Qonun ustuvorligi – ushbu tamoyilning mazmuni shuni anglatadiki, qonun ijtimoiy hayotning barcha sohalarida qatiy hukmron bóladi. Yani, hech kim, hech bir davlat organi, mansabdor shaxs, tadbirkor yoki boshqa bir fuqaro qonunga bóysunishi, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi, uning barcha ishtirokchilari esa, hech bir istisnosiz, huquq normalarini buzganligi uchun javobgarlikka tortilishi kerak. Huquqiy normalarni tadbiq etishda konstitutsiya va qonunlarning normalari boshqa huquqiy normalardan ustun turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |