxud bank. Qimmatli qog‘ozlar bozorining dilerlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan professional ishtirokchisi. Faqat tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxsgina diler bo‘lishi mumkin; 2) ulgurji (ko‘tarasiga) olgan mahsulotini chakanalab sotayotgan tadbirkor; 3) ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning mahsuloti yoki xizmatini aynan o‘sha tashkilotning nomidan sotishni tashkil qiluvchi yuridik shaxs.
Diling — savdo, vositachilik va ishbilarmonlik xizmatlari kompleksi.
Direktivalar — marketing sohasida qo‘llanuvchi huquqiy hujjatlar, qonunchilik hujjatlari, farmonlar va qarorlar yig‘indisi, (tabiiyki, muntazam o‘zgaradi, ko‘payadi, tuzatiladi va to‘ldiriladi.
Direkt-marketing — yaqin istiqbolda reklama faoliyatining bar- cha boshqa turlarini surib chiqarishi va marketing kommunikatsiyalari sohasida yetakchiga aylanishi bashorat qilinayotgan konsepsiya. Jahon bozorida direkt-marketing ommaviy axborot vositalaridagi reklamaga qaraganda o‘n baravar samaraliroq, reklama agentliklari u bilan taqqos- laganda ikki baravar foydaliroq rivojlanadi.
Direkt-marketing mohiyati reklama agentliklari vositachiligida uzoq muddatli o‘zaro foydali aloqalarni, shuningdek, ishlab chiqaruvchi va shaxsan tanish iste’molchilar o‘rtasida rivojlanib boruvchi hamkorlikni o‘rnatishdan iborat bo‘ladi.
Distribyutor— yirik ishlab chiqarish korxonalaridan ulgurji savdo asosida olinadigan mahsulotlarni sotishni amalga oshiruvchi firma. Distribyutor odatda, o‘z omborlariga ega bo‘lib, ishlab chiqaruvchilar bilan uzoq muddatli shartnomaviy munosabatlarga kirishadi va bozorda ishlab chiqaruvchi korxonalar manfaatlarini ifodalaydi.
Differensial narx tayinlash(ingl. differential pricing) — narx belgilash uslubi bo‘lib, unga ko‘ra bitta va aynan shu mahsulot iste’molchilar turli guruhlariga har xil narxlarda sotiladi.
Duopoliya (ingl. duopology) — 1) faqatgina ikkita sotuvchi mavjud bo‘lgan bozor. 2) birja savdolarida ko‘p sonli xaridorlarga bir xildagi tovarni taklif etayotgan ikki sotuvchi hukmronlik qiladigan vaziyat. Ular o‘zaro bir-biri bilan raqobatlashishi yoki takliflar hajmi, sotuvlar muddati va narxlarga nisbatan sinxron — uyg‘un tarzda ish ko‘rishi ham mumkin; 3) o‘zaro shartlashib kelishish asosida yuqori sotuv narxlarini saqlab turuvchi va bir-biri bilan o‘zaro narxdan tashqari raqobat olib boruvchi ikki sotuvchining oligopoliyasi; mahsulotga xarajatlar taxminan teng bo‘lgan sharoitda yuqori narxni hamjihatlik bilan saqlab turish foydaliroq.