Brend identligi (brend identity) — aynan mazkur brend iste’molchilar tomonidan aniq-ravshan tanib olinadigan alomatlarning noyob jamlan- masi. Bunday alomatlarga esa tovar atributlari, assotsiatsiyalar (nimagadir o‘xshatish va qiyoslash), munosabat, naf, va’da, vizual yoki dizayn uslubi, brendning asosiy qimmatli jihatlarini ifoda etuvchi alomatlar kiradi.
Brend menejeri (ingl. brand manager) — «mahsulot menejeri», deb ham yuritiladi. Bozorlarda muayyan mahsulot yoki brendni o‘tkazish va sotish uchun mas’ul bo‘lgan menejer yoki rahbar. Brend menejeri majburiyatlari sifatiga istalgan faoliyat konkret brendga nisbatan birlamchi marketing maqsadlarini tariflab berish va tatbiq etishdan tortib to ushbu brend bilan shug‘ullanuvchi jamoaga har kungi rahbarlikni amalga oshirish, mahsulotni qadoqlashdan boshlab to belgilangan foyda ko‘rsatkichlariga erishish va istiqbolda rivojlanish rejalarini amalga oshirishga qaratilgan faoliyat kiradi
Brendni pozitsiyalashtirish — raqobatchilarning xuddi shunday harakatlariga nisbatan iste’molchilar ongida muayyan brend konsepsiyasini yaratish, foydalanish va rivojlantirishdir.
brutto — 1) tovarning qadoq bilan birgalikdagi massasi; 2) korxona yoki tashkilotlarning sarf-xarajatlar hisoblab ajratilmagan yalpi daromadi.
Bum — narxlar va ishchanlik faolligining tez va barqaror ko‘tarilib borishi.
Baho – tovar qiymatining puldagi ifodasi
Chakana savdo — aholiga to‘g‘ridan to‘g‘ri tovar sotish va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlik faoliyatini anglatuvchi termin. Chakana savdo tovarlar assortimenti shakllanishida qatnashadi, xaridorlarga tovar sifat ko‘rsatkichlari haqida axborot beradi, tovarlarni saqlash, qo‘shimcha ishlash, baholarni belgilash va boshqa funksiyalarni bajaradi.
Chakana savdo texnologiyasi — istalgan har qanday do‘konning asosiy vazifasi bo‘lgan tovar sotishni amalga oshirish silsilasi.11
Dagmar (ingl. dagmar) — marketingda va reklamani rejalashti- rishda, shuningdek, amaliyotda foydalaniladigan, olingan natijalarni o‘lchash uchun reklama maqsadlarini belgilash.
Demarketing (ingl. demarketing) — vazifalari sirasiga (xarid qilishdan yoki qanday mahsulot, masalan, sigaret, pivo iste’mol
11A. Mamanazarov, M. Mamanazarov. Marketing terminlari izohli lugati -T.: Sharq.2012 y.
qilishdan chalg‘itish) kiradigan marketing amaliyotining bir turi. Demarketing shuningdek, biror mahsulot nuqsonlari aniqlanganda va ana shu mahsulotni ishlab chiqaruvchilari o‘z obro‘-e’tiborini tavakkalga qoldirmaslikni istagan hollarda ham qo‘llaniladi.
Demping — tovarlarni tashqi bozorda ichki bozordagiga nisbatan arzon narxlarda sotish; ba’zan tashqi bozorni egallash uchun tovarlarni tannarxidan, ishlab chiqarish xarajatlaridan past baholarda chetga chiqarish (raqobatda yutish uchun ham shunday qilinadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |