Sedimentatsiya – (lot. sedimentum – cho’kish) cho’kindi jinslar, asosan terrigenlar hosil bo’lish jarayoni.
Seysmorazvedka – sun’iy portlash va qattiq urilish ta’sirida qatlamlardan qaytgan to‘lqinlarni geofizik metodlar bilan o‘rganadigan yo‘nalish. Seysmik to‘lqinlarni o‘rganishning ikki metodi mavjud: a) qaytgan to‘lqinlar; b) singan to‘lqinlar.
Shartli yoqilgʻi tushunchasi – issiqlik energetik uskunalarining koʻrsatkichlarini rejalashtirish, iqtisodiy hisoblashlar va solishtirishlarni yagona asosda amalga oshirilishi uchun kiritilgan. Uning yonish issiqligi 29,35 MJ/kg ga teng qilib qabul qilingan va bu quruq kam kulli koʻmirning yonish issiqligiga toʻgʻri keladi.
Shelf - oz qiyalangan sayoz tekislik, qit’aning dengiz va okeanlar qirg‘oqlari bo‘ylab chuzilgan suv osti qismi. Quruqlik yonbag‘ridan qabariq bukilma b-n ajralgan.
Siqiluvchanlik – deganda bosim ta’sirida neft (gaz)ning o‘z hajmini o‘zgartirish xususiyati tushuniladi. Bunday tavsifni miqdoriy baholashda siqiluvchanlik koeffisientidan foydalaniladi.
Siyenit - (Sene — Siyena, qad. Misrdagi Sun sh., hoz. Asvon) — intruziv magmatik tog‘ jinsi; asosan, ishqorli dala shpatlaridan (60—90%) hamda bir yoki bir necha rangli minerallardan (eng xarakterlisi amfibol, 10—12% gacha) tashkil topgan kvarssiz, butunlay kristallangan tog‘ jinsi. Odatda, kam mikdorda plagioklaz (oligoklaz, andezin) uchraydi. S.larda ba’zida 5% gacha aksessor minerallar (apatit, sfen, sirkon, magnetit) bo‘ladi.
Smola - (rus.) — yuqori molekulali organik birikma. Amorflilik, isitilganda astasekin yumshashi, eritilganda yopishqoq xolga kelishi, organik erituvchilarda eriganda parda hosil qilishi va suvda erimasligi ko‘pchilik S.larning tavsifli xossalaridandir.
Sorbsiya - yutilish - qattik jism va suyuqliklarning o‘ziga gaz, bug‘ va erigan moddalarni fizik-kimyoviy yutish jarayoni. Y.ning to‘rt turi farqlanadi: 1) adsorbsiya-gaz, bug‘ yoki erigan moddalarning qattik jism yuzasida yoki suyuklikning suyuklik bilan qo‘shilishi va suyuqlik - gaz (bug‘) chegarasida yutilishi; 2) absorbsiya - yutuvchi (suyuklik yoki qattiq) jismning butun hajmi bo‘ylab yutilishi; 3) kapillyar kondensatsiyalansh-yutuvchi jismning g‘ovaklari va kapillyar kanallarida suyuqlik fazasini hosil bo‘lishi; 4) xemosorbsiya-kimyoviy birikmalar hosil qilib yutilishi. Hoz. vaqtda neft va bitumlarni o‘rganishda keng qo‘llaniladigan xromatografiya usuli mazmuni Y. xodisasiga asoslangan.
Spirt – uglevodorodlarning to‘yingan uglerod atomlarida bir yoki bir nechta gidroksil guruh (—ОН) tutgan hosilalari. Aromatik halkasidagi uglerod atomlarida — ОН guruxi tutgan birikmalar — fenollar, to‘yinmagan uglerod atomlarida — ОН guruhi tutgan birikmalar esa yenollar deyiladi. Uglevodorod radikalining tavsifiga ko‘ra, S. atsiklik yoki alifatik (mas, metil spirt, etil spirt, allil spirt), alitsiklik (siklogeksanol), yog‘ aromatik (benzil spirt) va geterotsiklik bo‘lishi mumkin.
Subduksiya – surilish. Okean litosferasini qit’alar tagiga, qiya yo‘nalish bo‘yicha, surilishi. qit’alar chekkalarida keng tarqalgan. Zilzila o‘chog‘larini taqsimlanishi bilan ifodalanadi. Subduksiya zonalarining yuqorisida, yer qobig‘ini birnecha marta erishi natijasida ohak-ishqorli magmatik formatsiyalar rivojlanadi. Benyoff, Vadati, A.N.Zavaritskiy tomonidan o‘rganilgan. O‘rta Osiyoda Beltau-Qurama subduksiya hududi ajratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |