ILOHIY KITOBLAR - muayyan dinda muqaddas va ilohiy hisoblanadigan kitoblar. Diniy ta’limotga ko’ra, Alloh o’tgan payg’ambarlarning ba’zilariga sahifalar, bazilariga esa, kitoblar nozl etgan. 100 sahifa va 4 kitob - 100 sahifadan 10 sahifani Odam (as)ga, 50 sahifani Shis (as)ga, 30 sahifani Idris (as)ga, 10 sahifani Ibrohim (as) ga yuborgan. Muso (as)ga Tavrot, Dovud (as)ga Zabur, Iso (as)ga Injil va Muxammad (as)ga Qur’onni nozil qilgan. Qur’ondan boshqa ilohiy kitob va sahifalar bir yo’la bir daf’ada nozil qilingan, deb hisoblanadi. Qur’on hazrati Jabroil orqali 23 yil mobaynida oyat-oyat, sura-sura shaklida yuborilgan.
INSONPARVARLIK - (“inson” – arabcha “parvar” - fors-tojikcha “lik” – o’zbekcha – kishiga g’amxo’rlik, gumanizm ) – odamzodning qadri, uning erkinligi, qobiliyatlari har tomonlama namoyon bo’lishi uchun kurashish, insonning baxt-saodati, teng huquqliligi, adolatli hayotni ta’min etishga intilish, insoniylikning barcha tamoyillari yuzaga chiqishiga shart-sharoitlar yaratish ma’nosini anglatadi. Insonparvarlik bu o’zbek xalqi milliy ruhiyatining ajralmas fazilatidir.
ISTIQLOL - har bir inson, jamoa, davlat, millatning rivojlanishi uchun zarur erkinlik sharoiti. “Istiqlol” so’zi boshqalarga tobe’ bo’lmay, o’z erki bilan yashash, o’zini-o’zi idora qilish, erkinlik ma’nosini bildiradi. “Istiqlol” so’zi “Mustaqillik” so’ziga nisbatan birlamchidir. “Istiqlol” so’zi boshqalarga tobe bo’lmay, o’z erki bilan yashash, o’zini o’zi idora qilish, “erkinlik” ma’nosini bildiradi. Istiqlolga erishgan O’zbekiston xalqi mustaqillikka erishdi.
ISTIQLOL MAFKURASI - Har bir kishining jamiyat hayotidagi faoliyati, yurti, millati, o’zi va oilasi oldidagi burch va ma’suliyatini qay darajada his etayotgani va bajarayotganini belgilaydigan ma’naviy mezon hamdir.Milliy istiqlol mafkurasining yurtimizda yashovchi har bir fuqaro uchun qadrliligi shundaki, uning mohiyatida umuminsoniy tamoyillar yotadi.
ISLOM TARAQQIYOT BANKI (ITB) – xalqaro bank. 1974 yil musulmon davlatlari tashqi ishlar vazirlarining kengashida ITB ni tuzish haqida qaror qabul qilingan, bank o’z faoliyatini 1975 yilda boshlagan. Qarorgohi Jiddada. ITBni Boshqaruvchilar kengashi va Direktorlar kengashi boshqaradi. Bank prezidenti 5 yil muddatga saylanadi. Maqsadi – Musulmon mamlakatlarining iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga yordam berish. Islomda pulga foyda olish taqiqlangani sababli bankka qo’yilgan mablag’lar uchun foiz olinmaydi va berilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |