Legitimlik – (lot. qonuniy) muayyan davlat hokimiyatining qonuniyligini a) fuqarolar tomonidan; b) xalqaro hamjamiyat tomonidan etirof etilishini anglatuvchi qadriyatiy tushuncha. Tarixan ananaviy, xarizmatik, oqilona-qonuniy shakllarda nomoyon bóladi. Liberalizm – (lot. erkinlik) mafkura, ijtimoiy-siyosiy harakat. U ijtimoiy imtiyozlar va avloddan-avlodga ótuvchi hokimyatga qarshi chiqib burjua qatlamlarining qarashlarini ózida mujassam etadi. Asosiy tamoyillari: individualizm, erkinlik, bozor va raqobatning mutloqligi, davlatni cheklash zarurligi (asoschilari İ.Bentam, J.Mill, A.Smit, G.Spenser).
Do'stlaringiz bilan baham: |